113
paritetiga moslashtirish o‘rtacha ikki yil davomida amalga oshiriladi.
Bu shu bilan izohlanadiki, valyuta kursining kundalik kotirovkasi
faqatgina uni sotib olish qobiliyatiga asosan amalga oshirilmay, unga
shuningdek, boshqa omillar ham ta’sir etadi. 80 - yillarda ko‘pincha
valyuta kursining paritetidan 30%dan ortiq miqdorda siljishi yuz berib
turar edi. Lekin spekulyativ va konyukturaviy omillar tasiridan ozod
bo‘lgan valyuta kurslarining o‘zaro nisbati qiymati qonuniga muvofiq
tarzda pul birliklarining xarid qobiliyati o‘zgarishi bilan o‘zgaradi.
Valyuta kursining inflyasiya sur’atlariga bog‘liqligi, ayniqsa,
tovar-xizmatlar va kapitallarni xalqaro ayirboshlash hajmi katta
bo‘lgan mamlakatlarda kuchliroqdir. Sababi shundaki, valyuta
dinamikasi va inflyasiya sur’ati o‘rtasidagi kuchli bog‘liqlik, valyuta
kursining eksport baholarda hisob-kitob qilishda yuzaga keladi. Jahon
bozori narxlari internatsional qiymatning puldagi ifodasini aks ettiradi.
Import narxlariga kelsak, tegishli valyuta paritetida hisob-kitob qilish
unchalik qulay kelmaydi, chunki, uning o‘zi valyuta kursi
dinamikasiga bog‘liq. Sanoati rivojlangan mamlakatlar bunday hisob-
kitob uchun ulgurji baholar indeksidan foydalangani ma’qulroq.
Chunki bu mamlakatlarda ulgurji ichki savdo va eksport ma’lum
darajada mos keladi. Boshqa mamlakatlarda ushbu indeksga ko‘pgina
eksport qilinadigan tovarlar kirmaydi. Chakana narxlar asosidagi
bunday hisob-kitob noto‘g‘ri talqin qilinishi mumkin, chunki u jahon
savdo obyekti bo‘lmagan bir qator xizmatlarni o‘z ichiga oladi.
Oxirgi navbatda jahon bozorida real xarid qobiliyatiga mos ravishda
stixiyali tarzda milliy valyuta kurslarining tenglashishi yuz bermoqda.
Real valyuta kursi ikki mamlakat narxlari darajasi nisbatiga
ko‘paytirilgan nominal kurs sifatida aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: