Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»


F.Tyonnisning “Jamoa va jamiyat” asari



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə27/108
tarix07.06.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#60888
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   108
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»

4. F.Tyonnisning “Jamoa va jamiyat” asari
F.Tennisning “Jamoa va jamiyat” asari uning sotsiologik konsepsiyasining asosini tashkil etadi. Asarning asosiy g‘oyasi jamoaviy va ijtimoiy munosabatlarni tahlil qilishdan iborat. Olimning fikricha. Jamoaviy munosabatlarning asosini emotsiya, rihiy yaqinlik, o‘zaro bog‘liqlik va simpatiya munosabatlari tashkil etadi. Bunday munorsabatlar ongli ravishda amalga oshishi yoki emotsiyalar ta'siri ostida anglanmagan holda bo‘lishi mumkin. Olim jamoaviy munosabatlarning quyidagi turlarini ko‘rsatgan: urug‘-aymoqchilik munosabatlari, qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlari, do‘stlik munosabatlari.
Jamiyatga xos bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar jamoaviy munosabatlardan farqli ravishda ratsionallik va ratsional ayirboshlash munosabatlariga asoslanadi. Jamoa a'zolari o‘rtasida ratsional munosabatlar kamdan-kam hollarda uchraydi. Ijtimoiy munosabatlarning asosini o‘zaro manfaat tashkil etadi.
Bu ikki turdagi munosabat nafapqat individlarning o‘zaro bir-biriga bo‘lgan munosabatlarini, balki ularning jamiyatga bo‘lgan munosabati bilan farqlanadi. Jamoa mantiqiy jihatdan o‘zidan so‘ng qismlarni ajratadi, jamiyatda esa aksincha, u qismlardan tarkib topgan bo‘ladi. Turli jamoa va jamiyatlar – bu sotsial butunlikni tashkil etuvchi qismlarning organik va mexanik birligi.
Mexanistik va organistik birlikni farqlash uchun olim ikki xil xulosaga keladi: 1) guruhlarning barcha a’zolari oz yoki ko‘p jihatdan e’tiqodlar va hissiyotlarning jamlanmasini tashkil etadi, natijada guruhning kollektiv turini hosil qiladi. 2) jamiyat — bu turli xil maxsus funksiyalarning sistemasidir.
Organik birlikning mexanik birlikdan farqi shundaki, u mehnat taqsimoti natijasida vujudga keladi. Mehnat taqsimoti ijtimoiy birlikning oliy funksiyasi sifatida axloqiy funksiyalarni vujudga keltiradi va «shaxs individualligini» vujudga kelishini va rivojlanishini ta’minlaydi.
Jamiyat va uning rivojlanish qonuniyatlari to‘g‘risida ko‘pgina sotsiologlar o‘z ta’limotlarini yaratganlar, jamiyat to‘g‘risidagi nazariyalarni boyitib, o‘zlarining ulkan hissalarini qo‘shganlar, bular Zimmel, Parsons, Lumin, Chikago maktabi namoyondalari va boshqalar.



Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin