Faktoring – boshqa iqtisodiy subyektlarning qarzdorlik buyicha majburiyatlarini sotib olish yoki qayta sotish munosabatlari.
Forfeyting – uzoq muddatli faktoring munosabatlari.
Trast – mijozlarning kapitallarini boshqarish bo‘yicha operatsiyalari.
Banklar – pul mablag‘larini to‘plash, joylashtirish va ularning harakatini tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy muassasadir. Bank operatsiyalari – mablag‘larni jalb qilish va ularni joylashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan operatsiyalar.
Bank foydasi (marja) – olingan va to‘langan foiz summalari o‘rtasidagi farq.
Bank foyda normasi – bank sof foydasining uning o‘z kapitaliga nisbatining foizdagi ifodasi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar Pul muomalasining mazmunini tushuntiring.
Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori qanday omillarga bog‘liq?
Pul agregatlari nima va uning tarkibiga nimalar kiradi?
Inflyatsiyaning mazmunini va turlarini tushuntiring.
Talab va taklif inflyatsiyalarining grafikdagi ko‘rinishlarini tasvirlang va izohlang.
Giperinflyatsiya qanday qilib turg‘unlikka olib kelishi mumkinligini tushuntiring.
Kreditni nima zarur qilib qo‘yadi? Kredit tushunchasining mazmunini bayon qiling.
Kreditning asosiy turlarini sanab ko‘rsating va ularning tavsifini bering. Kredit qanday vazifalarni bajaradi?
Markaziy va tijorat banklarining vazifalarini ko‘rsating.
Hozirda O‘zbekistonda milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash borasida qanday chora-tadbirlar tizimi qo‘llanilmoqda?
23-bob. BOZOR IQTISODIYOTINI TARTIBGA SOLISHDA DAVLATNING ROLI Turli iqtisodiy tizimlarda davlat va iqtisodiyot tizimi o‘ziga xos ahamiyat kasb etib, ularning har biri mustaqil tizim sifatida amal qiladi. Shu bilan birga turli davrlarda va sharoitlarda, turldi mamlakatlarda iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishda davlat va bozor iqtisodiyoti mexanizmi rolining nisbati bo‘yicha birbiridan keskin farqlanadi. Masalan, bir mamlakat ko‘proq davlat tomonidan boshqarishga tayansa, boshqasi bozor mexanizmi orqali tartiblashga ustunlik beradi. Bunda albatta mavjud davr sharoitidan kelib chiqiladi. Mustaqil taraqqiyot davrida «mamlakatimizning uzoq va davomli manfaatlari taqozo etgan holatlarda va keskin vaziyatlardan chiqish, ular tug‘diradigan muammolarni hal etish zarur bo‘lganda iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqaruv usullari qo‘llandi va bunday yondashuv oxir-oqibatda o‘zini to‘la oqladi»1.
Oldingi boblarda ko‘proq bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini joriy qilish haqida gap borgan bo‘lsa, bu bobda bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning rolini ochib berishga harakat qilinadi. Shuningdek, davlatning milliy iqtisodiyotdagi roli tahlil qilinib, keyin uning iqtisodiy vazifalari tavsifi beriladi.
Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usul va vositalari bayon etiladi.