Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»


Jamiyat strukturasi va uning tasnifi



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə24/108
tarix07.06.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#60888
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   108
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»

2. Jamiyat strukturasi va uning tasnifi
Sotsiologiya fanining eng muhim tushunchalardan biri jamiyat bo’lib, u muayyan hududda istiqomat qiluvchi, yagona siyosiy hokimiyatga itoat qiladigan va o‘zlarini boshqa qo‘shni guruhlardan farqlaydigan odamlar guruhi70dan tarkib topadi. Jamiyat kishilar hayotiy faoliyatining tarixiy rivojlanish shakli bo‘lib, o‘z tuzilishi jihatidan murakkab tizimni tashkil qiladi. Jamiyatni sotsial tizimining muayyan aniq shakli sifatida, funksional va rivojlanish qonuniyatlari nuqtai nazaridan, shuningdek, har bir elementining o‘ziga xos tomonlarini va shaxslarning o‘zaro ijtimoiy munosabatlarini ilmiy jihatdan sotsiologik asosda o‘rganish orqali jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan holatlarni bartaraf etish mumkin.
“Sotsiologik ensiklopedik lug’at”da jamiyat tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: jamiyat – tarixiy rivojlanish natijasida insonlar orasida birgalikdagi faoliyat natijasida hosil bo’lgan sotsial aloqa va munosabatlarning nisbatan mustahkam tizimi71”.
Tarixga nazar tashlasak, ko’p olimlar tomonidan jamiyat – o‘z ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi kishilar birligi sifatida tushunilgan. Ammo jamiyat ijtimoiy munosabatlar majmuasini ham o’z ichiga oladi.
Jamiyatda kishilar birgalikda faoliyati olib borishlari natijasida turli ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar va ijtimoiy munosabatlarning boshqa tashkiliy shakllari paydo bo’ladi. Jamiyat o’z navbatida mana shunday tashkiliy shakllarning turli darajalaridan iboratdir. Bu faoliyat doirasida turli-tuman jamiyat va uning a’zolari, ularga mansub bo‘lgan birliklarning har biri uchun umumiy bo‘lgan ehtiyojlari qondiriladi. Aniqroq qilib aytganda, jamiyat o‘z a’zolari turmush sharoiti uchun barcha zarur jarayonlarni yo‘lga qo’yadi va amalga oshiradi.
Zamonaviy sotsiologiyaning diqqat markazida jamiyat tushunchasi turadi. U mamlakatning ijtimoiy tashkil etilishini xarakterlaydi. Sotsiolog N.Smelzer jamiyat haqida shunday deydi: «Muayyan geografik chegara, umumiy qonunchilik tizimi va muayyan milliy (ijtimoiy - madaniy) tenglikka ega bo‘lgan kishilar birlashmasi jamiyat hisoblanadi».
Shilzning fikriga ko‘ra, agar kishilar birlashmasi quyidagi talablarga javob bersa, unga nisbatan «jamiyat» tushunchasini qo‘llash mumkin:
1) birlashma katta bir tizim(jamiyat)ning bir qismi b‘lmasa;
2) nikoh ushbu birlashma namoyandalari orasida tuzilsa;
3) birlashma bolalar tug‘ilishi bilan to‘ldirib borilsa;
4) shaxsiy hisoblangan hududga egalik qilinganda;
5) o‘z nomi va tarixiga ega bo‘lish;
6) o‘z boshqaruv tizimiga ega bo‘lish;
7) birlashma qadriyatlarning umumiy tizimi (urf-odat, an’ana me’yorlar, qonun - qoidalar) madaniyat asosida tashkil topadi.
Jamiyat strukturasi o‘z ichiga barcha strukturaviy komponentlar va tagtizimlarni qamrab oladi. Har bir jamiyatda mazkur tagtizimlarning joylashish ketma-ketligi, ierarxiyasi turli xil bo‘ladi va o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi. Jamiyatning birlamchi va asosiy tashkil etuvchi komponentlari strukturaviy-funksional va tizimli yondashuv namoyondalari bo‘lmish Parsons, Merton va Lumman kabi olmilar tomonidan yoritilgan.
Bunda ular jamiyatda gorizontal ravishda joylashuvchi quyidagi komponentlarni ajratib ko‘rsatishgan:

  1. Sotsial sub'ektlar, ya'ni insoniy komponent (tabiiy farqlar tufayli yuzaga kelgan insonlar jamoalari va guruhlari)

  2. Sotsial institutlar

  3. Normativ-huquqiy komponentlar (jamiyatda o‘rnatilgan formal va noformal qonun-qoidalar)

  4. Mental komponentlar (e'tiqod, qadriyatlar, qiziqishlar)

  5. Infrastrukturaviy komponentlar.

K.Marksning fikricha, yuqorida keltirilgan barcha komponentlar insonlar faoliyatining turli sohalarini o‘z ichiga qamrab olib, beshta nisbatan mustaqil tagtizimga birlashadi. U jamiyatdagi quyidagi beshta sohani ajratib ko‘rsatgan:

  • Iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligi faoliyati oqibatida yuzaga kelgan)

  • Sotsial soha (insonning o‘z avlodini yaratishi va rivojlantirishiga qaratilgan faoliyati yuzasidan kelib chiqqan)

  • Siyosat (aholini mafkuraviy va ruhiy jihatdan jilovlash hamda boshqarish faoliyati asosida shakllangan)

  • Huquqiy soha

  • Madaniyat (ma'naviy rivojlpanish asosida shakllangan).

Jamiyat hayotidagi mazkur sohalar o‘zaro bog‘liq va bir-biriga aloqalari orqali ta'sir ko‘risatadi. Misolu chun jamiyatdagi iqtisodiyy tizim ishlab chiqarishning asosi sanalib, u jamiyatdagi siyosiy, huquqiy, diniy, ijtimoiy munosabatlarning shakllanishiga bevosita ta' sir ko‘rsatadi va jamoatchilik fikrining ma'lum yo‘sinda shakllanishini ta'minlaydi.
Jamiyat undagi moddiy bazis, ya'ni iqtisodiy tizim va ishlab chiqarish munosabatlariga ko‘ra K.Marks tomonidan quyidagi turlarga ajratilgan:

  • Ibtidoiy jamoa tuzumi

  • Antik formatsiya, ya'ni quldorlik tuzumi

  • Feodal tuzum

  • Kapitalistik tuzum

  • Inqilobiy yoki kommunistik tuzum

Aksariyat sotsiolog olimlar tomonidan jamiyatning rivojlanishi formatsiyalar asosida quyidagicha talqin qilinadi:

  • Ibtidoiy jamoa tuzumi

  • Quldorlimk tuzumi

  • Antik formatsiya

  • Osiyo mamlakatlari formatsiyasi

  • Feodal formatsiya

  • Kommunistik yoki inqilobiy formatsiya

  • Postindustrial formatsiya.

Postindustrial ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya deyilganida, zamonaviy postkapitalistik shakldagi tuzum tushunilib, unda ishlab chiqarishning asosini axborot – texnologiyalari tashkil etadi, fuqarolik jamiyati shakllangan, davlat demokratik ijtimoiy-huquqiy yo‘ldan borayotgan bo‘ladi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin