Banklar tomonidan yangi bank xizmatlarini amaliyotga joriy qilinishi esa, ayrim holatlarda juda oddiy omillarga masalan, mijozlar bilan bank xodimlarining muloqat qilish masalalariga, ularning ish o‘rinlarini joylanishiga hamda yangi xizmat turlarini bo‘lajak iste‘molchilarga yetkazish uslublariga bog‘liq bo‘ladi. Banklararo raqobat ham bir bank tomonidan o‘z manfaatlarini yuzaga chiqarish uchun ya‘ni foyda olish uchun kurashdan iboratdir. Shunday ekan, banklararo raqobat avvalambor mijoz uchun kurashdan iborat bo‘ladi. Qaysi bankning mijozlari ko‘p va obro‘li bo‘lsa o‘sha bankning o‘z manfaatlarini yuzaga chiqarish imkoniyatlari yuqoridir. Mijoz uchun kurash va unga ta‘sir etuvchi omillarni quyidagi rasmda ko‘rish mumkin. (1-rasm).