Toshkent davlat iqtisodiyot


Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal



Yüklə 82,48 Kb.
səhifə7/17
tarix14.12.2023
ölçüsü82,48 Kb.
#180461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi-fayllar.org

Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosidir
Ijtimoiy xo`jalik shakllari. Natural va tovar ishlab chiqarishning belgilari va farqlari. Tovar ishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanishi sabablari.

Tovar va uning xususiyatlari. Tovarning nafliligi va ayirboshlanish qobiliyati (qiymati). Tovar qiymatining miqdori. Individual va ijtimoiy zaruriy naflilik. Individual va ijtimoiy-zaruriy mehnat sarflari. Ijtimoiy-zaruriy ish vaqti. Mehnatning ikki yoqlama tavsifi: aniq mehnat va abstrakt mehnat. Mehnat unumdorligi va intensivligining tovar qiymati miqdoriga ta`siri.


Qiymatning mehnat nazariyasi. Qiymat qonuni. Tovar qiymati va narxining o`zaro farqlanishi shart-sharoitlari. Keyingi qo`shilgan miqdor nafliligi nazariyasi. Umumiy va aniq naflilik. Naflilikning pasayib borishi. Qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo`shilgan miqdor nafliligi nazariyasining o`zaro aloqasi hamda bir-birini to`ldirishi. Qiymat paradoksi.
Pulning kelib chiqishi va mazmuni. Pulning ratsionalistik va evolyutsion kontseptsiyalari. Qiymat shakllari. Pul to`g`risidagi metallistik, nominalistik va miqdoriy nazariyalar. Pulning asosiy vazifalari: qiymat o`lchovi, muomala vositasi, jamg`arish vositasi, to`lov vositasi. Narxlar o`lchovi (masshtabi). Hozirgi zamon pulining tabiati va mazmuni. Oltin va qog`oz pullarning o`zaro bog`liqligi. Naqd va kredit pullarning xususiyatlari.
O`zbekistonda milliy valyuta – so`mning muomalaga kiritilishi bosqichlari va ularning ahamiyati. Milliy valyuta barqarorligini oshirish vazifalarini hal etish borasidagi dasturlar.


Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi. Bozor iqtisodiyotiga o`tish davri va uning O`zbekistondagi xususiyatlari
Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning rivojlanishi. Bozor iqtisodiyotining sub`ektlari: uy xo`jaliklari, tadbirkorlik sektori, davlat sektori va bank. Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari. Bozor tizimining o`z-o`zini tartibga soluvchi mexanizmi. Klassik va hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti, ularning umumiy tomonlari va farqlari. Zamonaviy bozor xo`jaligi modellari.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida doimiy muammolarni hal qilish va resurslardan samarali foydalanish yo`llari.


Bozor iqtisodiyotining afzalliklari. Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Iqtisodiy faoliyat va tanlov erkinligi. Iqtisodiy subyektlar harakatining ta`minlanishi. Bozor iqtisodiyotining boshqa ijobiy jihatlari. Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlari va salbiy jihatlari.
“Bozor” va “bozor iqtisodiyoti” tushunchalarining o`zaro farqlanishi. Bozorning mazmuni va asosiy belgilari. Bozor mexanizmi. Bozorning obyektlari va subyektlari. Bozorning vazifalari. Bozorning turkumlanishi. Resurslar, mahsulotlar va daromadlarning doiraviy aylanish diagrammasi.
Bozor infratuzilmasi. Bozor infratuzilmasi muassasalarini guruhlash yo`nalishlari. Bozor infratuzilmasi tarkibi.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o`tish – barcha mamlakatlarga xos umumiy jarayon. Bozor iqtisodiyotiga o`tish yo`llari. Bozor iqtisodiyotiga o`tishning revolyutsion va evolyutsion shakllari. Ma`muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o`tishning xususiyatlari. O`tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo`nalishlari.
O`tish davri iqtisodiyotining asosiy belgilari. Bozor iqtisodiyotiga o`tishning milliy modellari. Bozor iqtisodiyotiga o`tishning o`zbek modeli, uning tamoyillari va xususiyatlari. O`zbek modelida hozirgi davrdagi jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining salbiy ta`sirlaridan himoya vositasining mujassamlashganligi. O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tishning bosqichlari.
Iqtisodiy islohotlarning mazmuni. O`zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish konseptsiyasi va strategiyasi. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo`nalishlari. Iqtisodiy islohotlarning bosqichlari va ularning vazifalari. O`zbekistonda islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirishning asosiy yo`nalishlari.
O`zbekistonda milliy taraqqiyot bosqichlari. Dastlabki bosqichning mazmuni va vazifalari. Ularni amalga oshirish orqali erishilgan natijalar. Ikkinchi bosqich – faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davrining vazifalari.
Modernizatsiyalash jarayonining mazmuni va ahamiyati. Modernizatsiyalash jarayonining tamoyillari, asosiy belgi va tarkibiy qismlari. O`zbekistonda modernizatsiyalash jarayonlarining asosiy yo`nalishlari.



Yüklə 82,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin