iste’mol mollari ishlab chiqaruvchi korxonalarga har tomonlama yordam ko‘rsatish;
zamonaviy iste’mol mollari ishlab chiqaradigan yangi korxonalarni jadal
sur’atlarda tashkil etish;
kichik korxonalar faoliyati uchun keng maydon ochib berish;
aholining turli mamlakatlardan keltirilgan sifatli mollarni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratish; - import mollar tarkibini takomillashtirish; - milliy mahsulotlar raqobatbardosh-ligini oshirish
Etarli valyuta zaxirasi bilan ta’minlash
tashqi iqtisodiy siyosatni tubdan qayta ko‘rib
chiqish;
mamlakatning eksport
imkoniyatini kengaytirish
eksportga yo‘naltirilgan korxonalar sonini ko‘paytirish;
eksportga yo‘naltirilgan korxonalar
faoliyatini rag‘batlantirish;
jahon bozorida raqobatga bardosh beradigan mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantiruvchi omillarni vujudga keltirish
Milliy valyutani qadrlash va
undan tejab-
tergab foydalanish
qat’iy moliyaviy-kredit siyosatini izchillik bilan o‘tkazish;
kredit resurslaridan samarali va muayyan maqsad yo‘lida foydalanish
aholi va korxonalar tomonidan moliyaviy resurslardan tejamli foydalanishni kuchaytirish;
kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash;
Inflyatsiyaga qarshi baquvvat, puxta o‘ylangan
siyosat o‘tkazish
milliy valyutaning yuksak to‘lov qobiliyatini uzoq muddat davomida saqlab qolishini
ta’minlash;
ishlab chiqarish hajmi bilan to‘lovga qobil talabning o‘sishi o‘rtasidagi maqbul
nisbatni ta’minlash
muomalaga chiqariladigan har bir so‘mning muayyan tovarlar bilan ta’minlanishiga erishish;
savdo korxonalarining ishini tubdan yaxshilash;
iste’mol fondining o‘sishini ishlab chiqariladigan mahsulot va ko‘rsatiladigan xizmatning moddiy hajmi ko‘payishiga
bevosita bog‘liq qilib qo‘yish;
naqd pul va kredit emissiyasining o‘sishiga, aholi qo‘lida pulning harakatsiz turib
qolishiga yo‘l qo‘ymaslik
Uning bir misoli sifatida mamlakatimiz Prezidenti tomonidan 2017 yil 7 fevralda qabul qilingan farmonini aytish mumkin. Bu farmonda “ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash”1 bandi kiritilgan.
Bundan tashqari, ushbu harakatlar strategiyasida mamlakatimizda ishlab chiqariladigan tovarlar va xizmatlar hajmini, turini ko‘paytiri, sifatini oshirish, ular sotiladigan bozorlar miqyosi va geografiyasini kengaytirishning bir qancha yo‘nalishlari, chora-tadbirlari belgilangan bo‘lib, ular milliy valyutamiz barqarorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi.
Mamlakatimizda tovar-pul munosabatlarini takomillashtirish maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirildi, jumladan, milliy valyutamizni erkin konvertatsiya qilishga kirishildi. Yuridik va jismoniy shaxslar xorijiy valyutani tijorat banklaridan cheklovsiz sotib olish va erkin sotish imkoniga ega bo‘ldi. Chet el valyutasining oldi-sotdi operatsiyalari hajmi liberalizatsiya davriga nisbatan 1,5 barobar oshib, o‘rtacha 1,3 milliard dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, davlatimizning oltin-valyuta zaxiralari yil davomida 1,1 milliard dollarga ko‘paydi”2.