120
kurs «spot» kurs deyiladi. Xuddi mana
shu kurslar asosida valyuta
bozoridagi muddatli kurslar ham, valyutani y etkazib berish bo‘yicha
qisqaroq muddatli bir martalik bitimlar uchun kurslar ham aniqlanadi.
«Spot» operatsiyalari yordamida banklar o‘z mijozlarining chet
el valyutasidagi ehtiyojlarini,
kapitallarning harakatini, shuningdek
bir valyutaning boshqa valyutaga oqib o ‘ tishini ta’minlaydi,
arbitraj va spekulyativ operatsiyalarni amalga oshiradi.
«Spot» operatsiyalari risk darajasi eng yuqori operatsiya
hisoblanadi.
Foyda olish uchun banklar arbitraj va chayqovchilik bitimlarini
amalga oshirishlari mumkin. Arbitraj bitimlar turli valyuta bozorlarida
mavjud bo‘lgan valyuta kurslari o‘rtasidagi
farqlardan foyda olish
maqsadida chet el valyutasini qayta sotish (sotib olish) bo‘yicha
tuzilgan qarshi bitimdir. Agar valyuta bir valyuta bozoridan sotib
olinsa va boshqa valyuta bozorida sotilsa – bu keng tarqalgan
arbitraj deyiladi. Agar foyda vaqt o‘tishiga qarab kurslar o‘zgarishidan
yuzaga keladigan bo‘lsa bu vaqtinchalik arbitraj deyiladi.
Valyuta opsioni – bu sotuvchi va xaridorning shunday bitimki, u
xaridorga biror valyutaning bozor narxlaridan qat’iy nazar belgilangan
miqdorini oldindan belgilangan vaqtda
va kursda yetkazib berish
bo‘yicha huquq beradi. Sotuvchiga esa belgilangan valyutani oldindan
belgilangan vaqtda va kursda sotish majburiyatini beradi.
Valyuta opsioni shunday instrumentki, u ham spekulyasiya ham
xedjirlash vositasi sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Opsionlar birjadan tashqari bozorda va birjadagi bozorda ham keng
ko‘lamda qo‘llaniladi. Valyuta opsionlarining katta qismi, jumladan 81
% birjadan tashqari bozorda amalga oshiriladi.
47
Valyuta opsionida
fyuchers savdosida qatnashmaydigan ekzotik
valyutalar uchun ham
bitimlar tuzish mumkinligi uning ahamiyatini oshiradi. Valyuta
opsioning muddati turli muddatlarda tuzish mumkinligi bilan ajralib
turadi uni bir necha soatdan tortib bir necha yillargacha tuzishingiz
mumkin, ammo asosan muddatlar sifatida to‘liq muddatlar masalan bir
hafta, bir oy, ikki oy va h.klar olinishi mumkin.
Quyidagi yetti omil opsion narxini shakllantiradi:
1.
Valyuta kursi.
2.
Strayk baho (realizatsiya bahosi).
3.
Valyuta kursining volatillik darajasi.
121
4.
Amalga oshirilish muddati.
5.
Foiz stavkalaridagi farqlar.
6.
Bitim turi (koll yoki put).
7.
Opsionning modeli – amerika yoki yevropa opsioni.
Ushbu yetti omildan valyuta kursi asosiy omil sanaladi.
Aynan
valyuta kursiga qarab opsion narxi o‘zgaradi. Opsion narxini
o‘zgarishini va uni shakllantirishda quyidagi indekslardan
foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: