Jinoyatchilikning avj olishi. Jinoyatchilik aholining kam ta’minlangan va kam daromadli qatlamlari orasida ko‘proq uchraydi, ular ba’zan "ko‘p daromad topish" ning oson yo‘li, ya’ni jinoiy shakllariga murojaat qiladilar.
Salomatlikning yomonlashishi. Aholining past daromadli qismining sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. yetarli darajada ovqatlanmaslik, gigiena me’yorlari yo‘qligi, tibbiy xizmatni o‘z vaqtida olish yoki samarali doridarmonlarni olishga imkon bermaydigan moliyaviy resurslarning etishmasligi va boshqalar kam ta’minlanganlar orasida kasalliklarning ko‘payishiga olib keladi.
Alkogolizm va kashandalikning o‘sishi. Ish o‘rni, daromadi va yashash sharoiti bo‘lmagan odamlar axloqiy ko‘rsatmalarni juda tez o‘zgartiradilar. Bu, o‘z navbatida, turli xil nosog‘lom xatti-harakatlarga olib keladi, ularning eng jiddiy shakllaridan biri alkogolizm va kashandalik qilishdir.
Jamiyatda ijtimoiy keskinlikning kuchayishi.Kambag‘allikning yuqori darajasi ham jamiyatdagi ijtimoiy keskinlikning kuchayishiga sabab bo‘ladi. Bu, eng avvalo, xukumatga ishonchning kamligi, unga suyanib qolishi (barcha ishni qilib berishi kerak, degan fikrga tayanadi) va kam daromadli guruhlarning mavjud muammolarini hal qilishga qodir emasligi bilan bog‘liq.
Aholining umumiy ma’lumot darajasining pasayishi. Daromadi past bo‘lgan oilalar ko‘pincha o‘zlarini o‘qish uchun zarur bo‘lgan narsalar bilan to‘liq ta’minlay olmaydilar: o‘quv qurollari, kiyim-kechak va oddiy ovqatlanish. Oddiy o‘rta maktablarda ko‘plab o‘qituvchilar malakasining pastligi jiddiy muammo hisoblanadi.
Ijtimoiy-demografik oqibatlar. Mehnatga layoqatli aholining qishloq joylardan shaharlarga (chet davlatlarga) ishlash maqsadida ko‘chib ketishi, u yerda qonuniy (noqonuniy) joylashib qolishga harakat qilishi kuzatiladi. Bu esa aholining qo‘nimsizligini vujudga keltiradi. Hozirda ushbu tendensiya kuchli tarzda namoyon bo‘lmoqda. Bunday ichki migratsiyaning asosiy sabablaridan biri qishloq joylarida ish o‘rinlarining etishmasligidir.
Kambag‘allik qancha ko‘p bo‘lsa, uning salbiy oqibatlari ham shunchalik ortib boraveradi.