Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Valyuta-moliya sohasidagi xalqaro tashkilotlar faoliyatining rivojlanishi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə385/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   381   382   383   384   385   386   387   388   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

27.5. Valyuta-moliya sohasidagi xalqaro tashkilotlar faoliyatining rivojlanishi
Xalqaro valyuta munosabatlari o‘ta beqaror, noaniq va tez o‘zgaruvchi jarayon bo‘lib, uni har bir mamlakat hukumatlari bilan bir qatorda valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlar ham tartibga solishga harakat qiladilar. Bunday tashkilotlar qatoriga Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki (XTTB), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) kabilarni kiritish mumkin.
Xalqaro valyuta fondi (XVF) o‘ziga a’zo mamlakatlarning valyuta kursi va to‘lov balanslarini tartibga soladi, ularning valyuta-moliyaviy muammolarini hal etish maqsadida kreditlar ajratadi, rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘p tomonlama to‘lovlari tizimini va tashqi qarzlarini nazorat qiladi.
Qat’iy valyuta kurslari amal qilgan davrda XVFning asosiy faoliyati valyuta nisbatlarini ushlab turish, valyuta kurslariga asossiz ravishda ta’sir ko‘rsatishning oldini olishga qaratilgan edi. Suzib yuruvchi, erkin valyuta kurslariga o‘tilishi bilan bu faoliyat yo‘nalishi o‘zgarib, 1978 yili XVFning Nizomi qayta ko‘rib chiqildi.
Unga ko‘ra, valyutani davlatlararo tartiblashning asosi sifatida XVF nazorat funksiyalarini kuchaytirish, balanslashtirilmagan xalqaro hisoblashuvlar hamda asossiz kurs nisbatlariga ta’sir o‘tkazish dastaklarini kengaytirish ko‘zda tutildi.
XVF mamlakatlarning to‘lov balanslarini va tashqi qarzlarini tartibga solish maqsadida kreditlar ajratadi. Bunda qarz oluvchi mamlakat o‘zining iqtisodiy siyosatida XVFning tavsiyasiga binoan o‘zgartirishlar kiritishi talab etiladi. 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan muddatdagi moliyaviy-iqtisodiy barqarorlashtirish dasturi ko‘rinishidagi bunday o‘zgarishlar fond bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi va bunga mamlakatning to‘lovga layoqatligi to‘g‘risidagi o‘ziga xos xalqaro guvohnoma sifatida qaraladi.
1970 yildan boshlab XVF xalqaro to‘lov va zaxira vositalari – qarz olishning maxsus huquqlari (SDR)ni chiqara boshladi. SDR naqd pul ko‘rinishida bo‘lmay, faqat XVF maxsus hisobvaraqlarida kredit yozuvlari ko‘rinishida amal qiladi va fondga a’zo mamlakatlarning Markaziy banklari o‘rtasidagi hisoblashuvlarda foydalaniladi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   381   382   383   384   385   386   387   388   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin