3. ATB “SAVDOGARBANK" faoliyatiga iqtisodiy tavsifnoma
Chet el kapitali ishtirokidagi ―Savdogar aksiyadorlik tijorat bankining O‘zbekiston Respublikasining ―Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida‖gi qonunda belgilangan tartibda Savdogarbank (bundan keyingi o‘rinlarda – Bank) Kengashining 1995 yil 10 fevraldagi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan holda tashkil etilgan. 4Bank yuridik shaxs hisoblanmaydi. Uning majburiyatlari bo‘yicha Bank javobgardir. Xo‘jalik faoliyatida Bank Bank nomidan uning ishonchnomasiga asosan ish yuritadi. Bank mablag‘larini saqlash va amaliyotlarini bajarish uchun Bankning To‘lov Markazida vakillik hisobvarag‘i ochadi.
Bank Boshqaruvining ishonchnomasiga asosan olib boradi, o‘zining alohida balansiga, to‘rtburchak tamg‘alariga va ish qog‘ozlariga, shuningdek Savdogarbank bo‘limining to‘liq nomi va bank belgisi tushirilgan dumaloq muhrga ega. Chet el kapitali ishtirokidagi ―Savdogar aksiyadorlik tijorat bankining faoliyatini ta‘minlash uchun Bank unga kerakli mablag‘ va boshqa mulklarni biriktirib qo‘yadi.
Bank Nizomga muvofiq berilgan huquqlar doirasida o‘ziga ajratilgan mablag‘ va mulklarni ishlatadi. Bank o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga, shu jumladan Markaziy bankning bank operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini belgilovchi va banklar faoliyatiga taalluqli boshqa me‘yoriy hujjatlarga hamda mazkur Nizomga, Bank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi, Bank Kengashi va Bank Boshqaruvi qarorlariga va Bank Ustaviga amal qiladi.
Bankda joylashgan aksiyadorlar va mijozlar pul mablag‘lari va o‘zga mulklari, shu jumladan aholi jamg‘armalari amaldagi qonunchilikka muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishi va undirilishi mumkin. Bank hodimlari Bank vamijozlar hisob varaqlari va amaliyotlari bo‘yicha ma‘lumotlarni sir saqlashlari zarur. Bankdagi amaliyotlar va hisob varaqlar holati to‘g‘risidagi ma‘lumot Bank Ustavida, shuningdek amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda berilishi mumkin.
Chet el kapitali ishtirokidagi “Savdogar” aksiyadorlik tijorat bankining o‘z mijozlariga kredit, moliya, hisob-kitob va boshqa xildagi bank xizmatlari to‘liq majmuini ko‘rsatishi mumkin, shu jumladan:
jismoniy va yuridik shaxslarning hisobvaraqlarini ochish va yuritish, hisobvaraqlar bo‘yicha hisob-kitob qilish;
depozitlarni jalb qilish;
o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lar hisobidan o‘z nomidan kreditlar berish;
mablag‘ egasi yoki mablag‘ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul mablag‘larini boshqarish;
chet el valyutasini naqd pul va naqd bo‘lmagan pul shakllarida yuridik va jismoniy shaxslardan sotib olish va naqd bo‘lmagan pul shakllarida ularga sotish;
pul mablag‘lari, veksellar, to‘lov va hisob-kitob hujjatlarini inkasso qilish;
qimmatli qog‘ozlar harid qilish, sotish hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq qimmatli qog‘ozlarni boshqarish, qimmatli qog‘ozlar bilan boshqa turdagi operatsiyalarni bajarish;
bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmatini ko‘rsatish;
jismoniy va yuridik shaxslarga hujjatlar va boshqa boyliklarni saqlash uchun maxsus binolar yoki ular ichidagi po‘lat sandiqlarni ijaraga berish;
moliyaviy lizing; - uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish (faktoring);
xalqaro bank amaliyotiga muvofiq, bank litsenziyasida maxsus ko‘rsatilgan boshqa operatsiyalar.
Bank boshqaruvining ijozati bilan Bank belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan kredit, hisob-kitob va boshqa amaliyotlarni bajarishi mumkin. Bank tomonidan boshqa banklar va mijozlarning chet el valyutasidagi mablag‘larini kredit, qarz, depozit, omonat va boshqa shaklda jalb qilish va joylashtirish bo‘yicha amaliyotlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan Valyuta amaliyotlarini o‘tkazish huquqini beruvchi bosh litsenziyaga muvofiq Bank ruxsatnomasi asosida amalga oshiriladi. Bank va uning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlar ular o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Bank quyidagi huquqlarga ega:
mijozlar bilan imzolangan shartnomalar asosida o‘tkazilayotgan amaliyotlarning foiz stavkalari va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar miqdorini belgilash;
mijozlardan buxgalteriya hisobotlari, balanslar va boshqa zaruriy axborotlarni olish;
mijozlar tomonidan kredit shartnomasi shartlari buzilgan hollarda kredit berishni to‘xtatish, berilgan kreditlarni va foizlarni muddatidan oldin undirish;
qurilish, korxonalarni amaldagi quvvatlarini qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash bank krediti hisobiga amalga oshirilayotgan hollarda ular bo‘yicha qabul qilingan loyihalarni ekspertizadan o‘tkazilishini talab qilish;
belgilangan tartibda xo‘jalik sub‘yektlarini to‘lov qobiliyatini yo‘qotgan deb e‘lon qilish, bunday qarzdorlarni bankrot deb topish;
joylarda garovga qo‘yilgan mulkning bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rish.
Omonatchilarni manfaatlarini himoya qilish va bankning moliyaviy barqarorligini ta‘minlash maqsadida Bank o‘z balansi tuzilmasini tartibga solish yo‘li bilan zimmasiga olgan majburiyatlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarishga mutassil tayyor holda bo‘ladi.
Buning uchun Bank Bankning yig‘ma balansi tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilangan talablar, Bank manfaatlariga muvofiq me‘yorlar va ko‘rsatkichlar bajarilishini ta‘minlaydi. Bankning bo‘sh kredit resurslarini Bank orqali haq to‘lash sharti bilan boshqa muassasalarga beriladi. Bank tijorat faoliyatining asosiy ko‘rsatkichifoyda bo‘lib, u Bank ishi samaradorligining umumiy ko‘rsatkichi, uning mustahkamlanishi va rivojlanishining asosiy manbaidir.
Chet el kapitali ishtirokidagi ―Savdogar aksiyadorlik tijorat bankining faoliyatiga Bank Boshqaruvi umumiy rahbarlik qiladi. Bankning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish uchun Bank Boshqaruvi Raisi Markaziy bank bilan kelishilgan holda Bank boshqaruvchisini tayinlaydi. Bank boshqaruvchisi unga bank Boshqaruvi bergan ishonchnomaga muvofiq ishlaydi.
U Bank zimmasiga yuklatilgan vazifalarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida bajarilishi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi. Bank boshqaruvchisi:
Bank vakolatlari doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan buyruqlar va boshqa hujjatlarni imzolaydi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
barcha korxona, tashkilot, mahalliy davlat va sud organlarida Bank nomidan ish yuritadi;
ishonchnoma asosida bank nomidan belgilangan tartibda Bank faoliyati bilan bog‘liq shartnomalar jumladan, bank hisobvarag‘i, omonat, kredit, garov, oldi-sotdi, ijara, shartnomalarini tuzadi, ularni ijro uchun qabul qiladi va bajarilishini ta‘minlaydi;
bank tasdiqlagan shtatlar jadvaliga muvofiq Bank xodimlarni lavozimga tayinlaydi va ularni ishdan bo‘shatadi, Bank xodimlarini rag‘batlantiradi va ularga intizomiy jazoga tortadi;
bank Boshqaruvida ko‘rib chiqilishi bank va Bank faoliyati bilan bog‘liq takliflarni kiritadi;
bank Nizomidan kelib chiquvchi boshqa vazifalarni bajaradi. Bank bosh buxgalteri Bank boshqaruvchisiga bo‘ysunadi hamda buxgalteriya hisobini yuritish masalalari bo‘yicha bank bosh buxgalteri ko‘rsatmalariga amal qiladi.
Quyida biz Savdogarbankning hamda Bankning tashkiliy strukturasini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.
6-rasm. OATB “Savdogarbank” kengashining tarkibiy tuzilishi.5
Bankning strukturasi tashkilot maqsadlari va vazifalaridan kelib chiqqan holda tuziladi uning boshqarish pog‘onalari, zvenolari korxona faoliyati xususiyatidan kelib chiqib shakllantiriladi. Ishlovchi xodimlar, xizmatchilar va ishchilar soni ham strukturaga mos holda aniqlanadi. Boshqaruvning tashkiliy strategiyasi keng ma‘noni anglatib, u boshqaruv tizimining tizimlari va bo‘limlari orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni va ular yig‘indisining anglatadi.
Boshqaruv strukturasi tashkilotning faoliyat turiga qarab, murakkab ko‘p bosqichli, pog‘ona, ko‘p bo‘limli va sodda bo‘lishi mumkin. Har ikki holda ham boshqarish funktsiyalari bo‘lgan rejalashtirish, tashkil etish, nazorat va rag‘batlashtirish funksiyalari bajariladi. Bir butun boshqarish strukturasi ierarxik tartibda tuziladi.
Chet el kapitali ishtirokidagi “Savdogar” aksiyadorlik tijorat bankining kredit resurslari quyidagilardan tshkil topadi:
Bankning o‘z mablag‘lari;
jismoniy va yuridik shaxs mijozlarning bankdagi depozitlari;
Bank tomonidan berilgan kredit resurslar;
jalb qilingan boshqa mablag‘lar. Bankning o‘z mablag‘lari quyidagilardan tashkil topadi:
joriy yil foydasi;
o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi;
taqsimlanmagan foyda hisobidan shakllantirilgan zahira va boshqa fondalar.
Omonatchilarni manfaatlarini himoya qilish va bankning moliyaviy barqarorligini ta‘minlash maqsadida Bank o‘z balansi tuzilmasini tartibga solish yo‘li bilan zimmasiga olgan majburiyatlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarishga muttasil tayyor holda bo‘ladi. Buning uchun Bank Bankning yig‘ma balansi tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilangan talablar, Bank manfaatlariga muvofiq me‘yorlar va ko‘rsatkichlar bajarilishini ta‘minlaydi. Bankning bo‘sh kredit resurslari Bank orqali haq to‘lash sharti bilan boshqa muassasalarga beriladi.
Chet el kapitali ishtirokidagi “Savdogar” aksiyadorlik tijorat bankining Bo‘ka Banki tijorat faoliyatining asosiy ko‘rsatkichi foyda bo‘lib, u Bank ishi samaradorligining umumiy ko‘rsatkichi, uning mustaxkamlanishi va rivojlanishining asosiy manbaidir. Bankning foydasi uning barcha turdagi faoliyatidan tushgan daromadlardan amaldagi me‘yoriy hujjatlarga binoan foiz va amaliyot harajatlari, moddiy va unga tenglashtirilgan harajatlar hamda boshqa ajratmalar chiqarib tashlangandan keyin qolgan mablag‘lardan tashkil topadi. Bank oladigan asosiy daromad turlari quyidagilardir: - berilgan kreditlar, maslahat yordami, vositachilik amaliyotlari va boshqa xizmatlar uchun olinadigan foizlar; - boshqa banklarga berilgan kredit resurslari uchun foizlar; - korxonalar faoliyatida ishtirok etganligi, qimmatli qog‘ozlar bilan o‘tkazilgan amaliyotlari va shu kabilardan tushgan mablag‘lar.
Asosiy xarajatlar quyidagilar: -
ma‘muriy-xo‘jalik xarajatlari;
qo‘riqlash xizmati xarajatlari;
jalb qilingan resurslar, naqd pullar va boshqa boyliklar inkassatsiyasi uchun to‘lovlar;
omonatlar va xo‘jalik sub‘yektlarning Bankda saqlanayotgan depozitlari, hisobvaraqlaridagi pul qoldiqlari uchun to‘lanadigan foizlar;
boshqa tashkilotlar, hisoblash markazlarining xizmatlariga haq to‘lash va boshqa xarajatlar;
bankning xarajatlarini qoplash uchun ajratmalar. Ma‘muriy-xo‘jalik xarajatlari xarajatlar smetasi doirasida amalga oshiriladi.
Bank amaldagi qonunchilikda belgilangan tartib va miqdorlarda o‘z foydasi hisobidan tegishli byudjetlarga soliq to‘laydi. Soliq to‘lagandan keyin qolgan foyda quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
amaldagi qonunchilikka asosan Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan belgilangan tartibda dividend to‘lash uchun;
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan belgilangan fondlarni shakllantirish uchun. Xodimlarni joriy mukofotlash xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan Bank xodimlarining mehnatga haq to‘lash shartlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «PQ-308» va «PQ – 842» sonli “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini ko‘paytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida 2019 yil 1-chorak mobaynida mikrokredit mablag‘lari ajratilgan bo‘lib, ajratilgan mikrokreditlar soni jami 10 ta, summasi 49.800,0 ming so‘m, rejaga nisbatan 100% bajarilgan. Buning natijasida esa 10 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.
Dostları ilə paylaş: |