Tijorat bankining aktivi va uning turlari № Aktivlar % 1. Kassadagi naqd va unga tenglashtirilgan pullar
0,2 – 12,9 2. Kreditlar (ssudalar)
19,9 – 83,2 3. Investitsiya va qimmatli qog‘ozlar
2,1 – 23,9 4. Boshqa turli aktivlar
0,2 – 7,8 Jami aktivlar 100 Jadvaldagi ma’lumotlardan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:
bank aktivining eng asosiy qismini ssudalar, ya’ni bank
kreditlari tashkil qiladi – 19,9 dan to 83,2 foizgacha;
ikkinchi o‘rinda investitsiya va qimmatli qog‘ozlar bilan
bo‘ladigan operatsiyalar tashkil qiladi – 2,1 foizdan to 23,9 foizgacha;
uchinchi o‘rinda kassadagi naqd pullar – 0,2 dan 12,9 foizgacha.
Boshqa turli aktivlar, ya’ni asosiy fondlarga qo‘yilmalardan
tortib, to bankning turli hisob operatsiyalarigacha – 0,2 foizdan to 7,8
foizgachani tashkil qiladi. 2011–2015-yillarda respublika bank tizimini
yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro
reyting ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha chora-tadbirlar majmua-
sining tijorat banklari aktivlarini, shu jumladan kredit portfellarini
yanada o‘sishini va sifatini yaxshilashni ta’minlash, tavakkalchilikni
baholash tizimini takomillashtirish maqsadida bank tavakkalchi-
liklarini boshqarishda chuqur omilli tahlilni amalga oshirishning aniq
mexanizmini joriy qilish, zaxiralarni shakllantirish, kredit portfelini
diversifikatsiyalashlarni ko‘zda tutgan holda banklar aktivlari sifati
monitoringini takomillashtirish, shuningdek muammoli qarzdorlik
paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantiruvchi choralar
qabul qilish belgilangan edi.