Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari
Ishlab chiqarish omillari va ularning turkumlanishiga turlicha yondashuvlar. Ishlab chiqarish omillarining o`zaro bog`liqligi va bir-birining o`rnini bosishi.
Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni va uning iqtisodiy asoslari. Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi. Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomoni. Qisqa va uzoq davrdagi ishlab chiqarish. Ishlab chiqarishning jamiyat hayotidagi ahamiyati. Ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatishning o`zaro bog`liqligi. Tovar va xizmatlar nafliligi va qiymatining yaratilishida ishlab chiqarish omillarining roli.
Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari. Yalpi ijtimoiy mahsulot. Takroriy hisob. Oraliq mahsulot, pirovard mahsulot, qo`shilgan mahsulot, sof mahsulot. Zaruriy va qo`shimcha mahsulot. Qo`shimcha mahsulot normasi va massasi. Qo`shimcha mahsulotning zarurligi va ahamiyati. Ishlab chiqarish funksiyasi .Umumiy, o`rtacha va so`nggi qo`shilgan mahsulot, ularni hisoblash tartibi. So`nggi qo`shilgan omil unumdorligi. Unumdorlikning pasayib borishi qonuni.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari tushunchasi. To`la bandlik. Ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasi. Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig`i. Muqobil xarajatlar. FTT va ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasining kengayishi. Ishlab chiqarishni optimallashtirish.
Ishlab chiqarish samaradorligi. Vaqtni tejash qonuni. Mehnat unumdorligi va unga ta`sir qiluvchi omillar. Samaradorlikni belgilovchi ko`rsatkichlar tizimi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish omillari. FTTning evolyutsion va revolyutsion shakllari.
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari
Ijtimoiy-iqtisodiyot taraqqiyot bosqichlarini bilishga turli xil yondashuvlar: tarixiy-formatsion, madaniylashish (tsivilizatsiya) darajasi, texnika va texnologik darajasi, iqtisodiy tizimlar o`zgarishi jihatidan yondashuv. Jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlari. Ishlab chiqarish munosabatlari. Ishlab chiqarish usuli. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya. Sivilizatsiyaning tarixiy rivojlanish tiplari. Sivilizatsiyalarning almashuvi nazariyasi. Ishlab chiqarishning texnologik usuli. Oddiy kooperatsiya, manufaktura va yirik mashinalashgan ishlab chiqarish. Industrlashishgacha bo`lgan jamiyat, industrlashgan jamiyat, yuqori industrlashgan (axborotlashgan) jamiyat.
Iqtisodiy tizim tushunchasi. Iqtisodiy tizim modellari: an`anaviy iqtisodiyot, ma`muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti, bozor iqtisodiyoti. Bozor iqtisodiyotining bosqichlari: erkin raqobatga asoslangan va hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti.
Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni: egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish. Mulk obyekti va subyekti. Mulkchilikning iqtisodiy va huquqiy jihatlari.
Mulk shakllarining tasniflanishi. Davlat mulki, jamoa mulki, shaxsiy mulk, xususiy mulk va aralash mulk.
Iqtisodiyotni isloh qilishda mulkchilikning o`rni. Mulkchilik shakllarini o`zgartirish usullari: milliylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish. Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari. O`zbekiston Respublikasida mulkchilikni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari.
Dostları ilə paylaş: |