109
6-MAVZU. TIJORAT BANKLARINING VALYUTA
OPERATSIYALARI
Valyuta va valyuta kursi tushunchasi.
Tashqi iqtisodiy munosabatlar taraqqiyoti
turli mamlakatlarning
valyutalari qiymatining o‘zaro nisbatini o‘lchashni talab etadi. Shu
sababli valyuta kursi valyuta tizimining muhim elementi hisoblanadi.
Valyuta kursining zaruriyati quyidagilarda ifodalanadi:
–
tovarlar va xizmatlar bilan savdo qilishda,
kapital va kreditlar
harakatida valyutalarni o‘zaro almashtirish uchun; bunda, eksporter
kelib tushgan chet el valyutasini milliy valyutaga almashtiradi. Chunki
boshqa mamlakatlarning valyutalari mazkur
davlat hududida qonuniy
xarid qilish va to‘lov vositasi sifatida muomalada aylana olmaydi.
Importyor chet eldan sotib olgan tovarlarini to‘lash uchun milliy
valyutani chet el valyutasiga almashadi. Qarzdor esa qarzini to‘lash
uchun va tashqi qarzlar bo‘yicha foizlarni to‘lash
uchun chet el
valyutasini sotib oladi;
–
jahon va milliy bozor baholarini taqqoslash, shuningdek, milliy
va chet el valyutalarida ifodalangan turli mamlakatlarning baho
ko‘rsatkichlarini taqqoslash uchun;
–
firma va banklarning chet el valyutasidagi
hisob varaqlarini
vaqti-vaqti bilan qayta baholash uchun valyuta kursi zarur.
Dostları ilə paylaş: