6. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari faoliyatida marketingdan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari
Bank har qanday boshqa muassasa kabi о‘z kelajagi haqida aniq tasavvurga ega bо‘lishi kerak. Shu tufayli yalpi marketing tadqiqotlari bankning tadbirkorlik faoliyati strategiyasi va dasturi haqida qaror qabul qilish uchun asoslangan bazani tashkil etadi.
Bank xizmatlari bozorini dasturlashtirish, о‘zining bozordagi harakatlari strategiyasini aniqlash va rejalashtirish, bank mahsulotlarining asosiy turlariga bozor talabini aniqlash bank ichki boshqaruvi marketing konsepsiyasining asosiy tamoyillarini tashkil etadi. Bank bozorining о‘zgaruvchan shart-sharoitlarini hisobga olgan holda bankning kelajakdagi faoliyati yо‘nalishlarini aniqlashga
Imkon beradigan strategik rejalar ishlab chiqish zarur.
Raqobatchilarning ehtimol tutilgan xatti-harakatlarini hisobga olgan holda narx-navo, sotuv va Tovar siyosati sohasida yalpi tadbirlar ishlab chiqish bank faoliyatini boshqarishda marketing jihatidan yondashuvning ancha afzalligini aks ettiradi. Marketing faoliyati dasturlari uzoq muddatli strategiya siyosatini yuritish, katta iqtisodiy yо‘qotishlarga chap berish hamda barqaror rivojlanish va muvaffaqiyatlarga erishishga imkon beradi.
Bank xizmatlari bozorini yalpi tadqiq etish о‘z imkoniyatlarini aniqlash va strategik mahsulotlarni sotish bankka uning faoliyati uchun eng maqbul bо‘lgan sotuv bozorlarini tanlab olish imkoniyatini yaratadi.
Dasturlar ishlab chiqishdan kо‘zda tutilgan maqsad – bankka о‘z xizmatini sotish uchun bozorni zabt etish borasida muayyan tadbirlarni о‘tkazishni tavsiya etishdan iboratdir. Marketing faoliyati dasturida bank marketing xizmatining yutuqlari, muvaffaqiyatlari jamlangan holda aniqlanadi, ular ishining asosiy natijasi tavsiflanadi.
Agar bank rahbariyati dastur asosida turgan asosiy mahsulotlar mazmunini ma’qullasa va bu dasturni ijro uchun qabul qilsa, u bank umumiy ish rejasining tarkibiy bir qismi bо‘lib qoladi. Ushbu batafsil reja majburiy deb tan olinadi va bankning keyingi faoliyati uni amalga oshirishga bо‘ysundiriladi. Bank rejasi juda keng va batafsil bо‘lishi hamda unda moliya ishlari, kadrlar bilan ishlash va mablag‘larni joylashtirish kabi sohalar aks ettirilishi lozim. Marketing dasturi bank faoliyatini batafsil rejasi, poydevori bо‘lib xizmat qilishi kerak.Shunday qilib, bankning marketing dasturi – bu marketing tadqiqotlari asosida tuzilgan strategik rejadir. Unda istiqbolda amalga oshiriladigan narx-navo, sotuv va tovar ishlab chiqarish faoliyatiga taalluqli bо‘lgan hamda uning kelgusidagi tavsiyalar о‘z aksini topadi.
Marketing dasturini ishlab chiqish jarayonida bank xizmatlari bozorining rivojlantirish borasidagi turli cheklovlar hisobga olinadi va bank imkoniyatlari aniqlanadi. Shu bilan bir qatorda bozor bilan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri va teskari aloqalarni, mijozlarning о‘zgaruvchan ehtiyojlarga moslashish zaruriyatini va bozor talablarini shakllanishi va kengayishiga faol ta’sir etish zaruratini aniqlash lozim. Bankning dasturlar ishlab chiquvchi marketing xizmati taklif etilayotgan xizmatlar tarkibining bir qancha muqobil (alternativ) variantlarini, shuningdek, mijozlar talablarini hisobga olgan holda ushbu xizmatlarni sotish yо‘llarini aniqlashi kerak.
Dastur ishlab chiqayotganda bankning uzoq muddatli samarali faoliyatini ta’minlash zaruratidan kelib chiqish lozim. Buning natijasida marketing konsepsiyasi bank rejasini tuzish uchun yangi asos yaratadi va asosan bankning ichki manfaatlari hisobga olib kelingan ilgari amaliyotni boshqacha baholashga majbur qiladi. Zamonaviy bankning strategik rejalashtirish usullarini qо‘llash zarurati kundalik faoliyatdagi tavakkalchilik darajasining oshishi, muvaffaqiyatsizlikka ta’sir etuvchi turli omillar xususiyati, boshqaruvning tashkiliy tizimi murakkablashuvi, barcha shart-sharoitlarni о‘ta muhim vazifalarni hal etishga qaratish zarurati bilan bog‘liqdir.
Strategik rejalashtirish о‘zida uzoq muddatga mо‘ljallangan maqsadlar bilan bankning potensial imkoniyatlari о‘rtasidagi mutanosiblikni vujudga keltirish va uni qо‘llab-quvvatlash jarayonini aks ettiradi. Marketing tadqiqotlari asosida rejalashtirish quyidagi afzalliklarga ega:
– birinchidan, ijrochilarning turli guruhlari о‘rtasida о‘zaro hamkorlikni ta’minlaydi. Bu bankning asosiy vazifalarini hal etish uchun say-harakatlarni jamlashiga imkon beradi;
– ikkinchidan, faoliyati bank xizmatlarini yaratish va sotish bilan bog‘liq bо‘lgan kо‘p sonli tarkibiy bо‘linmalar say-harakatlarini muvofiqlashtirishga imkon beradi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida bank faoliyatini takomillashtirib borish uchun marketing tadqiqotlari va marketing dasturlari ishlab chiqishni onda-sonda emas, balki muntazam ravishda olib borish maqsadga muvofiqdir. Faqat shunday usul bilangina ishda samaradorlikni oshirish va barqarorlikka erishish mumkin.
Bozor sharoitlarida bank rivojlanishining asoslaridan biri bо‘lgan marketing dasturi va strategiya rejalari quyidagi izchillikda ishlab chiqiladi:
– birinchidan, bank strategiyasining maqsadlari va vazifalari aniqlanadi;
– ikkinchidan, real sharoitlar tahlili va istiqboli asosida ba’zi о‘ta muhim kо‘rsatkichlarga erishish darajasi aniqlanadi;
-uchinchidan, boshqaruv siyosatining turlari ishlab chiqiladi. U о‘z navbatida,
Bank taraqqiyotining kutilgan va real darajasi о‘rtasidagi farqni eng kam darajaga keltiradi;
– tо‘rtinchidan, bank faoliyatida kutilgan natijalarga erishishni ta’minlaydigan juda samarali tadbirlarni ishlab chiqish tartibi о‘rnatiladi. Hal etilayotgan masalalar doirasiga kо‘ra, marketing dasturlari oddiy va maqsadli dasturlar bо‘lishi mumkin.
Oddiy dastur bank sotuv faoliyatining barcha vazifalariga doir masalalarni hal etishga mо‘ljallangan. Maqsadli marketing dasturi esa alohida va maxsus vazifalarni hal etishga yо‘naltirilgan bо‘lishi mumkin. Yangi bank mahsulotini ishlab chiqish bankning yoki uning ayrim bо‘linmalari daromadini oshirishda ana shunday maxsus vazifalar qо‘l keladi. Marketing dasturlari bank mahsulotining muayyan turiga yoki bank bо‘limlariga doir dasturlarga bо‘linishi mumkin. Bank mahsulotlariga doir dasturlar ushbu bank tomonidan о‘z mijozlariga taqdim
etilayotgan bank xizmatlarining muayyan turiga doir dastur holatini ifodalaydi.
Ushbu dasturlarda ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlash va xizmatning muayyan turini sotishga yо‘naltirilgan ishlab chiqarish va tashkiliy tadbirlar majmuasi orqali amalga oshiriladi. Bank bо‘limlarining ilgarigi dasturlarga asoslangan marketing dasturlari bank tarkibiy bо‘linmalarining sotuv harakatlarini muvofiqlashtirish va rejalashtirish uchun asos bо‘lib xizmat qiladi. Marketing strategiyasining asosiy yо‘nalishlari quyidagilardir:
Diversifikatsiya strategiyasi. U bank maslahatlarining zamonaviy turlarini yaratish, bank faoliyatining yangi hali uning asosiy faoliyati bilan bog‘liq bо‘lmagan sohalarga ham yoyilishini anglatadi;
–segmentlash strategiyasi. Taqdim etiladigan xizmatlar bilan ta’minlash darajasini
chuqurlashtirish, eng kichik talab turlarini ham aniqlash;
– integratsiya strategiyasi. U milliy iqtisodiyotni jahon bozoriga uyg‘unlashtirish jarayonlari bilanuzviy bog‘liqdir.
Bank taraqqiyoti istiqbolini belgilash ishlarining keyingi bosqichi va marketing tamoyillaridan biri bu – rejalashtirishdir. Rejalashtirish yuqori ifodalangan tadbirlar asosida amalga oshiriladi, ya’ni unbankning vazifalari, maqsadlari, ichki imkoniyatlari, bozorning bank xizmatlari turlari va sifatiga bо‘lgan talablarini aniqlashga asoslangandir. Rejalashtirish bankka katta foyda keltiradi.
U bankning yangi bozor segmentlarini zabt etishga doir shart-sharoitlarni muvofiqlashtirishga imkon beradi. Bu bilan rejalashtirish ichki va tashqi sharoitlarda
paydo bо‘lgan notо‘g‘ri axborotlar tufayli notо‘g‘ri qaror qabul qilish xavfini kamaytiradi. U shuningdek, bankning bozor о‘zgarishlariga qanchalik tayyorligini ham belgilaydi. Startegik rejalashtirish jarayoni juda murakkab bо‘lib, dastlab bankning maqsad va vazifalarini belgilab, shuningdek, uning imkoniyatlarini aniqlashdan boshlanishi zarur.
Xulosa va takliflar
Yuqorida ta‘kidlab o‘tgan omillar tijorat banklari faoliyatida marketingni ishlab chiqishda quyidagi vazifalarni bajarishni taqazo etadi: - Mavjud va kelajakdagi bank xizmatlari bozorini belgilab olish; - Mijozlarning o‘sib borayotgan talabini to‘laroq qondirish maqsadida bank xizmatlari bozorida aniq yo‘nalishlarni aniqlab olish; - Mavjud va kelajakdagi bank xizmatlari bozorida yangi xizmatlar turlarini amaliyotga kiritish bo‘yicha qisqa va uzoq muddatli maqsadlarni belgilab olish; - Amaliyotga yangi bank xizmat turlarini kiritish va ular yuzasidan bank nazoratini olib borish bo‘yicha dasturni ishlab chiqish. - Bugungi kunda bank faoliyatini erkinlashtirish sharoitida banklararo raqobatning kuchaytirish va uni takomillashtirish.
- CRM (Customer Relationship Marketing / Management) «mijozga yo‘naltirilganlik» tamoyiliga asoslangan biznesni doimiy rivojlantirish bo‘yicha biznes – strategiyani shakllantirish. - Banklarda strategik menejmentda turli marketing konsepsiyalari qo‘llash; - uzoq yillik kredit tarixi ma‘lumotlari, defolt holatlari axborot bazasiga tayangan holda ichki reyting asosida kredit risklarini baholash;
-Bank kredit risklarini boshqarish uchun mustahkam ishlab chiqarishni ta‘minlash va bu borada ko`p uchraydigan kamchiliklarni bartaraf etish. -bank muassasalarining keng tarmoqqa ega bo‘layotganligini, o‘z navbatida, mijozlarga sifatli bank xizmatlari ko‘rsatish, ularning bank xizmatiga bo‘lgan extiyojlarini to‘liq qondirish va tijorat banklari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitida yanada sifat kursatkichlariga erishish -milliy bank tizimidagi islohatlarning muhim yo‘nalishlaridan biri, bank xizmatlari sifatida va madaniyatini yuksaltirgan holda, tijorat banklari va ularning mijozlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni «bank mijoz uchun» tamoyili asosida tashkil etishni rivojlantirish -barcha tijorat banklarida marketing boshqarmalari va bo‘limlari tashkil etilgan va ularni malakali mutaxassislar bilan ta‘minlashda marketing xizmatlari 55 va ular faoliyatini takomillashtirishga ahamiyat berish. - mamlakatimizda yangi bank xizmatlarining joriy etishda, marketing xizmatini faollashuvi va keng tarmoqli bank infratuzilmasining yaratilayotganligi natijasida tijorat banklarining mijozlari bilan ishlishni va boshkaruv faoliyatini tugri tashkil etishga erishish. -tijorat banklarida faktoring va lizing xizmatlari kabi bank xizmatlari keng o‘zlashtirish.
Akkreditivlar bo‘yicha xizmatlar, plastik kartochkalar yordamida naqd pulsiz xisob – kitoblarni amalga oshirish ko‘paytirish bankomatlar va terminallarning soni yanada oshirish -ipoteka kreditlari ajratish, aholidan omonatlar jalb etishni targibot etish -tijorat banklarida kapitallashuv darajasining kutarish vam qimmatli qog‘ozlar bozorini kengaytirish. -bank tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklarida yangi xizmat turlarini yaratish, ularni amaliyotga kiritish, mavjud bank xizmat turlarining sifat darajasini va ulardagi marketing faoliyatini rivojlantirishga bular-tijorat banklarida bank xizmatlari bozorining segmentlash
Zamonaviy bank xizmatlarini ishlab chiqish va uni amaliyotga kiritish uchun zarur infratuzilmani kengaytirish.tijorat banklari xodimlari tarkibida marketing sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar xizmatini oshirish. -rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi tijorat banklaridagi marketing faoliyatini chuqur tahlil etib, ulardagi ilg‘or tajribani mahalliy shart – sharoitlarga moslashtirgan holda tavsiyalarni ishlab chiqish - mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha tijorat banklarida «home banking», «internet – bank», «mobil telefon bank» kabi yangi zamonaviy bank xizmatlarini joriy etilish ushbu jarayonni yanada rivojlantirib borish natijasida «bank – mijoz» dasturi munosabatlarini yaxshilash maqsadida respublikamizda dunyodagi eng zamonaviy texnologiya hisoblangan CRM (Customer Relationship Management) tizimini kiritish bo‘yicha faoliyat olib borish lozim.
Tijorat banklari bank xizmatlarini reklamasini olib borishda markaziy gazeta va jurnallar bilan birgalikda, katta adadli, mamlakatning barcha hududlaridagi o‘quvchilarga etib boradigan ommabop gazetalar xizmatidan foydalanish masalasini qayta ko‘rib chiqishlari lozim; -kayta tayyorlash kurslarini tashkil etish va ularga chetdan malakali muttaxassislar jalb etish lozim; Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklarida biz kilgan xulosalarni amalga oshirilsa amaliyotga kiritilishi ijobiy samara beradi va boshkaruv tizimini yanada rivojlantiradi deb bilamiz.
Dostları ilə paylaş: |