“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar” to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonuni.
Patent huquqining rivojlanish tarixi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida intellektual mulkni O’zbekistonda muhofazalash.
Muxofaza hujjatlarining turlari. Muxofaza muddatlari.
Intellektual mulk ob’ektlarini muxofazalash sohasida xalqaro kooperastiya
Mualliflik huquqining amal qilish sohasi.
“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar” to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonuni
Mualliflarning va ularning huquqiy vorislarining fuqaroligidan qat’iy nazar, O’zbekiston Respublikasi hududida e’lon qilingan yoki biron-bnr ob’ektiv shaklda bo’lgan asarlarga tatbiq qilinadn;
O’zbekiston Respublikasi sarhadlaridan tashqarida e’lon qilingan yoki biron-bir ob’ektiv shaklda bo’lgan asarlarga tatbiq qilinadi hamda O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan mualliflarga (ularnnng huquqiy vorislariga) tegishli deb tan olinadi.
O’zbekiston Respublikasi sarhadlaridan tashqarida e’lon qilingap yoki biron-bir ob’ektiv shaklda bo’lgan asarlarga tatbiq qilinadi hamda O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarnga muvofiq boshqa davlatlarping fuqarosi bo’lgan mualliflarga (ularning huquqiy vorislariga) tegishli deb tan olinadi.
Basharti, asar O’zbekiston Respublikasi sarhadlaridan tashqarida birinchi marta e’lon qilipgan sanadan so’ng o’ttiz kun ichida O’zbekiston Respublikasi
hududida e’lon qilingan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasida e’lon qilingan deb hisoblanadi.
Asar O’zbekiston Respublikasi hududida O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq qo’riqlapishi lozim bo’lsa, uning muallifi hududida mualliflik huquqnni olish uchun asos bo’lib xizmat qilgan yuridik fakt sodir bo’lgan davlatning qonuni bilan aniqlanadi.
Mualliflik huquki va turdosh huquqlar to’g’risida O’zbekiston Respublikasining
1996 yil 30 avgust Q 0 N U N I
(O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, 135-modda)
Umumiy qoidalar 1-modda. Asosiy tushunchalar.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:
«Muallif» — ijodiy mehnati bilan asar yaratgan jismoniy shaxs;
«Yozuv» — ovozlar va (yoki) tasvirlarning ularni texnikaviy vositalar yordamida qayta-qayta idrok etish, takrorlash yoki uzatish imkonini beradigan biror-bir moddiy shakldagi mujassami;
«Ijrochi» — aktyor, qo’shiqchi, musiqachi, raqqos yoki rol o’ynaydigan, o’qiydigan, ifodali o’qiydigan, musiqa asbobini chaladigan yohud adabiyot yoki san’at asarnni (shu jumladan estrada, stirk yoki qo’g’irchoqli nomerni) boshqa bir tarzda ijro etadigan shaxs, shuningdek spektaklning sahnalashtiruvchi rejissyori va dirijyor;
«e’lon qilish (oshkor qilish, chop etish)»—ommaning oqilona talab- ehtiyojlarini qondirish uchun hamda asarning, fonogrammaning xususiyatidan kelib chikqani holda asar, fonogramma nusxalarini muomalaga etarli miqdorda chiqarish;
«Manzarali amaliy san’ag asarlari»—amalda foydalaniladigan buyumlarga ko’chirilgan ikki o’lchovli yoki uch o’lchovli san’at asari, shu jumladan, badiiy hunarmandchilik asari yoki sanoat yo’li bilan tayyorlanadigan asar;
«Fonogramma» — biron-bir ijro yoki boshqa ovozlarning har qanday mutlaqo ovozli yozuvi;
«Asar nusxasi» — asarning har qanday moddiy shaklda tayyorlangan ko’chirmasi;
«Fonogramma nusxasi» — fonogrammadan bevosita yoki bilvosita tayyorlangan va shu fonogrammaga jo bo’lgan ovozlarning hammasinn yoki bir qismini qamrab olgan har qanday moddiy jismdagi fonogramma ko’chirmasi.
2-modda. O’zbekiston Respublikasining mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risidagi qonun hujjatlari.
O’zbekiston Respublikasining mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risidagi qonun hujjatlari fan, adabiyot va san’at asarlarini (mualliflik huquqi), sahna asarlarini, ijrolarni, fonogrammalarni, efir va kabel orqali ko’rsatuv hamda eshittirishlar beruvchi tashkilotlarning ko’rsatuv va
eshittirishlarini yaratish hamda ulardan foydalanish natijasida kelib chiqadigan intellektual mulk sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
3-m o d d a. Xalqaro shartnomalar keltirilgan.
Basharti, O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llanadi.
Mualliflik huquqi.
4-modda. Mualliflik huquqining amal qilish sohasi.
Mualliflarning va ularning huquqiy vorislarining fuqaroligidan qat’i nazar, O’zbekiston Respublikasi hududida e’lon qilingan yoki biror-bir ob’ektiv shaklda bo’lgan asarlarga tatbiq qilinadi;
O’zbekiston Respublikasi sarhadlaridan tashqarida e’lon qilingan yoki biror-bir ob’ektiv shaklda bo’lgan asarlarga tadbiq qilinadi hamda O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan mualliflarga (ularning huquqiy vorislariga) tegishli deb tan olinadi. O’zbekiston Respublikasi sarhadlaridan tashqarida e’lon qilingan yoki biror-bir ob’ektiv shaklda bo’lgan asarlarga tadbiq qilinadi hamda O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa davlatlarping fuqarosi bo’lgan mualliflarga (ularning huquqiy vorislariga) tegishli deb tan olinadi.
Basharti, asar O’zbekiston Respublikasi sarhadlaridan tashqarida birinchi marta e’lon qilingan sanadan so’ng o’ttiz kun ichida O’zbekiston Respublikasi hududida e’lon qilingan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasida e’lon qilingan deb hisoblanadi.
Asar O’zbekiston Respublikasi hududida O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq qo’riqlanishi lozim bo’lsa, uning muallifi hududida mualliflik huquqini olish uchun asos bo’lib xizmat qilgan yuridik fakt sodir bo’lgan davlatning qonuni bilan aniqlanadi.
5 - m o d d a . Mualliflik huquqi bilan qo’riqlanadigan asarlar (mualliflik huquqi ob’ektlari).
Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo’lmish fan, adabiyot va san’at asarlariga nisbatan ularning maqsadi va qadr-qimmati, shuningdek ifodalanish usulidan qat’i nazar, tatbiq qilinadi.
Asar og’zaki, yozma shaklda yoki uni idrok etish imkonini beradigan boshqa ob’ektiv shaklda ifodalangan bo’lishi lozim.
Yozma shakldagi yoki moddiy jismda o’zgacha usulda ifodalangan asar (qo’lyozma, mashinka yozuvi, notali yozuvlar, texnika vositalari yordamidagi yozuv, shu jumladan, audio yoki vedeoyozuv, ikki o’lchovli yoki hajmiy-fazoviy shaklda yaratilgan tasvir va hokazo), undan uchinchi shaxslarning foydalanish imkoniyati bor yo’qligidan qat’i nazar, ob’ektiv shaklga ega deb hisoblanadi.
Og’zaki yoki moddiy jismda ifodalanmagan boshqa asar, basharti, u uchinchi shaxslar idrok eta oladigan holga kelgan bo’lsa (omma oldida so’zlash, ommaviy ijrochilik va hokazo), ob’ektiv shaklga ega deb hisoblanadi.
Mualliflik huquqi e’lon qilingan asarlarga nisbatan ham, e’lon qilinmagan asarlarga nisbatan ham tadbiq qilinadi.
Mualliflik hukuqi g’oyalar, konstepstiyalar, prinstiplar, tizimlar, taklif qilinayotgan echimlar, ob’ektiv mavjud kashfiyotlarga nisbatan tadbiq qilinmaydi.
Mualliflik huquqining yuzaga kelishi uchun asarni ro’yxatdan o’tkazish yoki boshqa biron-bir rasmiyatchilikka rioya etish talab qilinmaydi.
m o d d a. Mualliflik turlari.
Mualliflik huquki ob’ektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, o’quv, publististik va boshqa asarlar); dramatik va sstenariy asarlar;
matnli va matnsiz musiqa asarlari; musiqali-dramatik asarlar;
xoreografiya asarlari va pantomimalar;
audiovizual asarlar (kino, tele va videofilmlar, slayd filmlar, diafilmlar va boshqa xil kino, tele hamda video asarlar), radioasarlar;
rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn asarlari va boshqa tasviriy san’at asarlari;
manzarali-amaliy va sahna bezagi san’ati asarlari;
arxitektura, shaharsozlik va bog’-park barpo etish san’ati asarlari; fotografiya asarlari va fotografiyaga o’xshash usullarda yaratilgan
asarlar;
jo’g’rofiya, geologiya xaritalari va boshqa xaritalar, jo’g’rofiya, topografiya va boshqa fanlarga taalluqli tarhlar, eskizlar va asarlar;
barcha turdagi elektron-hisoblash mashinalari (EHM) uchun dasturlar, shu jumladan amaliy dasturlar va operastiya tizimlari;
Ushbu Qonunning 5-moddasida belgilab qo’yilgan talablarga javob beruvchi boshqa asarlar.
modda. Asarning qismlari va hosila asarlar
Ushbu Qonunning 5-moddasida belgilab qo’yilgan talablarni qanoatlantiruvchi asarlarning qismlari, ularning nomi va hosila asarlar mualliflik huquqi ob’ektlaridir.
Hosila asarlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
boshqa asarlarni qayta ishlash natijasida yaratilgan asarlar (ishlanma asarlar, annotastiyalar, referatlar, muxtasar xulosalar, sharhlar, insstenirovkalar, aranjirovkalar hamda fan, adabiyot va san’at sohasidagi shunga o’xshash boshqa asarlar); tarjimalar; materiallarning tanlanganligi yoki joylashtirilganligiga ko’ra ijodiy mehnat natijasi bo’lgan to’plamlar (enstiklopediyalar, antologiyalar, ma’lumot bazalari) va boshqa jamlanma asarlar.
Hosila asarlarning yaratilishi uchun asos bo’lgan yoki ular o’z ichiga olgan asarlar mualliflik huquqi ob’ektlari bo’lishi yoki bo’lmasligidan qat’i nazar, hosila asarlar mualliflik huquqi bilan himoya qilinadi:
modda. Mualliflik huquqi ob’ektlari hisoblanmaydigan asarlar va ularga o’xshash faoliyat natijalari.
Quyidagilar mualliflik huquqi ob’ektlari hisoblanmaydi:
rasmiy hujjatlar (qonunlar, qarorlar, to’xtamlar va shu kabilar), shuningdek ularning rasmiy tarjimalari;
rasmiy-ramzlar va belgilar (bayroqlar, gerblar, ordenlar, pul belgilarn va shu kabilar);
xalq ijodiyoti asarlari;
oddiy matbuot axboroti tusidagi kundalik yangiliklarga doir va joriy voqealar haqidagi xabarlar;
insonning bevosita individual asar yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati ishtirokisiz, muayyan turdagi ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan texnika vositalari yordamida olingan natijalar.
9 - m o d d a . Rasmiy hujjatlar, ramzlar va belgilarning loyihalariga bo’lgan huquqlar.
Rasmiy hujjat, ramz yoki belgining loyihasiga bo’lgan mualliflik huquqi loyihani yaratgan (ishlab chiqqan) shaxsga tegishlidir.
Rasmiy hujjatlar, ramzlar va belgilarning loyihalarini ishlab chiqqan shaxslar, basharti, bunday loyihani ishlab chiqish to’g’risida topshiriq bergan organ tomonidan taqiqlanmagai bo’lsa, o’zlari yaratgan loyihalarnn e’lon qilishga haqlidirlar. Loyihani e’lon qilishda uni ishlab chiqqan shaxslar o’z ism- shariflarnnp ko’rsatishga haqlidirlar.
Vakolatli organ rasmiy hujjat tayyorlash uchun loyihadan, basharti, loyiha uni ishlab chiqqan shaxs tomonidan e’lon qilingan yoki tegishli organga yuborilgan bo’lsa, mazkur shaxsning roziligisiz foydalanishi mumkin.
Loyiha asosida rasmiy hujjatlar, ramzlar va belgilar tayyorlash chog’ida rasmiy hujjat, ramz yoki belgi tayyorlayotgan organning xohishiga ko’ra loyihaga qo’shimchalar va o’zgartishlar kiritilishi mumkin.
Vakolatli organ loyihani ma’qullaganidan keyin loyihadan uni ishlab chiqqan shaxsning ismi-sharifini ko’rsatmagan holda foydalanish mumkin.
modda. Asar muallifi. Mualliflik prezumpstiyasi.
Asar kimning ijodiy mehnati bilan yaratilgan bo’lsa, ana shu fuqaro asar muallifi deb e’tirof etiladi.
Asar birinchi marta e’lon qilinganda muallif sifatida ko’rsatilgan shaxs, basharti, o’zga hol isbotlanmagan bo’lsa, asar muallifi hisoblanadi.
Asar imzosiz yoki taxallus ostida e’lon qilingan taqdirda (muallifning taxallusi uning kim ekanligiga shubha qoldirmaydigan hollar bundan mustasno), asarda ismi-sharifi yoki nomi ko’rsatilgan noshir basharti, boshqa dalillar bo’lmasa, muallifning vakili hisoblanadi hamda muallifning huquqlarini himoya qilish va ularning amalga oshirilishi ta’minlash huquqiga ega bo’ladi. Bu qoida bunday asar muallifi o’z shaxsini oshkor etgunicha va o’zining muallif ekanligini ma’lum qilgunicha amalda bo’ladi.
modda. Hammualliflik.
Ikki yoki undan ortiq fuqaroning birgalikdagi ijodiy mehnati natijasida yaratilgan asarga bo’lgan 100 foizlik mualliflik huquqi, mazkur asar bo’linmas bir butun yoki har biri ham mustaqil mazmunga ega qismlardan iborat ekanligidan qat’i nazar, hammualliflarga birgalikda tegishli bo’ladi.
Basharti, asarning muayyan qismidai uning boshqa qismlariga bog’liq bo’lmagan holda foydalanish mumkin bo’lsa, bu mustaqil mazmunga ega bo’lgan qism deb e’tirof etiladi.
Hammualliflarning har biri, basharti, ularning o’rtasidagi bitimda o’zgacha hol nazarda tutilgan bo’lmasa, asarning o’zi yaratgan mustaqil mazmunga ega bo’lgan qismidan o’z xohishiga ko’ra foydalanishga haqlidir.
Hammualliflar o’rtasidagi munosabatlar, qoida tariqasida, bitim asosida belgilanadi. Bunday bitim bo’lmagan taqdirda, asarga bo’lgan mualliflik huquqi barcha mualliflar tomonidan birgalikda amalga oshiriladi, mualliflik haqi esa ular o’rtasida teng taqsimlanadi.
Basharti, hammualliflarning asari bo’linmas bir butunni tashkil etsa, asardan foydalannshni etarli asoslar bo’lmay turib taqiqlab qo’yishga hammualliflardan hech biri haqli emas.
modda. Film mualliflari.
Quyidagilar kinofilm, telefilm va video-filmning to’liq mualliflari (hammualliflari)dir:
sahnalashtiruvchi rejisssr; sstenariy muallifi;
muayyan audiovizual asar uchun maxsus yaratilgan matnli yoki matnsiz musiqa asarining muallifi;
sahnalashtiruvchi operator.
Bunday asarning hammualliflari jumlasiga aytib o’tilgan mualliflar bilan kelishuvga binoan filmda foydalanilgan boshqa asarlarning mualliflarn kiritilishi mumkin.
Muqaddam mavjud bo’lib, shuningdek film ustida ish olib borishi jarayonida yaratilib, filmda foydalanilgan asarlar mualliflarining har biri umuman filmga bo’lgan mualliflikdan qat’i nazar, mustaqil mazmunga ega bo’lgan o’z asariga mualliflikni saqlab qoladi.
- modda. Hosila asarlarning mualliflari.
Boshqa asarlarni qayta ishlagan shaxslar, tarjimonlar, to’plamlar va boshqa jamlama asarlarning tuzuvchilari hosila asarlarnnng mualliflari deb e’tirof etiladi.
Hosila asarning muallifi qayta ishlangan, tarjima qilingan yoki jamlama asarga kiritilgai asar muallifining huquqlariga rioya etgan taqdirdagina hosila asarga bo’lgan mualliflik xuquqidan foydalanadi.
Hosila asarlar yaratuvchilarining mualliflik huquqi boshqa shaxslarning muqaddam foydalanilgan asarlar asosida o’z xosila asarlarini yaratishlariga to’sqinlik qilmaydi.
modda. Intervyu mualliflari.
Intervyu yozuviga bo’lgan mualliflik huquqi hammualliflar tariqasida intervyu bergan shaxs bilan intervyu o’tkazgan va uni yozib olgan shaxsga, basharti, ular o’rtasidagi kelishuvda o’zgacha hol nazarda tutilgan bo’lmasa, tegishlidir.
Intervyu yozuvini e’lon qilish, ko’rsatish va eshittirishga intervyu bergan shaxsning roziligi bilangina yo’l qo’yiladi.
modda. Asarlar yaratilishini tashkil etuvchi shaxslarning huquqlari.
Asarlar yaratilishini tashkil etuvchi shaxslar (enstiklopediyalarning noshirlari; filmlarning tayyorlovchilari, prodyuserlar va shu kabilar) tegishli asarlarning mualliflari deb e’tirof etilmaydi. Biroq ushbu Qonun yoki boshqa
qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, bunday shaxslar ana shunday asarlardan foydalanishda alohida huquqlarga ega bo’ladilar.
Enstiklopediyalardan, enstiklopedik lug’atlardan, ilmiy ishlarning davriy va davomli to’plamlaridan, gazetalar, jurnallar va. boshqa davriy nashrlardan foydalanishning alohida huquqlari ularning noshirlariga tegishlidir. Bunday nashrdan har qanday tarzda foydalanilganda ham noshir o’z nomini ko’rsatishga yoki nomi ko’rsatilishini talab qilishga haqlidir.
Bunday nashrlarga kiritilgan asarlarning mualliflari, basharti, asar yaratishga doir shartnomada o’zgacha hol nazarda tutilgan bo’lmasa, to’liq nashrdan qat’i nazar, o’z asarlaridan foydalanishga bo’lgan alohida huquqlarnni saqlab qoladilar.
Audiovizual asar, shu jumladan, film yaratish xususida shartnoma tuzish, basharti, bunday shartnomada o’zgacha hol nazarda tutilgan bo’lmasa, mazkur asar mualliflarining asarini takrorlashga, uni tarqatishga, omma oldida ijro etishga, barchaning e’tiboriga etkazish uchun kabel orqali berishga, efirga uzatish yoki asardan boshqa har qanday tarzda ommaviy foydalanishga, film matnini subtitrlash va dublyaj qilishga bo’lgan alohida huquqlarining asarni tayyorlovchiga o’tishiga olib kelmaydi. Mazkur huquqlar audiovizual asarga bo’lgan mualliflik huquqining amal qilish muddati davomida amal qiladi.
Film tayyorlovchisi bu asardai har qanday tarzda foydalanilganida ham o’z ismi-sharifi yoki nomini ko’rsatishga yoxud ismi-sharifi yoki nomi ko’rsatilishini talab qilishga haqlidir.
Film omma oldida namoyish etilganida musiqa asarining muallifi o’zining musiqa asari (matnli yoki matnsiz) omma oldida ijro etilganligi uchun olish huquqini saqlab qoladi.
Film muallifi va filmga bo’lgan mulkni huquqini boshqa egalari roziligisiz filmning oxirgi variantini (yozuvning asl nusxasini) yo’k qilib yubornsh taqiqlanadi.
modda. Mualliflik huquqining himoya belgilari.
Alohida mualliflik huquqiniig egasi o’z huquqlaridan xabardor etish uchun asarning har bir nusxasida aks ettiriladigan va quyidagi uch unsurdan iborat mualliflik huquqining himoya belgisidan foydalanishi mumkin:
aylana ichiga olingan lotincha «S» harfi;
alohida mualliflik huquqlari egasining ism-sharifi (nomi); asar birinchi marta e’lon qilingan yil.
Mualliflik huquqining himoya belgisida ko’rsatilgan shaxs, Basharti, o’zga hol isbotlanmagan bo’lsa, huquq egasi hisoblanadi.
modda. Muallifning shaxsiy nomulkny huquqlari.
Asar muallifiga quyidagi shaxsiy nomulkiy huquqlar tegishlidir: mualliflik huquqi;
mualliflik nomiga bo’lgan huquq; asarning daxlsizligiga bo’lgan hukuq.
Muallif shaxsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshirishdan voz kechish to’g’risida biron-bir shaxs bilan tuzgan bitim va muallifning bu hakdagi arizasi ahamiyatsizdir.
15- m o d d a. Mualliflik xuquqi.
Muallif (hammualliflar)ning o’zi yaratgan asarga bo’lgan mualliflik hukuqi boshqa shaxslarning aynan shu asarga mualliflik xuquqi e’tirof qilishini istisno etadi.
19-modda. Mualliflik nomiga bo’lgan.
Muallif asardai o’z ism-sharifi, taxallusi ko’rsatgan holda yoki imzosiz foydalanish yoki shu tarzda farqlanishga ruxsat berish borasidagi alohida huquqga (mualliflik nomiga bo’lgan huquqga) egadir.
20-m o d d a. Asarning daxlsizligiga bo’lgan huquq.
Muallif o’z asariga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish hamda asarga o’zining roziligisiz biror-bir shaxs tomonidan o’zgartishlar yoki qo’shimchalar kiritilishidan asarini himoya qilish borasida alohida huquqqa (asarning daxlsizligiga bo’lgan hukuqqa) egadir.
Asarni nashr qilish, omma oldida ijro etish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish chog’ida asarning o’ziga ham, uning nomiga ham, muallifning nomi ko’rsatilishiga ham biror-bir o’zgartish kiritishga faqat muallifning roziligi bilangina yo’l ko’yiladi.
Muallifning roziligisiz uning asarini bezaklar bilan, so’zboshi, xotima, sharh yoki biror-bir tushuntirishlar bilap nashr etish taqiqlanadi.
Muallifning vafotidan keyin asarning dahlsizligini himoya qilish vasiyatnomada ko’rsatilgan shaxs tomonidan, bunday ko’rsatma bo’lmagan taqdirda esa muallifning merosxo’rlari, shuningdek Qonunga muvofiq zimmasiga mualliflik huquqlarini himoya qilish vazifasi yuklatilgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
modda. Asarni e’lon qilish huquqi.
Muallif nomuayyan doiradagi shaxslarning asardan foydalanishiga imkon yaratib berish huquqi (asarni e’lon qilish huquqiga) egadir.
Asarni nashr qilish, omma oldida ijro etish, ommaga namoyish etish yo’li bilan yoki boshqa tarzda ommaviylashtirish orqali muallif tomonidan yoki uning roziligi bilan nomuayyan doiradagi shaxslarning asardan foydalanishi uchun birinchi bor imkon yaratib berilsa, asar e’lon qilingan hisoblanadi.
Muallif asarni e’lon qilish to’g’risida ilgari qabul qilgan qaroridan asardan foydalanish huquqini olgan shaxslarga ular shunday qaror tufayli ko’rgan zararining o’rnini, shu jumladan, boy berilgan foydani qoplash sharti bilap voz kechish huquqiga (asarni chaqirib olish huquqiga) egadir. Basharti, asar e’lon qilingan bo’lsa, muallif o’z asarini chaqirib olganligini ommaga ma’lum qilishi shart. Bunda muallif asarning avval tayyorlab qo’yilgan nusxalarini o’z hisobidan muomaladan olib qo’yishga haqlidir.
Bu qoidalar, basharti, muallif bilan tuzilgan shartnomada o’zgacha hol nazarda tutilgan bo’lmasa, xizmat asarlariga nisbatan ham tadbiq etiladi.
modda. Muallifning asardan foydalanish huquqi.
Muallif asardan har qanday shaklda va har qanday usulda foydalanish borasida alohida huquqlarga egadir.
Asarni takrorlash va ularni tarqatish, boshqa yo’llar bilan realizastiya qilish, xususan:
asarni omma oldida namoyish etish (ko’rgazmaga qo’yish, eksponat sifatida ko’rsatish);
asarning moddiy jismini tashkil etuvchi nusxasini ijaraga berish; asarni omma, oldida ijro etish;
asarni efirga uzatish (radio yoki televidenie orqali translyastiya qilish), shu jumladan, kabel yoki aloqa yo’ldoshi orqali berish;
asarni texnika. yordamida yozib olzish; asarning texnikaviy yozuvini almashtirish yoki ko’rsatish, shu jumladan radio, yoki televidenie orqali;
asardan keyinchalik foydalanish maqsadida uni tarjima qilish yoki qayta ishlash;
shaharsozlik, arxitektura, dizayn loiihasini amaliy ro’yobga chiqarish asardan foydalanish hisoblanadi.
Asarga uning ob’ektiv shakllanishi, aqalli asl nusxasida qanday bo’lsa, shu holdagi shaklini qayta berish (asarni nashr etish, audio yoki videoyozuvlardan nusxa ko’paytirish va shu kabilar) asarni takrorlash hisoblanadi.
Asar nusxalarini sotish, almashtirish, ijaraga berish yoki ular ishtirokida boshqa amallarni bajarish, shu jumladan ularni import qilish asarni tarqatish hisoblanadi.
Basharti, asarning nusxalari qonunan boshqa shaxsga berilgan bo’lsa, ularni keyinchalik muallifning roziligisiz va haq to’lamagan holda tarqatishga yo’l qo’yiladi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Asardan daromad (foyda) olish maqsadida foydalanilganligi yoki undan foydalanish bunday- maqsadga qaratilmaganligidan qat’i nazar asardan foydalanilgan deb hisoblanadi.
Asarning mazmunini, tashkil etuvchi qoidalarni (kashfiyotlarni, boshqa texnikaviy, iqtisodiy, tashkiliy va shu kabi echimlarni) amaliy qo’llash asardan mualliflik huquqi ma’nosida foydalanilganlikni anglatmaydi.
modda. Asarlarni saqlash uchun topshirish.
Basharti, asar saqlash uchun, har kim foydalanishga mumkin bo’lgan saqlov joyiga (delopozitariyga) topshirilgan bo’lsa va depozitariy bilan tuzilgan shartnomaga ko’ra mazkur depozitariyga murojaat etadigan har qanday shaxsning asar nusxasini olishiga yo’l bersa, asardan bu tarzda foydalanish asarlarning qo’lyozmalarini, moddiy jismdagi boshqa asarlarni, shu jumladan, mashina yordamida tayyorlangan asarlarni saqlash uchun topshirish deb e’tirof etiladi.
Asarni saqlash uchun topshirish asardan foydalanish huquqiga ega bo’lgan shaxsning (huquq egasining) depozitariy bilan tuzilgan, asardan foydalanish shartlarini belgilab beruvchi shartnomasn asosida amalga oshiriladi. Bunday shartnoma va depozitariyning foydalanuvchi bilan tuzgan shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanadi.
modda. Asardan foydalanish huquqini tasarruf etish.
Muallif yoki huquqqa ega bo’lgan boshqa shaxs shartnomaga, shu jumladan, ochiq savdoda tuzilgan shartnomaga binoan asardan foydalanish borasidagi barcha huquqlarni o’zga shaxsga berishi (foydalanish huquqini boshqa shaxsga o’tkazish) mumkin.
Asardan foydalanish huquqi bir shaxsdan boshqa shaxsga universal huquqiy vorislik tartibida o’tadi.
Huquq egasi boshqa shaxsga asardan muayyan doirada foydalanish uchun ruxsatnoma (litsenziya) berishi mumkin. Bunday ruxsatnoma asardan uning dastlabki shaklida foydalanish uchun ham qayta ishlangan shaklida, xususan, tarjima, aranjirovka tarzida va shu kabi usullarda foydalanish uchun ham talab qilinadi.
Asardan foydalanishning har yil usuli uchun huquq egasining maxsus ruxsatnomasi talab qilinadi.
modda. Tasviriy san’at asarlaridan foydalanish huquqi.
Tasviriy san’at asarining muallifi asar mulkdorida o’zining asarini takrorlash huquqini (foydalanish huquqini) amalga oshirish kimoshdi berishni talab qilishga haqlidir. Bunda asar mulkdoridan asarni muallifga etkazib berishni talab qilish mumkin emas.
modda. Mualliflik huquqlarining cheklanishi.
Muallif va boshqa shaxslarning asardan foydalanish borasidagi alohida huquqlarinn cheklashga ushbu Qonunning 17-21- moddalarida yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan xollardagina yo’l qo’yiladi.
Mazkur cheklashlar asardan normal foydalanilishiga o’rinsiz ziyon etkazmagan va muallifning qonuniy manfaatlarini asossiz kamsitmagan taqdirdagina tatbiq etiladi.
modda. Begona asarni shaxsiy maqsadlarida takrorlash.
Chop etilgan begona asardan muallifning roziligisiz va mualliflik haqini to’lamagan holda shaxsiy maqsadlarga foydalanishga, basharti, bunda asardan normal foydalanishiga ziyon etmaydigan va muallifning qonuniy manfaatlariga putur etmaydigan bo’lsa yo’l qo’yiladi.
Ushbu modda birinchi qismining qoidalari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
binolar va shunga o’xshash inshootlar shaklidagi arxitektura asarlaridap foydalanish;
ma’lumot bazalari yoki ularning muhim qismlaridan foydalanish;
qonunda nazarda tutilgan hollarini istisno qilganda, EHM uchun yaratilgan dasturlardan foydalanish;
kitoblarni (to’liq) va notanish matnlarni reprodukstiya qilish.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilganidan istisno tarzda, qonunda audio va video yozuvlardan shaxsiy maqsadlarda foydalanilgan taqdirda, tegishli yozuvning muallifi, ijrochisi va ishlab chiqaruvchisi tegishli haq olish huquqiga ega bo’lishi belgilab qo’yilishi mumkin.
Asarni takrorlaganlik uchun haq ishlab chiqaruvchilar yoki asarni takrorlash uchun ishlatiladigan asbob-uskunalar (audio apparatlar, videomagnitofonlar va shu kabilar) hamda asar moddiy jismining (audio va (yoki) video plyonkalar, kassetalar, lazer disklar, kompakt disklar va shu kabilarning) importchilari tomonidan ajratmalar (foizlar) shaklida to’lanadi.
2 8 - m o d d a . Asardan muallifning ismi-sharifini ko’rsatgan holda erkin foydalanish.
Asardan muallifning ismi-sharifini va olingan manbani ko’rsatgan holda hamda asardan normal foydalanilishiga zarar etmaslik na muallifning qonuniy manfaatlarini kamsitmaslik sharti bilan quyidagi tarzda erkin foydalanishga yo’l ko’yiladi:
chop etilgan asarni ulardan olingan stitatalar tarzida asl nusxa xilida va tarjimada); shu jumladan gazeta va jurnallarning maqolalaridan olingan parchalar tarzida stitatadan ko’zlagan maqsadga mos hajmda ilmiy, tadqiqot, tanqid va axborot maqsadlarida takrorlash hamda tarqatish; chop etilgan asarlarni ta’lim va o’quv tusidagi nashrlarda, radioeshittirish va teleko’rsatuvlarda, audio va videoyozuvlarda misol tariqasida qo’yilgan loyiq hajmda takrorlash, texnika yordamida yozib olish va efir orqali berish;
kundalik siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va diniy masalalar yuzasidan gazeta va jurnallarda e’lon qilingan maqolalar yoki efir orqali berilgan shu tusdagi asarlarni gazetalarda takrorlash, efirga uzatish, bunday foydalanish muallif tomonidan atayin taqdirlangan hollar bundan mustasno;
Omma oldida so’zlangan siyosiy nutqlar, murojaatlar, ma’ruzalar va shunga o’xshash asarlarni qo’yilgan maqsadga mos hajmda gazetalarda takrorlash, efirga uzatish;
kundalik voqealar jarayonida ko’rish yoki eshitish mumkin bo’lgan asarlarni ana shunday voqealarning shaklida axborot maqsadiga mos hajmda takrorlash, hamma oldida namoyish etish, efirga uzatish;
foyda olishni ko’zlamagan holda ko’zi ojizlar uchun qabariq-nuqtali harflar yoki boshqa usullar bilan chop etilgan asarlarni takrorlash, foydalanishning ana shunday usullari uchun atayin yaratilgan asarlar bundan mustasno.
29-modda. Asarlardan reprodukstiya qilish yo’li bilan foydalanish.
Muallifning roziligisiz va mualliflik haqini to’lagan holda, lekin asaridan foydalanilayotgan muallifning ismi-sharifini va olingan manbaini albatta ko’rsatib, quyidagilardan foyda olishni ko’zlamay reprodukstiya qilishga yo’l qo’yiladi.
Asardan, yo’qolgak yoki yaroqsiz bo’lib qolgan nusxalarini tiklash, almashtirish uchun, shuningdek o’z bu asarlarni biron sabab bilan yo’qotish.
Patent huquqining rivojlanish tarixi
Huquqning rivojlanish tarixi bevosita davlat tarixi bilan bog’liq. Huquq iqtisodiy bazis va uning asosida jamiyatning madaniy rivojlanishi demakdir va bundan boshqa narsa bo’lishi mumkin emas deb ta’riflash mumkin.
Huquq, xususan, huquqiy tizim muayyan ijtimoiy munosabatlardan boshlanadigan ayrim me’yorlardan tashkil topadi.
Huquq me’yori ayrim shaxslar, tashkilotlar, davlat organlari va hokazolarning o’zaro munosabatlarini tartibga soluvchi qoidalardir. Faqat davlat butun mamlakat miqyosida ijtimoiy munosabatlarning huquqiy tartibini ta’minlab berishi mumkin.
Huquq tizimi o’z ichiga turli xuquq sohalarini qamrab oladi, ular o’z navbatida kichik soha va institutlarga bo’linadi. Huquqiy tartibga solish predmeti bo’yicha birlashtirilgan huquqiy me’yorlarning alohida guruhi huquq sohasidir. Huquqning har bir sohasiga uni tartibga solish predmetining xususiyatlaridan kelib chiqadigan huquqiy tartibga solishning o’ziga mos uslubi xosdir.
Intellektual mulk huquqi yoki intellektual mulk fuqarolik huquqining kichik sohasidir. Patent huquqi va fuqaro munosabatlari ishtirokchiliklarini individuallashtirish vositalarini muhofazalash, shuningdek, noan’anaviy ob’ektlarni muhofazalashdan iborat bo’lgan mualliflik huquqi va sanoat mulki shu kichik sohaning institutlaridir.
Patent huquqi. U dastlab feodalizmning so’ngi davrlarida feodal jamiyat negizida xo’jalik yuritishning kapitalistik usuli vujudga kelib, rivojlana boshlashi bilan yuzaga keldi. Patent huquqi – ishlab chiqarishning kapitalistik usuli ustun kelishi va hokimiyatning burjuaziya yo’liga o’tishi natijasida shakllandi.
Xo’jalik yuritishning kapitalistik usuliga o’tish bilan sifat jihatidan yangi vaziyat yuzaga keldi. Unga zarur moddiy-texnika bazasini yaratish sanoat inqilobi tusini oldi. Yevropa XVI asrning o’rtalarida Buyuk sanoat inqilobi davrini boshdan kechirdi va u patent huquqi yuzaga kelishi uchun iqtisodiy shart-sharoit yaratdi.
Bu inqilobning asosiy bosqichlaridan biri qo’l manufakturasidan ko’plab ixtirolardan foydalanishga asoslangan mashinalar ishlab chiqarishga o’tish bo’ldi.
Kapitalizmda ish qurollari va ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik tipi bo’yicha ixtirolarni o’zlashtirishga ehtiyoj yuzaga keldi.
Ma’lumki, ixtirolarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish har doim dastlabki sarmoya sarflashni talab etadi. Lekin hech bir tadbirkor o’zi sarflagan mablag’dan foyda olishga ulgurmay turib raqobatchilar xuddi shu ixtirodan nusxa olib uning tajribasidan foydalana boshlamasliklariga kafolat olmasdan turib bunday sarmoyalarni xavf-xatarga qo’ya olmaydi. Aynan ana shu ob’ektiv omil sababli ixtirolardan foydalanishda undan etarli darajada uzoq muddat foydalanish va raqobat kurashida yutib chiqish imkonini beradigan monopoliya zarur bo’lib qoldi.
Bunday monopoliyani yaratish uchun yuridik vosita–patent Yevropada feodal jamiyatidan buyon ma’lum edi.
Feodalizmda patentdan turli mol-mulk egalari va qirol o’z xazinasi foydasiga daromad manbalarini mustahkamlash vositasi sifatida keng foydalanar edi. Feodal patent tizimi kapitalizm rivojlanishi uchun to’siq edi, chunki qirol ko’plab patent berish yo’li bilan istalgan narsadan foydalanishga yakkahokimlik (monopol) huquqni o’zi xohlagancha belgilay olardi. Burjuaziya tabiiyki, bunday holatga, xususan feodal monopoliyalar va ixtirolarga monopoliyalar joriy etishga qarshi faol kurasha boshladilar. Bunda iqtisodiyot ixtirolarga monopoliyalar feodalning marhamati bilan emas, balki muntazam, ya’ni qonunda belgilangan qoidalar bo’yicha berilishi talab qilinardi.
Patent huquqini himoyalash sohasidagi ilk qadamlar Angliyada qo’yildi. Mamlakatda feodallarga tegishli imtiyozlar tizimini patent huquqiga aylantirish jarayoni XVII asrda boshlandi.
AQSh Angliyadan keyin ixtirolarni muhofazalash qabul qilingan mamlakat bo’ldi.
Yevropaning boshqa mamlakatlarida patent qonunlari nisbatan kechroq qabul qilindi.
Milliy patent tizimlarini ikkita guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhni patent tizimini “kontinental huquq” tamoyili belgilab beradigan mamlakatlar tashkil etadi. Ikkinchi guruhini milliy huquqlariga Angliya huquqi ta’sir o’tkazgan mamlakatlar tashkil etadi.
Har ikki yo’nalishdan tashqari milliy patent tizimlarini shartli ravishda to’rt asosiy: german, roman, ingliz va amerika guruhiga bo’lish mumkin, ular patent huquqining asosiy tizimlari hisoblanadi.
Patent huquqi hamma vaqt iqtisodiy munosabatlar bilan belgilanadi, chunki u jamiyat iqtisodiy rivojlanishining zarur omili hisoblanadi.
Muxofaza hujjatlarining turlari. Muxofaza muddatlari Mamlakatimizning asosiy qonuni O’zbekiston Respublikasi
Konstitustiyasidir. Konstitustiya O’zbekiston qonunchiligini ishlab chiqishning asosiy qoidalarini belgilab beradi. Bizning intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy muhofazalash sohasidagi amaldagi qonunchiligimiz bevosita mulkka egalik va ilmiy-texnik ijodiyot erkinligi huquqlari aks etgan Konstitustiyaning IX bo’limi 36- va 42- moddalaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan.
Intellektual mulk ob’ektlarini yaratish, muhofazalash va foydalanish bilan bog’liq huquqiy munosabatlar fuqarolik huquqi sohasi hisoblanadi va O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi.
O’zbekistonda intellektual mulk huquqlarini muhofazalash bilan bog’liq masalalarni tartibga soluvchi quyidagi qonunlar amal qiladi:
1996 yil 30 avgustda qabul qilingan “Mualliflik huquqlari va turdosh huquqlar to’g’risida”gi qonun;
1994 yil 6 mayda qabul qilingan va 1997 yil 26 dekabrda o’zgartirilgan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida”gi qonun;
1993 yil 7 mayda qabul qilingan va 1997 yil 26 dekabrda o’zgartirilgan “Tovar belgilari va xizmat ko’rsatish belgilari to’g’risida”gi qonun;
1994 yil 6 mayda qabul qilingan “EHM va ma’lumotlar bazalari uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash to’g’risida”gi qonun;
1996 yil 30 avgustda qabul qilingan “Selekstiya yutuqlari to’g’risida”gi qonun;
2001 yil 12 mayda qabul qilingan “Integral mikrochizmalar topologiyasini huquqiy muhofazalash to’g’risida”gi qonunlardir.
O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq davlatimizda intellektual mulk sohasida vakolatli quyidagi tashkilotlar faoliyat ko’rsatadi:
Mualliflik huquqlarini himoyalash sohasidagi masalalarni tartibga soluvchi Muallifilik huquqlari bo’yicha agentlik.
O’zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi, uning vazifasi sanoat mulki ob’ektlarini muhofazalash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishdan iborat.
Muallifga shuningdek mualliflik nomi huquqi ham berilgan bo’lib, unga muvofiq muallif o’z ob’ektiga o’zining nomi yoki boshqa nomni berishi huquqiga ega.
Intellektual mulk ob’ektlariga mulkiy huquqlar fuqaro yoki yuridik shaxsning shu ob’ektga alohida huquqlaridir. Faqat alohida huuqlar egasi intellektual mulk ob’ektidan boshqa shaxslar foydalanishiga ruxsat berishi yoki man eilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasining mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risidagi qonun hujjatlari fan, adabiyot va san’at asarlarini (mualliflik huquqi), sahna asarlarini, ijrolarni, fonogrammalarni, efir va kabel orqali ko’rsatuv hamda eshittirishlar beruvchi tashkilotlarning ko’rsatuv va eshittirishlarini yaratish hamda ulardan foydalanish natijasida kelib chiqadigan intellektual mulk sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Alohida huquqlar faqat qonunda ko’zda tutilgan hollarda va faqat intellektual mulk ob’ektlaridan normal foydalanishga hamda uning egasining qonuniy manfaatlariga zarar etkazilmagan taqdirdagina cheklanishi mumkin.
Alohida huquqlar quyidagi hollarda cheklanishi mumkin:
O’zbekistonda muhofaza qilinadigan ixtiro, foydali modellar, sanoat namunalari tarkibidagi qurilmalarni boshqa davlat - Parij konvenstiyasi ishtirokchisining transport vositasida, bu transport vositasi vaqtincha yoki tasodifan O’zbekiston Respublikasi hududida bo’lganda qo’llanish, bunda bu qurilmalar faqat shu vosita ehtiyojlari uchungina foydalanilishi shart;
Tarkibida patentlangan ob’ektlar bo’lgan vositalar ustida ilmiy tadqiqot yoki tajribalar o’tkazish;
Tabiiy ofatlar, halokatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tarkibida patentlangan ob’ektlar bo’lgan vositalarni qo’llanishi. Vazirlar Mahkamasi milliy xavfsizlik manfaatlari yo’lida patentlangan ob’ektlardan foydalanish to’g’risida patent egasining roziligini olmasdan turib qaror qabul qiladi, lekin bunday hollarda obe’ktdan foydalanilgani uchun unga tegishli tovon to’lanadi;
Tarkibida patentlangan ob’ektlar bo’lgan vositalarni, agar bu vositalar qonuniy yo’l bilan xo’jalik oborotiga kiritilgan bo’lsa, qo’llanish (masalan, patent egasining o’zi yoki uning litsenziyasi).
Dorixonalarda shifokor restepti bo’yicha dorilarni bir marta tayyorlash.
Ixtiroga patent – ixtironing ustuvorlik sanasidan boshlab yigirma yil mobaynida amal qiladi, mohiyati bo’yicha ekspertiza o’tkazilgandan so’ng beriladi;
Ixtiroga dastlabki patent (2002 yil oktyabr oyigacha) – dastlabki ekspertiza o’tkazilgandan so’ng berilib, ustuvorlik sanasidan boshlab besh yil mobaynida amal qiladi. Talabnoma beruvchining mohiyati bo’yicha ekspertiza o’tkazish to’g’risidagi iltimosigi ko’ra patentga aylantirilishi mumkin;
Sanoat namunasiga patent – mohiyati bo’yicha ekspertiza o’tkazilgandan so’ng beriladi va ustuvorlik sanasidan boshlab 10 yil mobaynida amal qiladi, patent egasining iltimosi bilan amal qilish muddatini yana besh yilga uzaytirish imkoniyatini saqlab qoladi;
Sanoat namunasiga dastlabki patent (2002 yil oktyabr oyigacha) – Dastlabki ekspertiza o’tkazilgandan so’ng beriladi va ustuvorlik sanasidan boshlab besh yil mobaynida amal qiladi. Dastlabki patent egasi iltimosiga ko’ra patentga aylantirilishi mumkin.
Foydali modelga patent – dastlabki ekspertiza o’tkazilgandan so’ng beriladi va ustuvorlik sanasidan boshlab besh yil mobaynida amal qiladi va talabnoma beruvchining iltimosiga ko’ra yana uch yilga uzaytirilishi mumkin.
Tovar belgisiga guvohnoma-ekspertiza o’tkazilgandan so’ng beriladi va ustuvorlik sanasidan boshlab 10 yil mobaynida amal qiladi va har safar 10 yilga uzaytirish imkoniyatini saqlab qoladi.
Agar ob’ekt patentga layoqatlilik mezonlariga mos bo’lsa, u tegishlicha ixtiro, foydali model, sanoat namunasi deb tan olinadi. Qonunga muvofiq ko’rsatilgan ob’ektlar uchun quyidagi mezonlar belgilangan:
Ixtirolar uchun – uning yangiligi, ixtiro darajasi va sanoatda qo’llanishi; Foydali model uchun – uning yangiligi va sanoatda qo’llanilishi;
Sanoat namunasi uchun – uning yangiligi, o’ziga xosligi va sanoatda qo’llanilishi.
Patent ekspertizasini o’tkazish vaqtida foydalaniladigan eng muhim tushuncha texnika darajasi tushunchasidir. Texnika darajasi o’z ichiga ixtironing ustuvorlik sanasigacha jahonda barcha uchun ma’lum bo’lgan va barcha foydalanadigan ma’lumotlarni oladi.
Dastlabki ekspertizaning mohiyat jihatidan ekspertizadan farqi eng avvalo shundaki, dastlabki ekspertiza vaqtida talabnoma berilgan ob’ektning (ixtiro, foydali model) mahalliy yangilik talablariga muvofiqligi tekshiriladi, ya’ni patent ekspertlari faqat O’zbekistondagi mavjud patent hujjatlarini tekshiradilar, mohiyat jihatidan ekspertizada esa ob’ektning jahon texnika darajasiga muvofiqligi tekshiriladi. Patent idorasi ma’lumotlar rasmiy ravishda chop etilgandan so’ng uch oy o’tgach patent egasiga (yoki tovar belgisi egasiga) muhofaza hujjati, tegishlicha patent, dastlabki patent yoki guvohnoma beradi. Patent, dastlabki patent yoki guvohnoma O’zbekiston Respublikasi nomidan beriladi va Patent idorasi rahbari tomonidan imzolanadi. Shuni qayd etib o’tish kerakki, hamma vaqt bitta ob’ektga faqat bitta muhofaza hujjati (patent, dastlabki patent yoki guvohnoma) beriladi. Agar patent egasi bir nechta bo’lsa (masalan, ikki firma yoki ikki hammuallif) ular bitta patent oladilar.
Qayd etib o’tamizki, keyinchalik patent egasi patent yoki dastlabki patentni kuchda saqlab turish uchun muntazam ravishda boj to’lab turishlari shart, boj to’lamaslik muhofaza hujjatining amal qilishi to’xtashiga olib kelishi mumkin. Patent, davtlabki patent quyidagi hollarda ham amal qilishdan to’xtalishi mumkin:
patentning amal qilish muddati tugagach;
patent, dastlabki patent yoki tovar belgisining haqiqiy emasligi uchinchi tomonning davo arizasi bilan sud orqali tasdiqlanganda;
patent egasining Patent idorasiga bergan arizasi asosida.
Agar patent, dastlabki patent yoki guvohnomaning amal qilish muddatidan ilgari to’xtatilsa, bu haqidagi ma’lumot Patent idorasining “Rasmiy axborotnoma” byulletenida chop etiladi. O’zbekiston qonunchiligi bo’yicha xorij fuqarolari va yuridik shaxslari bevosita talabnoma berish huquqiga ega emas. Ular patent olish va uni kuchda saqlab turish uchun ishlarini O’zbekistonning patent bo’yicha ishonchli vakillari orqali yuritishlari mumkin.
Patent egasining huquqlaridan istisnolar. Himoya qilinayotgan seleksiya yutug’idan:
shaxsiy va notijorat maqsadlarida foydalanish; sinov-tajriba maqsadlarida fondalanish;
boshqa navlar yoki zotlar yaratish uchun dastlabki nav yoki zot sifatida foydalanish;
korxona, xo’jalik patent egasidan olgan navli urug’lik va nasl materialdan ikki yil davomida takror etishtirish uchun ana shu korxona, xo’jalik hududida foydalanish patent egasining huquqlarini buzildi deb e’tirof etilmaydi.
Intellektual mulk ob’ektlarini muxofazalash sohasida xalqaro
kooperastiya
Bugungi kunda jahondagi har bir mamlakat o’zi alohida yashay olmaydi. Halqaro savdo, investitsiyalarning bir davlatdan ikkinchisiga o’tishi, qo’shma korxonalarning faoliyat ko’rsatishi va hamkorlikning boshqa shakllari allaqachon jahon iqtisodiyotining ajralmas omili bo’lib qoldi.
Bundan tashqari yil sayin jahonda iqtisodiy integrastiya jarayonlarining kuchayib borishi kuzatilmoqda.
Raqobat kurashi sharoitida faqat ishlab chiqarishning yaxshilangan usullarini qo’llanish yoki texnik-iqtisodiy va iste’mol (shu jumladan tashqi ko’rinishi va savdo imiji) xususiyatlari yaxshilangan tovarlarni yaratish yo’li bilan qo’shimcha foyda olish mumkin.
Shu munosabat bilan intellektual mulk ob’ektlari, xususan, ularning asosiy xususiyati – qo’shimcha foyda “keltiruvchi” sifatidagi roli tobora oshib bormoqda. Bugungi kunda yangi intellektual mulk ob’ektlarini yaratish, ularni ishonchli muhofazalash va samarali foydalanish (shu jumladan bu ob’ektlarini sotish) har qanday korxona, firma, korporastiya muvaffaqiyatining ajralmas elementi bo’lib qolmoqda. Tabiiyki, turli davlatlarda intellektual mulkni muhofazalashning bir- biridan farq qiladigan tartiblari talabnoma beruvchilar uchun ixtirolarni patentlash, tovar belgilarini ro’yxatga olishni murakkablashtirar, bu esa xalqaro savdo-sotiq iqtisodiyotini rivojlantirish yo’lida jiddiy to’siq bo’lar edi.
Shuning uchun intellektual mulk huquqlarini rivojlanishining butun tarixi davomida davlatlar intellektual mulk ob’ektlarini muhofazalash masalalariga yondashuvlarni bir xillashtirish yo’llarini faol izlamoqda. Bu muammolar intellektual mulk sohasida xalkaro hamkorlikni zarur qilib qo’ydi.
Intellektual mulkni muhofazalash sohasidagi xalqaro hamkorlikning maqsadi turli davlatlar ichki qonunchiligining ayrim qoidalarini bir xillashtirish, intellektual
mulk sohasida xalqaro standartlar va me’yorlar ishlab chiqish yo’li bilan turli mamlakatlarda intellektual mulk huquqlarini muhofazalashni engillashtirish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
Xalqaro munosabatlarda huquqlarning asosiy manbai xalqaro bitim, shartnomalardir. Xalqaro shartnoma bu xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan davlatlar o’rtasidagi kelishuv bo’lib, unda o’zaro huquq va majburiyatlar belgilab beriladi.
Intellektual mulk sohasidagi asosiy xalkaro bitimlar Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) doirasida birlashtiriladi. BIMT Stokgolmda 1967 yilda imzolangan va 1970 yilda kuchga kiritilgan konvenstiya bilan ta’sis etilgan. BIMT BMT ning 16 ta ixtisoslashgan muassasalaridan biridir. BIMTning ma’muriy vazifalarini bajaradigan Kotibiyati “BIMTning Xalqaro byurosi” deb ataladi.
Sanoat mulkini muhofazalash bo’yicha Parij Konvenstiyasi intellektual huquqlar sohasidagi birinchi, eng umumiy xalqaro bitim bo’ladi. Parij Konvenstiyasi 1883 yilda tuzilgan. Konvenstiya hozirgi vaqtda amal qilayotgan tahriri 1979 yilda Stokgolmda qabul qilingan bo’lib, 2000 yil 1 yanvardagi ma’lumotlarga ko’ra 162 davlat, shu jumladan 1993 yil 18 avgustda Konvenstiyaga a’zo bo’lgan O’zbekiston ham uning ishtirokchilari hisoblanadi.
Konvenstiya ixtiro, foydali model, tovar belgilari, sanoat namunalari, firma nomlari, tovarlarning kelib chiqish joylari, nomlari kabi ob’ektlarni muhofazalash, shuningdek nohalol raqobatning oldini olishning umumiy asoslari, tamoyillarini belgilab beradi. 1970 yilda Vashingtonda tuzilgan Patent kooperastiyasi to’g’risidagi shartnoma (RST) eng muhim xalqaro shartnomalardan biridir. RST, birinchi navbatda, ixtirolarga bir necha mamlakatda muhofaza olishni osonlashtirish va arzonlashtirishga yo’naltirilgan. Shartnoma shuningdek rivojlanayotgan mamlakatlar patent tizimining ish samaradorligini oshirish va bu mamlakatlar aholisining ilg’or texnik echimlar, ixtirolar to’g’risidagi axborotlardan foydalanishini osonlashtirish yo’li bilan ularning iqtisodiy rivojlanishini rag’batlantirishga xizmat qiladi. O’zbekiston 1993 yilda RST a’zosi bo’ldi.
Endi xalqaro klassifikastiya bitimlariga o’tamiz.
Ixtirolar sohasida 1971 yilda tuzilgan Xalqaro patent klassifikastiyasi to’g’risidagi Strasburg bitimining maqsadi patent hujjatlarini mufassal ierarxik indeksastiyalash va qidirishning yagona tizimini yaratishdan iboratdir. Bu bitim bilan Xalqaro patent klassifikastiya (XPK) ta’sis etilgan bo’lib, u texnikaning hamma sohasini 70000 dan ortik kichik ruknlardan iborat sakkizta asosiy bo’limga ajratadi. XPK turli patent-axborot tadqiqotlari, patent ekspertizasini samarali o’tkazish imkonini beradi, bu esa patent axborotini tezkor va tijorat nuqtai nazaridan qimmatli axborotlar manbaiga aylantiradi. Hozirgi vaqtda XPKdan deyarli barcha davlatlar va tashkilotlar keng foydalanmokda. XPK to’g’risidagi Bitim doirasida Ittifoq tuzilgan bo’lib, u o’z Assambleyasiga ega. Assambleya Ittifoqning byudjeti va ikki yillik dasturini qabul qiladi.
Butunjahon Savdo tashkiloti (BST) ta’sis etilishi intellektual mulk sohasidagi xalqaro korporastiya rivojlanishiga turtki bo’ldi. Intellektual mulk huquqlari bo’yicha eng asosiy jihatlarni bir xillashtirishga qaratilgan eng so’ngi yo’nalishlar Intellektual mulk huquqlari bo’yicha savdo masalalari to’g’risida
Bitim (TRIPS) da mujassamlashdi. Uning loyihasi 1994 yilda BSTning Urugvay raundi davomida taklif etilgan edi. Bugungi kunda TRIPSga qo’shilish har bir davlatning BSTga kirishi uchun zarur shartdir.
Albatta, intellektual mulkni muhofazalash sohasidagi xalqaro kooperastiyani kuchaytirish, milliy qonunchilikni uyg’unlashtirish davlatlar va mintaqalarning industrial, iqtisodiy va ijtimoiy o’sishi yo’lida xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda tobora katta ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |