Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Kambag‘allikning mazmuni va uni kamaytirishning asosiy



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə338/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

24.4. Kambag‘allikning mazmuni va uni kamaytirishning asosiy
yo‘nalishlari
Kambag‘allik nisbatan nisbiy tushuncha bo‘lib, ma’lum bir jamiyatdagi umumiy hayot standartlariga bog‘liq. Ma’lum bo‘lgan kambag‘allik me’yorlarining asosini, pul ta’minoti ko‘rsatkichlarini umumlashtiruvchi, masalan, eng minimal darajada imkoniyati bo‘ladigan oilaviy daromad yoki iste’mol xarajatlarining minimal miqdori kabi ko‘rinishda bo‘ladi.
Kambag‘allik – bu hayot uchun muhim bo‘lgan birlamchi ehtiyojlarini qondira olmaydigan, ishga layoqatli bo‘lib, o‘z naslini davom ettirish uchun yetarli daromadga ega bo‘lmagan shaxs yoki ijtimoiy guruhning iqtisodiy holatidir.
Xuddi marksistlarniki kabi, g‘arb liberal nazariyasida ham, kambag‘allik, shaxs yoki uning oilasi asosiy hayotiy ehtiyojlarni qondirish uchun vositalar bo‘lmagandagi holatini anglatadi.
Prezidentimiz aytganlaridek, “Kambag‘allikni kamaytirish – bu aholida tadbirkorlik ruhini uyg‘otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, demakdir”1.
Jahon amaliyotida integral ko‘rsatkich sifatida insonning rivojlanish indeksi (IRI) qo‘llaniladi. “BMT taraqqiyot dasturlari” (BMTTD) mualliflari jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot, kutilayotgan umr ko‘rish davri va aholining ma’lumot darajasi kabi kattaliklarning o‘rtachasini hisoblab turmush darajasining umumlashtiruvchi indikatorini ishlab chiqdilar.
Dunyo miqyosida olib qaraydigan bo‘lsak, qambag‘allik tushunchasi va uni hisobga olish turli tashqilotlarda turlicha amal qiladi. Bunda biz Jahon banki va
Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) tomonidan mamlakatlardagi kambag‘allik darajasini o‘lchashda turlicha qarashlari mavjud.
BMT metodikasi. Kambag‘allik chegarasini asosiy tovar va xizmatlar (oziqovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, turar-joy haqini to‘lash, suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi, maktab ta’limi, tibbiy xizmat) uchun zarur bo‘lgan daromadlar sifatida belgilaydi. Kambag‘allik darajasi nisbiy tushuncha sanaladi va muayyan mamlakatdagi umumiy farovonlik darajasiga bog‘liq. Kambag‘allik mutlaq va nisbiy kabi turlarga bo‘linadi. Mutlaq kambag‘allikda kun kechiruvchi odamlar biologik tirik qolishni ta’minlaydigan minimal ehtiyojlarnigina qondirishlari mumkin.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin