Fanning maqsadi va vazifalari
Fanni o`qitishdan maqsad doktorantga iqtisodiy bilimlarning nazariy asoslarini, iqtisodiyotning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, iqtisodiy qonunlar va tamoyillarini o`rgatish hamda ularni amalda tatbiq etish ko`nikmasini hosil qilish.
Fanning vazifalari doktorantni nazariy bilimlar, iqtisodiy mushohada qilish usullari bilan qurollantirish; iqtisodiy hodisa va jarayonlar mazmunini mantiqiy mushohada qilish uchun zarur bo`lgan uslubiy yondashuvlarni egallashiga ko`maklashish; ular ongiga milliy istiqlol g`oyasini va milliy mafkuraning asosiy qoidalarini singdirish; iqtisodiyotni modernizatsiyalash, erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish asosida hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirishning dolzarb muammolarini ochib berish; iqtisodiyot va iqtisodiy munosabatlar to`g`risida amaliy ko`nikmalarni hosil qilish.
Fan boyicha talabalarning bilim, konikma va malakalariga qoyiladigan talablar
«Iqtisodiyot nazariyasi» o`quv fanini o`zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida izlanuvchi:
- iqtisodiyot nazariyasi asoslarini; milliy iqtisodiyotning amal qilishi va rivojlanishi qonuniyatlarini; makroiqtisodiy darajadagi vaziyatlarni; iqtisodiy jarayonlarning amal qilish xususiyatlarini bilishi;
- iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tahlil qilish usullarini qo`llash; iqtisodiy qonunlarni, ilmiy tushunchalarni (kategoriyalarni), iqtisodiy muammolar bo`yicha yechimlar qabul qilish ko`nikmalariga ega bo`lishi;
- iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va xulosa chiqarish; iqtisodiy muammolarini hal etish uchun zarur bo`lgan ma`lumotlar to`plash va ulardan foydalanish malakalariga ega bo`lishi kerak.
iqtisodiy talimotlar tarixi tushunchasi va asoslari, iqtisodiy talimotlar manbalari, tamoyillarni va omillari, iqtisodiy goyalar va ijtimoiy konsepsiyalari haqida tasavvurga ega bolishi;
iqtisodiy taraqqiyotga olib kelgan goyalar va iqtisodiy siyosatning mazmunini; iqtisodiy rivojlanishning yuksalish va sustlashuv sabablarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
iqtisodiy talimotlarni oddiydan murakkabga tomon rivojlanish jarayonlarni tahlil qilish usullarini qollash, iqtisodiy muammolar boyicha echimlar qabul qilish konikmalariga ega bolishi kerak.
chiziqli va kvadratik funksiyalar;
regressiya parametrlarini EKK usulida hisoblash;
Gauss-Markov teoremasi va EKK usuli yordamida hisoblangan parametrlar taqsimoti;
tasodifiy xatolik dispersiyasini hisoblash;
kop omilli regressiya modeli va dinamik qatorlar regressiyasini hisoblash konikmalariga ega bolishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |