24.2-rasm. O‘zbekistonda aholi umumiy daromadlari dinamikasi
(trln. so‘m)1
2019 yilda aholining umumiy daromadlari 344,7 trln so‘mni tashkil etib, uning katta qismini yollanma ishchilarning daromadlari va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni o‘z ichiga olgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlardan tashkil topadi.
O‘zbekistonda aholi yalpi daromadlari tarkibining tahlili shuni ko‘rsatadiki, daromadlarning ahamiyatli qismi ishlab chiqarish daromadlari bo‘lib, uning tarkibida mehnat faoliyatidan olinadigan daromadlar yetakchilik qilmoqda (24.2jadval).
2019 yilda jami daromadlarning 74,7 foizi mehnat faoliyati ya’ni ish haqi va mehnatga haq to‘lash natijasida olingan daromadlar hissasiga, 25,3 foizi ijtimoiy transfertlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
24.2-jadval O‘zbekistonda aholi yalpi daromadlari tarkibi, foizda2
Tarkibi
|
2011
|
2013
|
2015
|
2017
|
2018
|
2019
|
Yalpi daromad - jami
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
shu jumladan,
|
|
|
|
|
|
|
1. Boshlang‘ich daromadlar
|
73,5
|
71,4
|
78,2
|
75,2
|
76,5
|
74,7
|
A) Ishlab chiqarish daromadlari
|
71
|
68,4
|
75,2
|
71,0
|
72,1
|
71,2
|
- mehnat faoliyati daromadlari
|
69,4
|
66,6
|
72,9
|
68,8
|
70,3
|
69,1
|
- O‘z-o‘zini band qilishdan daromad
|
26,5
|
26,4
|
31,7
|
34,5
|
34,5
|
34,3
|
- o‘z iste’moli uchun yaratilgan xizmatlar
|
1,6
|
1,8
|
2,3
|
2,2
|
1,8
|
2,1
|
B) mol-mulkdan olinadigan daromad
|
2,5
|
3,0
|
3,0
|
4,2
|
3,4
|
3,5
|
2. Ijtimoiy transfertlar
|
26,5
|
28,6
|
21,8
|
24,8
|
23,5
|
25,3
|
Aholining yollanib ishlovchi qismi oladigan daromadlarining asosiy ulushini ish haqi tashkil etadi. Daromadning bu turi istiqbolda ham pul daromadlari umumiy hajmining shakllanishida o‘zining yetakchi rolini saqlab qoladi.
Aholi pul daromadlari darajasiga davlat yordam dasturlari bo‘yicha to‘lovlar sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu manbalar hisobiga pensiya ta’minoti amalga oshiriladi va turli xil nafaqalar to‘lanadi.
Aholining moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari quyidagilardan iborat:
davlat sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar;
shaxsiy uy qurilishiga va kooperatsiya jamiyati a’zolariga bank ssudalari;
jamg‘arma bankidagi omonatlar bo‘yicha foizlar;
aksiya, obligatsiya qiymatining o‘sishidan olinadigan daromad va zayom bo‘yicha to‘lovlar;
lotereya bo‘yicha yutuqlar;
tovarlarni kreditga sotib olish natijasida paydo bo‘ladigan vaqtincha bo‘sh mablag‘lar;
har xil turdagi kompensatsiya to‘lovlar va h.k.
Aholi daromadlari ularning turmush darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |