Muvofiqlikatamasimahsulot, jarayon, xizmatga belgilangan barcha talablarga rioya qilishni o’z tarkibiga oladi. Bunda muvofiqlikning uchta ko’rinishi muvofiqlik bayonoti. Muvofiqlikni attestatlash muvofiqlikni sertifikatlashtirishni belgilaydi.
Muvofiqlikbayonoti deb etkazib beruvchining mahsulot, jarayon va xizmatlarning aniq bir standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatga to’la-to’kis muvofiqlik haqida butun ma’suliyatini o’z ustiga olganligini bayon etishga
aytiladi. Bu ma’suliyatni so’ngi vaqtlarda o’z-o’zini sertifikatlashtirishi tushunchasi bilan almashayotgani qayd qilinmoqda.
O’z-o’zini sertifikatlashtirishdeganda mahsulot ishlab chiqaruvchi tomon butun ma’suliyatini o’ziga olgan holda sertifikatlashtirishni o’zini o’tkazadi va mahsulotning kerakli darajada sifatliligi haqidagi barcha ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Bunday sertifikatlashtirish faoliyatini o’z-o’zini sertifikatlashtirish deb yuritiladi.
Muvofiqlikni attestatlash uchinchi tomon tarafidan sinov labaratoriyasining bayonoti tushunilib, ma’lum namuna mahsulotga bo’lgan talablarni belgilovchi ma’lum standartlar yoki boshqa hujjatlar bilan muvofiq ekanligini bayon etishga aytiladi.
Sertifikatlashtirishdeganda mahsulot (buyum,mol) yoki xizmat muayyan standartga yoki texnikaviy shartlarga mos kelishini tasdiqlash maqsadida o’tkaziladigan faoliyat tushunilib, ushbu faoliyat natijasida mahsulot (buyum,molning) sifati haqida iste’molchini ishontiradigan tegishli hujjat - sertifikat beriladi.
Sertifikatlashtirish tizimi atamasidantashqari sertifikatlashtirish sxemasi kiritilib, u quyidagicha ta’riflanadi: “Muvofiqlikning sertifikatlashtirilishini o’tkazishdagi uchinchi tomon faoliyatining tartibi va tarkibi”. Sertifikatlashtirish tizimlarida qatnashuvchi uchta tushuncha to’g’risida to’xtalib o’tamiz:
-sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish;
-sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi;
-sertifikatlashtirish tizimi a’zosi.
Sertifikatlashtirish tizimidan foydalanishdeganda sertifikatlashtirish tizimining qoidalariga muvofiq guvohnoma talabgoriga berilgan sertifikatlashtirishdan foydalanish imkoniyati tushuniladi .