114
omilning valyuta kursiga ta’siri 2 ta asosiy holat bilan tushuntiriladi.
Birinchidan, mamlakatda foiz stavkalarni o‘zgarishi xalqaro kapital
harakatining boshqa shartlarida ham ta’sir qiladi. Boshqacha qilib
aytganda, foiz stavkasining ko‘paytirilishi
chet el kapitalining oqib
kelishini, uning pasayishi esa kapitalning (milliy kapitalni ham) chet
elga oqib chiqib ketishini rag‘batlantiradi.
Kapitallar harakati, ayniqsa, spekulyativ «qaynoq» pullar harakati
to‘lov balanslarining nobarqarorligini kuchaytiradi.
Operatsiyalarni
amalga oshirganda banklar milliy va jahon bozorlaridagi foiz
stavkalaridagi farqni e’tiborga oladilar. Ular foyda olish maqsadida
chet el bozorida arzonroq kredit olib (pastroq stavkada) hamda
milliy
kredit bozoriga, agar foiz stavkalari yuqori bo‘lsa, chet el valyutasini
joylashtirishni afzal ko‘radilar.
3.
Valyuta
bozori
faoliyati
va
spekulyativ
valyuta
operatsiyalari.
Agar qandaydir bir valyuta
kursi pasayishga moyil
bo‘lsa, firma va banklar vaqtdan unumli foydalanib, uni yaxshiroq
valyutaga sotadilar. Bunda kuchsizlashgan
valyuta pozitsiyasi yanada
yomonlashadi.
Valyuta
bozorlari
iqtisod
va
siyosatdagi
o‘zgarishlardan, kurs nisbatlari siljishidan tez ta’sirlanadi. Shu bilan
birga, ular valyuta spekulyasiyasi imkoniyatlarini va stixiyali tarzdagi
«qaynoq» pullar harakatini kengaytiradi.
Dostları ilə paylaş: