Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Davlatning iqtisodiyotga ta’sir etish usullari va vositalari



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə328/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

23.3. Davlatning iqtisodiyotga ta’sir etish usullari va vositalari
Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi.
Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin:

  • bevosita ta’sir qilish usullari;

  • bilvosita ta’sir qilish usullari; - tashqi iqtisodiy usullar.

Markazdan boshqarish tartibi ustun bo‘lgan mamlakatlarda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvida bevosita ta’sir qilish usullari ustun bo‘lsa, bozor iqtisodiyoti esa asosan iqtisodiy jarayonlarni bilvosita tartibga solish bilan bog‘langan. Shu bilan birga barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning davlat sektori mavjud. Davlat sektorini boshqarish mulkchilikning davlat shakliga asoslanib, u asosan quyidagi uchta yo‘l orqali shakllanadi:

  1. ishlab chiqarish vositalari egalariga pul yoki qimmatli qog‘ozlar bilan tovon to‘lash orqali mulkni milliylashtirish;

  2. davlat budjeti mablag‘lari hisobiga yangi korxonalar, ba’zi hollarda yaxlit tarmoqlarni barpo etish;

  3. davlat tomonidan xususiy korporatsiyalarning aksiyalarini sotib olish va aralash davlat-xususiy korxonalarini tashkil etish.

Hozirda so‘ngi uchinchi yo‘l ustun ravishda amal qilmoqda.
Davlat xilma-xil shakldagi kapitalga egalik qiladi, kreditlar beradi, korxonalarga mulkdor hisoblanadi. Bu davlatni ijtimoiy kapitalning bir qismiga egalik qilishiga olib keladi.
Davlat iqtisodiyotni bevosita tartibga solishda ma’muriy vositalardan foydalanadi. Ma’muriy vositalar davlat hokimiyati kuchiga tayanadi va taqiqlash, ruxsat berish va majbur qilish xususiyatidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Tartibga solishning ma’muriy vositalaridan foydalanilganda yaxlit takror ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida tomonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solish ko‘zda tutiladi. Ayniqsa, ishlab chiqarish tanazzulga uchragan davrda iqtisodiyotga bilvosita ta’sir qilish tadbirlari kam samarali bo‘lib, ma’muriy vositalardan foydalanishga ustunlik beriladi. Bu usullardan quyidagilarni alohida ko‘rsatish mumkin:


  1. Yüklə 3,83 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin