Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə376/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

27.2. Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari
Hozirgi jahon rivojining xususiyatli belgisi tashqi iqtisodiy aloqalarning, avvalo, tashqi savdoning tez o‘sishi hisoblanadi. Tashqi savdo xalqaro hamkorlikning ishlab chiqarish, ilmiy-texnika va boshqa shakllari (kadrlarni tayyorlash, turizm va h.k.) bilan bir qatordagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning muhim shakli hisoblanadi. Barcha mamlakatlar tashqi savdosi majmui xalqaro savdoni tashkil etadi.
Xalqaro savdo – bu turli mamlakat xo‘jaliklari o‘rtasidagi tovar va xizmatlarni ayirboshlash jarayonida sodir bo‘ladigan munosabatlar majmuidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo‘lsada, faqat XIX asrga kelib, ya’ni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi.
Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi.
Eksport – mazkur mamlakatda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni mamlakatdan tashqariga chiqarilib chet ellik mijozlarga sotishdir. Eksportning iqtisodiy samaradorligi, foydaliligi shu bilan aniqlanadiki, mazkur mamlakatda ishlab chiqarish xarajatlari tovarni import qiluvchi mamlakatlar xarajatlaridan past bo‘lgan mahsulotlarni chetga chiqaradi. Bunda eksportda olinadigan yutuq hajmi mazkur tovar milliy va jahon narxlarining nisbatiga, mazkur tovarning xalqaro aylanmasida ishtirok etuvchi mamlakatlarning mehnat unumdorligiga bog‘liq.
Xalqaro savdoda tovarlarning eksport tarkibi fan-texnika revolyusiyasi va xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ta’siri ostida o‘zgaradi. Hozirgi davrda xalqaro savdoning eksport tarkibida qayta ishlovchi sanoat mahsulotlari yetakchi o‘ringa ega bo‘lib, uning hissasiga jahon tovar ayirboshlashining 3/4 qismi to‘g‘ri keladi. Oziq-ovqat, xomashyo va yoqilg‘i ulushi faqat 1/4 qismini tashkil qiladi.
Xizmatlar eksporti tovarlar eksportidan farq qiladi. Chet ellik
iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish, chet el valyutalarini olish bilan bog‘liq bo‘lib, u milliy chegarada amalga oshiriladi (masalan, chet el kompaniyasi vakillariga pochta, telegraf xizmati ko‘rsatish, chet el fuqarolariga sayyohlik va boshqa xizmatlar ko‘rsatish va h.k.).

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin