Bank marketingi nazariyasini yanada rivojlanishiga xizmat qiladigan tamoyillarni ishlab chiqishga harakat qildik. Zamonaviy bank xizmatlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish tamoyillarini quyidagi rasmda keltiramiz (4-rasmda). Bank marketingini mohiyatini ochishda, bank xizmatlarini ishlab chiqish va uni amaliyotga tatbiq etishda biz quyidagi tamoyillarni o‘rgandik: - tijorat banklarining mijozlar bazasini shakllantirishda maqsadli yondashuv tamoyili.
Ushbu tamoyilning asosiy maqsadi banklar bank xizmatlari bozorida mijozlarning tarkibini, ularning talablarini chuqur hamda har tomonlamao‘rgangan holda ushbu bank xizmatlari bozorida faoliyat yuritishning asosiy maqsadini belgilab olish xisoblanadi. - tijorat bankining har bir mijozga modellashtirilgan tartibdagi yondashuv tamoyili. - tijorat banki tomonidan yaratilgan yangi bank xizmat turlarini innovatsion xususiyatga egaligi. Ushbu tamoyil tijorat banklari tomonidan bank xizmatlari bozorida raqobatbardosh bo‘lishini hamda zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanishlikni talab etadi. - bank xizmatlarini maqsadli bozorini tanlashga strategik yondashuv. Ushbu tamoyil tijorat banki tomonidan bank xizmatlari bozorining segmentlarini to‘g‘ri tanlashni va ushbu faoliyatni yuritishda bank xizmatlari sifatini oshirish, imkoniyat darajasida ularning tannarxini tushirish orqali ushbu bozorda o‘z mavqeini saqlab qolish hamda oshirishni talab etadi.