Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Pul – hamma tovarlarni sotish va sotib olish mumkin bo‘lgan umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi maxsus tovar. Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə75/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Pul – hamma tovarlarni sotish va sotib olish mumkin bo‘lgan umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi maxsus tovar.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar

  1. Ijtimoiy xo‘jalik shakllariga umumiy tavsif bering. Natural va tovar xo‘jaligining asosiy farqlari nimalardan iborat?

  2. Tovar ishlab chiqarish va bozorning vujudga kelishining umumiy shartsharoitlarini tushuntiring.

  3. Nima uchun tovarga naflilik (iste’mol qiymat) va almashuv qiymatining birligi sifatida qaraladi? Tovardagi bu ikki xil xususiyat nimadan kelib chiqadi?

  4. Qiymatning mehnat nazariyasi mazmunini tushuntirib bering.

  5. Qiymatning so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi asosida nima yotadi?

  6. Keyingi (so‘nggi) qo‘shilgan miqdor nafliligi nima va uning pasayish sababini tushuntiring.

  7. Tovarlar qiymatini aniqlashga bo‘lgan quyidagi fikrlarga o‘z munosabatingizni bildiring:

  1. ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan belgilanadi;

  2. keyingi qo‘shilgan tovarlarning nafliligi bilan aniqlanadi;

v) keyingi qo‘shilgan tovarlarning nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari
bilan aniqlanadi.

  1. Pulning mazmunini va vujudga kelishining umumiy shart-sharoitlarini tushuntirib bering.

  2. Pulning ratsionalistik va evolyusion konsepsiyalarining mazmuni nimadan iborat?

  3. Pul qanday vazifalarni bajaradi? Har bir vazifasining mazmunini tushuntirib bering.

  4. Oltin pul va qog‘oz pul o‘rtasidagi umumiylik va farqlarini ko‘rsatib bering.

  5. Qog‘oz va kredit pullarning qadr-qiymati va barqarorligi nima bilan belgilanadi?

II B O‘ L I M. BOZOR IQTISODIYOTI NAZARIYASI
5-bob. BOZOR IQTISODIYOTINING MAZMUNI VA AMAL QILISHI
Oldingi bobda tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonlarining rivojlanishi natijasida pulning vujudga kelganligi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanib, iqtisodiyotning barcha jabhalarini qamrab olganligi, asta-sekin bozor iqtisodiyotining shakllanib kelayotganligi bayon etildi. Ushbu bobda bozor iqtisodiyotining mazmuni, uning asosiy belgilari, subyektlari va rivojlanish bosqichlari talqiniga alohida o‘rin ajratilgan. Bozor iqtisodiyotining doimiy va asosiy muammolari, uning afzalliklari va ziddiyatlari tahliliga ham o‘rin berilgan. Shuningdek, bozor va uning turlari, bozor infratuzilmasi, uning tarkibiy qismlari hamda unsurlarini yoritib berishga alohida e’tibor qaratilgan.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin