Toshkent davlat iqtisodiyot



Yüklə 400,3 Kb.
səhifə37/70
tarix20.06.2023
ölçüsü400,3 Kb.
#133282
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   70
Gjbjjgu

Sifat masalasi - xo’jalik faoliyatini hamma jihatlarini qamrab oladi. Yuqori sifat - bu mehnat va moddiy resurslarni tejash eksport imkoniyatlarini oshirish pirovard natijada esa jamiyat ehtiyojlarini yaxshiroq yanada to’laroq qondirish demakdir. Mamlakat oldida turgan xilma-xil iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni muvaffaqiyat bilan hal etish uchun mehnat unumdorligini jadal ustirishdan, butun ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini keskin oshirishdan boshqa yo’l yo’q.
Sifat va samaradorlikni oshirish faqat texnikaviy va iqtisodiy vazifa bo’lib qolmay, balki ijtimoiy idealogik vazifa hamdir. Bu jamiyatni yanada rivojlantirish jarayonida hal qilinib boradi. Har bir ishchi ishlab chiqarishga qanchalik ko’p kuch sarf qilsa, mehnat shuncha samarador, vatanimiz shuncha qudratli bo’ladi. Har bir xodimning, har bir oilaning turmushini yanada yaxshilash uchun, butun xalq farovon-ligini oshirish uchun shunchalik ko’p imkoniyatlar yuzaga keladi. Vazifa ishlab chiqarishning negizida firmalar mahsuldorligini oshirish barcha sifat ko’rsatkichlarini yaxshilashga erishishdan iborat. O’zbekiston bozorlariga xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish sababli O’zbekistonda qo’shma korxonalar chet el investorining kirib kelishi ta’min etilmoqda. Sifat ko’rsatkichlariga mos ravishda ishlab chiqarish va O’zbekiston tovarlarini dunyo bozoriga olib chiqish O’zbekistonga ko’proq valyuta tushirish va shu bilan O’zbekiston rivojini ta’min etish.
Yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish bilan resurslardan oqilona foydalanish va ularni tejamini ta’minlaydigan yangi texnika, eng ilg’or texnologiya jarayonlarini ishlab chiqarishga joriy etish. Rahbar xodimlarga, injenerlarga, konstruktorlarga, loyihachilarga, texnologiya va mutaxassislarga bog’liq. Mamlakatimizda mehnat, xom ashyo, yoqilg’i, energetik resurslar etarli. Asosiy
fondlarimiz ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi katta. Shu sababli hamma joyda va har ishda tejamkor bo’lish jamoat mulkiga omilkorlik bilan yondashish ixtiyorimizda bo’lgan, insonning qo’li va aql zakovati bilan bunyod etilgan narsalarning hammasidan mohirona to’la to’kis va oqilona foydalanish iqtisodiy siyosatning o’zagi bo’lmoqda. Butun ishimizning sifati va samradorligini oshirishni ta’minlash uchun ham xo’jalikning hamma tarmoqlarida fan-texnikaning ilg’or darajasidan foydalanish zarur.
Ish sifati va ishlab chiqarish samaradorligidan va ish sifatini oshirish mehnat intizomini mustahkamlash ularni mehnatga insonparvarlik munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalash texnik jihatdan asoslab berilgan. Mehnat normalarini, jamoa xo’jalik hisobini, tejamkorlik va sifat rejalarini joriy etish belgilangan ish hajmini kam sonli ishchilar bilan bajarish sohasidagi tartiblarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Sifatsiz mahsulot tayyorlanganlik va realizastiya uchun, shuningdek mahsulotni lozim darajada saqlanganliq standartlari haqidagi talablar va texnika shart-sharoitiga rioya qilganmaganligi uchun iqtisodiy jazo choralarini qo’llashni joriy etishni kengaytirish zarur. Ma’lumki qar qanday sanoat mahsuloti ma’lum muddat foydalangandan keyin sifat ko’rsatkichlarini turlicha yuqotadi.
O’zbekiston mahsulotlarni ishlab chiqarishda va bu mahsulotlarni dunyo bozoriga olib chiqishda yordam beruvchi juda ko’p xalqaro tashkilotlar mavjud:
 ISO - xalqaro standartlash tashkiloti;
MEK- xalqaro texnik korxonasi;
 MIK - xalqaro markaziy banki;
 ASMO - standartlashtirish va metrologiya bo’yicha arab mamlakatlarining tashkilotlari;
 KOPANT - Janubiy Amerika standartlashtirish qo’mitasi.
Xalqaro standartlarni bunyod etishda ma’lum bir tovarni ishlab chiqarishni ko’zda tutib, davlatlar kelishib, shu mahsulot va tovarni ishlab chiqarish uchun, shu tovarni bunyod etadigan mutaxassislar xalqaro standartlarni yaratadi.
Ma’lumki, mahsulot sifati uni yaratish va iste’mol qilishning barcha bosqichlarida ilmiy-tadqiqot, loyiqa-konstruktorliq texnologik ish olib borish jarayonida, undan foydalanishni ommaviy joriy qilishda shakllanadi. Respublikamizda mahsulot sifatini oshirish uchun ko’pgina ishlar olib borilmoqda. Chet el investisiyalari joriy qilinmoqda. Jumladan, AQSh Yaponiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Chexiya, Fransiya, Gollandiya, Turkiya va boshqa mamlakatlar bilan qo’shma korxonalar qurilgan. Ixtisoslashuv tovarlarni sifatli chiqarish va arzonga tushirish shartidir. Shu sababli universal, ya’ni hamma ish bilan mashg’ul firmalar bo’lmaydi, ular bir yoki bir necha tovarlar ishlab chiqarish sohasida ixtisoslashadi.
Ixtisoslashuvning ikki afzal tamoni bor:
Birinchidan, mehnat unumdorligini oshiradi, xarajatlarni pasaytirib,foydani oshirish imkonini beradi.
Ikkinchidan, sifatli tovar chiqarishni, binobarin, tovarning bozorda sotilishini ta’minlaydi.
Xom ashyolarni va yarim xom ashyolarni sifat ko’rsatkichlari normativ texnik hujjatlarni jahon talablariga javob berishligi texnologiyalarini zamonaviyligi ishlab chiqarish korxonalarini texnologiya qurilmalar bilan ta’minlanishligi shu
ishlab chiqarish korxonani menerologik asbob uskunalar bilan ta’minlanish ishlab chiqarish korxonalariga bo’lgan laboratoriya va sifat ko’rsatkichini sinaydigan asbob uskuna bilan ta’min etishi va eng kerakligi shu korxonada ishlaydigan injener texnik xodimlari yuqori ishlab chiqarish saviyasiga va zamon talablariga javob beradigan targ’ibotlarni bilishlari shu korxonala ishlab chiqarish tamoyoillarini tashkil etilishi va uni nazorati har - biri ishlab chiqarish bo’limlari texnologik jarayonlarni yuqori saviyalarda bajarilishi ishlab chiqaradigan mahsulotlarni sifat ko’rsatgichini ta’minlashning asosiy vositalari hisoblanadi.
Mahsulotlarni sertifikatlarini sifat ko’rsatgichini aniqlashda tayyorlangan mahsulotlarni normativ texnik talabiga javob berishini yuqorida ta’kidlangan juda ko’p talablarga bog’liq ekan/ Shuning uchun mahsulotlarnya xalq xo’jaligi ishlab chiqarishda bo’ladigan har-bir talablarga shuning uchun kar-bir bo’ladiga» jaraunlar yuqori saviyala bo’lishilozim, Normativ hehnnk hujjatlarga bo’lgan talablar xalq hujapigida har-byr ishlab chiqiladigan tovar asortimsigiga shu tovar uchun muljallaigan normativ tehnnk hujjatlar mavjud. Agarda ishlab chiqarishda tayyorlangan mahsulotlar ishlab chiqarilgan tovar shu korxonadagi tehnik talablarga javob bersa shu mahsulot yuqori tehnik talabga uni raqobatbardosh bo’lishini ta’min etadi va iste’molchilar tomonidan yangi talablarni qo’yilishnga olib keladi. Shuning uchun bozor iqtisodiyot, sharoitida normativ tehnik talablarga juda katta talablar qo’yiladi.
 Xom ashyoga va yarim xom ashyolarga bo’lgan talab;
 Xom ashyoga eki yarim xom ashyoga kursatgichiga qo’yiladigal talablari.

Ma’lumki, har bir mahsulot ishlab chiqarishda ishlatiladi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari va boshqa mahsulotlar ham iste’mol qiymatini oshirishda ishlatiladi.


Qishloq xojaligi mahsulotlari ham ma’lum bir normativ texnik talablarga ega bo’lishi kerah aks holda ular tayyor mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlariga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ularni bir xillash ularni naviga, turiga qo’yiladigan talablar aks ettirish davrida agrotexnik usullarni to’g’ri, o’z vaqtida olib borilichiga qo’yiladigan talablar mahsulotlarni, yog’lash joylash saqlash bir joydan ikkinchi joyga olib borish kabi talablar qo’yiladi. Qishloq xojaligi mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashda asosiy xom ashyo sifatida ishlatiladi va ularga xos talabdar qo’yiladi.
Asosiy xom ashyolar qishloq xo’jaligida tayyorlanadi. Shuning uchun oziq- ovqat mahsulotlari tayyorlash yuqori darajada bo’lishi kerak. Aks holda yuqori darajadagi mahsulot chiqmaydi. Mahsulotning sifatini va uning darajasini ko’tarishni iqtisodiy mohiyati shundan iboratki, Xalqaro standartlarda ISO 9000 da yozilishicha, “Mahsulot sifati mahsulotlarni barcha xususiyat va xarakterlarini majmui sifatida tushunib, ular iste’molchilarni ehtiyojlarini qondirish xususiyatlarini ko’rsatadi. Sifat deganda, uni ya’ni mahsulotni ko’rsatadigan xizmatidan kelib chiqib foydali xususiyatlarning majmuiga aytiladi”.
Oziq-ovqat mahsulotlarining sifat ko’rsatkichlarini o’rganish mahsulotning sifati deganda uning sifat ko’rsatkichlarini qiymatidan kelib chiqib aytamiz. Mahsulot sifatini sifat hislatlarini maza, hid, konsistensiya, rangi va tashqi
ko’rinishi beradi. Miqdor deganda esa, bu xususiyatlarining har birining miqdoriy qiymati tushuniladi.
Mahsulotlariing sifat ko’rsatkichlarini birlamchi, kompleks va umumiy ko’rsatkichlar guruhiga ajratiladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini kompleks ko’rsatgichiga organalitik qiymat, energetik qiymat, biologik qiymat iste’molga tayyorgarlik kiradi. Energetik qiymatini belgilab beruvchi moddalarga uglevod, yog’lar va okeildar kiradi. Biologik qiymatga esa mahsulot tarkibidagi oksid topilmaydigan aminokislotalarni sifati va miqdori, ularning hazm bo’lish xususiyatlari hisoblanadi.
Umumiy ko’rsatish deb, mahsulotlarning ovqatlik qiymatiga aytiladi. Masalan, konserva mahsulotlarini komplsks ko’rsatkichlari bo’lib, kimyoviy tarkibining ko’rsatkichi, estetik ko’rsatkichi, bezararlik ko’rsatkichilari hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti ish boshlay borishi bilan kun tartibidagi muhim faktor bo’lib, Oziq-ovqat mahsulotlarini raqobatbardoshligi hisoblanadi. Bu hol ichki va tashqi bozorlarda hukm suradiki, inson faoliyatida texnologik o’simshunoslikning asosiy maqsadi, nazoratga yo’naltirilgan. Ularning ob’ektlari bo’lib, xom-ashyo, materiallar, yordamchi materiallar tayyor mahsulotlar va tehnologik faktorlar hisoblanadi. Bu faktorlarni ta’sir vaqtlari hisoblanadiki, ular oziq-ovqat mahsulotlarini passiv sifat ko’rsatkichlarini shakllantirishga yordam beradi. Nazorat qilish jarayonida olingan axborotlarni me’yoriy hujjatlar bilan taqqoslanadi. Ularni har biri aniq texnologik operastiyalar uchun mahsulot xususiyatlari uchun belgilab qo’yilgan bo’ladi.



Yüklə 400,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin