Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə76/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

5.1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari uchun xos bo‘lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o‘ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko‘plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko‘pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyusiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.
Oldingi bobda ta’kidlanganidek, xususiy mulkchilikning paydo bo‘lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo‘lishing umumiy sharti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo‘jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo‘lishi o‘z-o‘zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko‘zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi.
Ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslar erkin almashinuvining ta’minlanishi bozor iqtisodiyotini samarali amal qilishining muhim shartlari bo‘lib hisoblanadi. Tovar ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo‘lsa, bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash tovar ishlab chiqaruvchi faoliyatining nisbatan samarali yo‘nalishlarini ko‘rsatib beruvchi erkin narxlarning shakllanishiga imkon yaratadi.
Bozor iqtisodiyoti bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanib, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, u iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Ayrim adabiyotlarda bozor iqtisodiyoti – bozor xo‘jaligi subyektlari iqtisodiy xatti-harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning tovar-pul mexanizmi orqali bir-biriga bog‘lanib muvofiqlashuvi deb baho beriladi. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning barcha bosqichlari – ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha subyektlarini qamrab oladi. Shuni ham e’tiborda tutish kerakki, hozirgi sharoitda o‘rtacha rivojlangan iqtisodiyotda 24 mln.dan ortiq turdagi tovarlar mavjud bo‘lib, har yili ularning 1/10 qismi yangilanib turadi. Bunday sharoitda bozorning ishtirokisiz tovar turlari va hajmi bo‘yicha talab va taklifni tartibga solishni tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Bu esa bozorning vazifasini hech qanday markazlashtirilgan rejalashtirish idoralari muvaffaqiyatli bajara olmasligining yaqqol dalilidir. Bozor iqtisodiyoti esa eng samarali va muammolarni tezlik bilan hal eta oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy tizim hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti subyektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o‘z mehnatini sotuvchi ishchilar ham, pirovard iste’molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli qog‘ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo‘jaligining barcha asosiy subyektlari uchta guruhga bo‘linadi: uy xo‘jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin