27.2-jadval O‘zbekistonda eksport va importning tovar tarkibi, foizda1
Tovarlar guruhi
|
Eksport va importning umumiy hajmidagi ulushi, foizda
|
2010
|
2012
|
2014
|
2015
|
2016
|
2017
|
2018
|
2019
|
Eksport
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
Paxta tolasi
|
11,3
|
14,6
|
7,7
|
6,1
|
5,1
|
3,4
|
1,6
|
1,6
|
Oziq-ovqat
|
9,7
|
2,6
|
12,4
|
10,8
|
8,5
|
6,3
|
7,8
|
8,5
|
Kimyo mahsulotlari
|
5,1
|
8,3
|
4,7
|
5,1
|
6,7
|
6,4
|
6,5
|
4,9
|
Energetika mahsulotlari
|
24,8
|
13,5
|
23,0
|
22,1
|
13,6
|
13,8
|
19,1
|
14,1
|
Qora va rangli metallar
|
6,8
|
14,5
|
7,2
|
6,8
|
5,7
|
6,6
|
8,4
|
7,3
|
Mashina va uskunalar
|
5,5
|
0,4
|
4,0
|
1,3
|
1,8
|
2,6
|
1,5
|
2,5
|
Xizmatlar
|
9,1
|
23,0
|
22,4
|
25,2
|
25,5
|
25,2
|
21,9
|
19,9
|
Boshqalar
|
27,7
|
22,2
|
18,6
|
22,6
|
33,1
|
35,7
|
33,2
|
41,2
|
Import
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
Oziq-ovqat
|
10,9
|
7,2
|
10,8
|
12,8
|
11,9
|
9,8
|
8,1
|
7,8
|
Kimyo mahsulotlari
|
14,3
|
17,7
|
15,9
|
17,0
|
17,5
|
16,5
|
13,0
|
13,2
|
Energetika mahsulotlari
|
6,0
|
0,3
|
6,2
|
5,8
|
4,9
|
5,7
|
4,5
|
3,8
|
Qora va rangli metallar
|
8,4
|
3,2
|
8,0
|
7,4
|
7,6
|
9,8
|
9,1
|
8,7
|
Mashina va uskunalar
|
44,1
|
58,4
|
39,5
|
40,5
|
41,4
|
38,9
|
43,0
|
43,8
|
Xizmatlar
|
4,7
|
7,0
|
8,0
|
7,7
|
6,5
|
7,5
|
10,9
|
10,0
|
Boshqalar
|
11,6
|
6,2
|
11,6
|
8,88
|
10,2
|
11,8
|
11,2
|
12,7
|
Ko Eо /E м ,
bu yerda:
Eo – mamlakat eksportida tovar (tarmoq tovarlari yig‘indisi)ning solishtirma salmog‘i;
Em – jahon eksportidagi shu turdagi tovarlarning solishtirma salmog‘i.
Agar nisbat birdan katta bo‘lsa, bu tarmoq yoki tovarni xalqaro jihatdan ixtisoslashgan tarmoq yoki tovarlarga kiritish mumkin va aksincha.
Eksport bo‘yicha kvota milliy sanoatning tashqi bozor uchun ochiqlik darajasini ifodalaydi:
Ke E/YaIM ,
bu yerda: E – eksport qiymati.
Eksport buyicha kvotaning ko‘payishi ham mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokining, ham mahsulot raqobatbardoshligining o‘sib borishidan darak beradi.
Mamlakatdagi aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi eksport hajmi uning iqtisodiyotining «ochiqligi» darajasini ifodalaydi. Eksport salohiyati (eksport imkoniyatlari) – mazkur mamlakat tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning o‘z iqtisodiyoti manfaatlariga putur yetkazmagan holda jahon bozorida sotishi mumkin bo‘lgan qismi.
Tovarlar eksporti va importi summasi tashqi savdo aylanmasi yoki tashqi tovar aylanmasini tashkil etadi. Biror bir mamlakat boshqa mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarni o‘z iste’moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga qayta sotish uchun xarid qilgan taqdirda reeksport ro‘y beradi. Reeksport bilan reimport uzviy bog‘liq. Reimport iste’molchi mamlakatdan reeksport tovarni sotib olishni bildiradi.
O‘zbekistonda tashqi savdo aylanmasi va uning tarkibi quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi (27.3-jadval).
27.3-jadval O‘zbekistonda tashqi savdo aylanmasi va uning tarkibi, foizda1
Ko‘rsatkichlar
|
|
|
|
|
Yillar
|
|
|
|
2010
|
2011
|
2012
|
2014
|
2015
|
2016
|
2017
|
2018
|
2019
|
Tashqi savdo aylanmasi
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
Eksport
|
59,7
|
55,3
|
47,0
|
49,2
|
49,4
|
50,9
|
47,4
|
41,9
|
42,4
|
Import
|
40,3
|
44,7
|
53,0
|
50,8
|
50,6
|
49,1
|
52,6
|
58,1
|
57,6
|
Eksport – jami
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
shu jumladan:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Tovarlar
|
90,9
|
86,3
|
77,0
|
77,6
|
74,8
|
74,5
|
74,8
|
78,1
|
88,1
|
Xizmatlar
|
9,1
|
13,7
|
23,0
|
22,4
|
25,2
|
25,5
|
19,7
|
21,9
|
19,9
|
Import – jami
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
shu jumladan:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Tovarlar
|
88,4
|
93,8
|
93,8
|
92,0
|
92,3
|
93,5
|
92,5
|
89,1
|
90,0
|
Xizmatlar
|
11,6
|
6,2
|
6,2
|
8,0
|
7,7
|
6,5
|
14,1
|
10,9
|
10,0
|
Eng muhimi, eksport hajmining ana shunday o‘sishi biz uchun an’anaviy resurslar bo‘lmish paxta tolasi, qimmatbaho metallar va turli xomashyo yetkazib berish hisobiga emas, balki asosan avtomobillar, neft-kimyo va metall mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar, ip-kalava va gazlama, trikotaj buyumlar, sim-kabel mahsulotlari, qurilish materiallari va boshqa shu kabi ko‘plab eksport tovarlari hajmi va turlarini ko‘paytirish evaziga ta’minlanmoqda.
«Bu yil eksportyorlarga kafillik beradigan va xarajatlarning bir qismini qoplaydigan – Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda eksportni oldindan moliyalashtirish uchun – Eksport-kredit agentligi tashkil etiladi.
Shuningdek, eksport qilishda zamonaviy sug‘urta xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi, avtomobil va havo transporti xarajatlarini qisman davlat tomonidan qoplab berish mexanizmi joriy qilinadi.»1.
Eksport va importning harakatida ham multiplikatsiya samarasi mavjud bo‘lib, bu omilni hisobga olish o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada taniqli iqtisodchi olimlardan J.Keyns, R.Kan, F.Maxlup, P.Samuelson va boshqalar tashqi savdo multiplikatori to‘g‘risidagi nazariy asoslarni yaratishda katta hissa qo‘shdilar.
Eksport multiplikatori ham investitsiyalar multiplikatori singari iste’mol sohasidagi ichki jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lib, iste’mol yoki jamg‘armaga so‘nggi qo‘shilgan moyillik ko‘rsatkichlari orqali aniqlanadi:
1 1 M x MRS 1MRC ,
bu yerda:
Mx – eksport multiplikatori koeffitsienti;
MRS – jamg‘armaga so‘nggi qo‘shilgan moyillik;
MRC – iste’molga so‘nggi qo‘shilgan moyillik.
Eksport hajmi oshishining yalpi milliy ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin:
YaIM Мr Х ,
bu yerda:
Mr – multiplikator;
∆X – eksport hajmining o‘sishi.
Biroq, xalqaro savdo faqat eksportdan iborat bo‘lmay, balki o‘z ichiga importni ham oladi. Agar eksportdan olingan daromadning bir qismi importga sarflansa, u holda mamlakatning ichki xarid qobiliyati pasayadi. Import jamg‘arma singari boy berilgan imkoniyat sifatida amal qiladi, shuning uchun u matematik ifodalarda manfiy ishora bilan qo‘llaniladi. Importni jamg‘arish funksiyasiga o‘xshagan holda tahlil qilish mumkin. Buning uchun importga so‘nggi qo‘shilgan moyillik tushunchasini kiritib olamiz. Bu moyillik import hajmi o‘zgarishining daromad o‘zgarishiga nisbati orqali ifodalanishi mumkin. Natijada import multiplikatori formulasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
1
M r (MRSMRM)X ,
bu yerda:
MRM – importga so‘nggi qo‘shilgan moyillik.
Importni hisobga olgan holda eksport hajmi o‘zgarishining yalpi milliy ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini quyidagicha ifodalash mumkin:
1 YaIM (MRS MRM)X .
Tashqi savdo multiplikatori cheksiz harakatda bo‘lmaydi. Import tovarlarni iste’mol qilishga so‘nggi qo‘shilgan moyillikning qiymati birdan kam bo‘lganligi sababli navbatdagi qo‘shimcha o‘sishlar miqdori muntazam qisqarib, multiplikatsiya jarayoni sekin-asta so‘nib boradi.
Xalqaro savdo bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
Iqtisodiy resurslarning harakatchanligi mamlakatlar o‘rtasida mamlakat ichidagiga qaraganda ancha past bo‘ladi. Masalan, ishchilar mamlakat ichida viloyatdan viloyatga, hududdan hududga erkin o‘tishi mumkin. Mamlakatlar o‘rtasidagi til va madaniy to‘siqlardan tashqari yana immigratsion qonunlar ishchi kuchining mamlakatlar o‘rtasidagi migratsiyasiga qattiq cheklashlar qo‘yadi. Soliq qonunchiligidagi, davlat tomonidan tartibga solishning boshqa tadbirlaridagi farqlar va boshqa qator muassasaviy to‘siqlar real kapitalning milliy chegara orqali migratsiyasini cheklaydi.
Har bir mamlakat har xil valyutadan foydalanadi. Bu mamlakatlar o‘rtasida xalqaro savdoni amalga oshirishda muayyan qiyinchiliklar tug‘diradi.
Xalqaro savdo siyosiy aralashuv va nazoratga mahkum bo‘lib, bu ichki savdoga nisbatan qo‘llaniladigan tadbirlardan tavsifi va darajasi bo‘yicha sezilarli farqlanadi.
Xalqaro savdoning tarkibiy tuzilishi ishlab chiqarish asosiy omillarining turli mamlakatlar o‘rtasida joylashuvi hamda jahon ishlab chiqarishi tuzilmasiga bog‘liq. Agar bundan bir asr muqaddam xalqaro savdoda ustun ravishda xomashyo, materiallar, oziq-ovqat va engil sanoat mahsulotlari ayirboshlangan bo‘lsa, bugungi kunga kelib sanoat tovarlari, ayniqsa mashina va asbob-uskunalarning salmog‘i sezilarli darajada o‘sdi. Intellektual tovarlar va xizmatlarning ulushi ham keskin ravishda oshib, umumiy savdo aylanmasining 10 foiziga qadar etdi. Shuningdek, xalqaro savdoni tashkil etish shakllari ham takomillashib bormoqda. An’anaviy ko‘rinishdagi tovar birjalari, auksionlar, savdo-sanoat yarmarkalari, savdo ko‘rgazmalari bilan bir qatorda ikki tomonlama bitimlarning quyidagi shakllari ham keng qo‘llanmoqda:
barter – tovarlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri, pul ishtirokisiz bir-biriga ayirboshlash. Barterda pul ishtirok etmasada, tovarlarning qiymatini bir-biriga taqqoslash uchun pulning qiymat o‘lchovi vazifasi orqali baholab olinadi;
eksport qiluvchilar tomonidan yetkazib berilgan tovarlar qiymatining bir qismiga import tovarlarni xarid qilish;
texnikaning yangi modellarini sotishda eskirgan modellarni sotib olish;
import qilingan asbob-uskunalar qism va detallarini importga sotuvchi mamlakat tomonidan butlab berish;
kompensatsion bitimlar. Mazkur bitimlar shartiga ko‘ra, texnologik asbobuskunalar yetkazib beruvchi tomonlarning biri taqdim etgan kredit (moliyaviy, tovar ko‘rinishidagi) bo‘yicha to‘lovlar ana shu asbob-uskunalarda tayyorlangan tayyor mahsulotlarni yetkazib berish orqali amalga oshiriladi;
bir mamlakatda undirilgan xomashyoni boshqa bir mamlakat ishlab chiqarish quvvatlari yordamida qayta ishlashda ushbu qayta ishlash va tashib berish xizmatlarini qo‘shimcha xomashyo yetkazib berish orqali to‘lash;
kliring operatsiyalari, ya’ni o‘zaro talab va majburiyatlarni hisobga olish orqali naqd pulsiz hisoblashuv.
Xalqaro savdoda ishtirok etish har bir mamlakat uchun milliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo‘yadi. Bu vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga oshadi. Jahon amaliyotida bu siyosatning proteksionizm (tashqi ta’sirdan himoyalash) va fritrederlik (savdoga to‘liq erkinlik berish) kabi shakllari keng tarqalgan.
Proteksionizmning klassik va zamonaviy ko‘rinishlari farqlanadi. Klassik yoki qattiq proteksionizm siyosatining nazariy asosini merkantilizm tashkil etib, uning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
tovarlar importini cheklash;
eksportni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
chetdan keluvchi tovarlarga yuqori boj to‘lovlari o‘rnatish orqali milliy ishlab chiqarishni himoyalash;
tovarlarning ma’lum turlari bilan savdo qilishga davlat monopoliyasining o‘rnatilishi va h.k.
Dostları ilə paylaş: |