1-rasm. Mijoz uchun kurash va unga ta’sir etuvchi omillar.
Yuqoridagi rasmdan ko‘rinib turibdiki, mijozlarni o‘ziga jalb etish banklar tomonidan ko‘rsatiladigan bank xizmatlarining ko‘lami, sifati va bahosiga uning bank va mijoz uchun samaradorligiga, qo‘shimcha servis hamda reklamaga bog‘liqdir Bugungi kunda bank faoliyatini erkinlashtirish sharoitida banklararo raqobatning kuchayishi va uning takomillashuvi zaruriyatga aylanib bormoqda. Bank faoliyatida raqobatning bir necha turi bo‘lib, har biri bankning innovatsion ehtiyojini rivojlantirishga va yangi bank xizmatlarini kiritishda o‘z xissasini qo‘shadi. Bank mahsulotlarining raqobatbardoshligi haqida gap ketganda biz uning innovatsion harakterini tushunamiz. Mahalliy moliya bozorlarida bugungi kunda bozorning har bir qatnashchisiga katta talablar qo‘yilmoqda, talablarda raqobatning barcha turlari qo‘llaniladi. Bular quyidagilardir: 1. Funksional. 2. Ko‘rinishli. 3. Predmetli. 4. Aralash. Funksional raqobatning paydo bo‘lish sababi shundaki, har qandaymoliyaviy xizmatga bo‘lgan ehtiyojni ko‘p yo‘llar bilan qoniqtirish mumkin. Masalan, korxonaning moddiy talablarini qondirish uchun (biznes – reja bo‘yicha) kredit, investitsiya, ssuda va zayomlar olinadi. Ba‘zi xizmatlar muhim parametrlar bilan farq qiladi va ko‘rinishli raqobat paydo bo‘ladi. Masalan, minimal yoki maksimal depozit miqdori va muddati bilan. Mijozlarga ko‘rsatiladigan bank xizmatlarining sifati asosida raqobatning predmetli ko‘rinishi yuzaga keladi. Masalan, axborotni ishonchli ximoyalash, bank o‘zining ishonchliligi, operatsiyalarning tezligi va xodimlarning tezkorligi va malakasi. Banklararo raqobat kurashi sharoitida raqobatbardoshlik muhim ahamiyat kasb etadi.