Toshkent davlat iqtisodiyot



Yüklə 400,3 Kb.
səhifə42/70
tarix20.06.2023
ölçüsü400,3 Kb.
#133282
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   70
Gjbjjgu

Sifat masalasi - xo’jalik faoliyatining hamma jihatlarini qamrab oladi.
Yuqori sifat deganda mehnatni va moddiy resurslarni tejash eksport imkoniyatlarini ko’paytirish provard natija jamiyat ehtiyojlarini yanada to’laroq qondirish ma’nosini tushunamiz. Shu boisdan ham boshqarishni butun mehanizmini moddiy va moddiy rag’batlantirishning butun sistemasi injener va konstruktorlarini kuch g’ayratlarini, ishchilarning mahorati mahsulot sifatini oshirishga qaratishi zarur. Sanoatdagi ilg’or tajriba hamda ilmiy ma’lumotlarni kengayishi. Chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish uchun ko’rashning navbatdagi butunlay yangi bosqichi uchun shart-sharoitlar mavjudligini ko’rsatmoqda. Mahsulot sifatini muammosini hal etish yana shuning uchun murakkab kompleks ya’ni bir vaqtning o’zida ham ilmiy ham texnikaviy, ham iqtisodiy, ham sostial muammodir. Ma’lumki, mahsulot sifati uni yaratish va iste’mol qilishning barcha bosqishlarida, ilmiy tadqiqot, loyiha - konstruktorliq texnologik ish olib borish jarayonida undan foydalanish ommaviy joriy qilishda shakllanadi.
Mamlakatimizda hamda chet ellarda mahsulot sifatini boshqarishning ba’zi forma va metodlari to’g’risida gapirishdan oldin mahsulot sifati va mehnat sifati tushunchalarini ko’rib chiqaylik. Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati jamiyat ehtiyojlarini so’ndirish uchun zarur bo’lgan moddiy boyliklarni yaratishning o’zliksiz jarayonidan iboratdir, ma’lum ehtiyojlarni qondirish uchun mo’ljallangan xalq xo’jaligi faoliyatining buyumlashgan natijasi sifatida qaraladigan moddiy boyliklar mahsulot deb ataladi.
Mahsulot tushunchasi umumlashtiriuvshi bo’lib, ham mahsulotni o’z ichiga oladi.
Sifat masalasi - xo’jalik faoliyatini hamma jihatlarini qamrab oladi.
Yuqori sifat - bu mehnat va moddiy resurslarni tejash eksport imkoniyatlarini oshirish pirovard natijada esa jamiyat ehtiyojlarini yaxshiroq yanada to’laroq qondirish demakdir. Mamlakat oldida turgan xilma-xil iqtisodiy va sostial vazifalarni muvofakkiyatli hal etish uchun mehnat unumdorligini jadal o’stirishdan butun ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini keskin ortishdan boshqa yo’l yo’q. Vazifa ishlab chiqarishning negizida firmalar mahsuldorligini oshirish barcha sifat ko’rsatkichlarini yaxshilashga erishishdan iborat. O’zbekistonga bozorga xalq iste’mol tovarlar ishlab chiqarish sababli O’zbekistonda qo’shma korxonalar chet el investorining kirib kelishi ta’min etilmoqda. Sifatning mos ravishda ishlab chiqarish va O’zbekiston tovarlarini dunyo bozoriga olib chiqish O’zbekistonga ko’proq valyuta tushirish va shu bilan O’zbekiston rivojini ta’min etish.Yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish bilan resurslardan oqilona foydalanish va ularni tejamli ta’minlaydigan yangi texnika, eng ilg’or texnologiya jarayonlarini ishlab chiqarishga joriy etish. Rahbar xodimlarga, injenerlarga, konstruktorlarga,
loyihachilarga, texnologiya va mutaxassislarga bog’liq. Mamlakatimizda mehnat, xom-ashyo, yoqilg’i, energetik resurslari juda ko’p. Asosiy fondlarimiz ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi katta. Shu sababli hamma joyda va har ishda tejamkor bo’lish jamoat mulkiga omilkorlik bilan yondashish ihtiyorimizda bo’lgan insonning qo’li va aql-zakovati bilan bunyod etilgan narsalarning hammasidan mohirona to’la-to’kis va oqilona foydalanish iqtisodiy siyosatning o’zagi bo’lmoqda. Ish sifati va ishlab chiqarish samaradorligidan va ish sifatini oshirish mehnat intizomini mustahkamlash ularni mehnatga insonparvarlik munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalash texnik jihatdan asoslab berilgan. Mehnat normalari brigada xo’jalik hisobini tejamkorlik va sifat rejalarini joriy etish belgilangan ish hajmini kam sonli ishchilar bilan bajarish sohasidagi tartiblarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Sifatsiz mahsulot tayorlanganlik va realizastiya uchun shuningdek mahsulotni lozim darajada saqlaganliq standartlar haqidagi talablar va texnika shart-sharoitiga rioya qilganligi uchun iqtisodiy jazo choralarini qo’llash joriy etishni qo’llashlikni kengaytirish zarur.



      1. Tovarlarni sertifikatlashtirish sohasida ISO ning faoliyati.

O’zbekiston mahsulotlarni ishlab chiqarishda va bu mahsulotlarni dunyo bozoriga olib chiqishda yordam beruvchi juda ko’p xalqaro tashkilotlar mavjud.Ular quyidagilardir:


-ISO - xalqaro standartlash tashkiloti;
-MEK - xalqaro texnik korxonasi;
-MIK - xalqaro markaziy banki;
-ASMO - standartlashtirish va mitrologiya bo’yicha arab mamlakatlarining tashkilotlari;
-KOPANT - Janubiy Amerika standartlashtirish qo’mitasi.
Xalqaro standartlarni bunyod etishda ma’lum bir tovar ishlab chiqarishni ko’zda tutib davlatlar kelishib shu mahsulot va tovarga ishlab chiqarish uchun shu tovarni bunyod etadigan mutaxassislar xalqaro standartlarni yaratadi. Respublikamizda mahsulot sifatini oshirishda ko’pgina ishlar olib borilmoqda chet el investitsiyalari joriy kilinmokda. Jumladan AQSh Yaponiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Chexiya, Fransiya, Gollandiya, Turkiya va boshqa mamlakatlar bilan qo’shma korxonalar kurilgan. Ixtisoslashuv tovarlarni sifatli chiqarish va arzonga tuchurish shartidir. Shu sababli universal ya’ni hamma ish bilan mashg’ul firmalar bo’lmaydi, ular bir yoki bir necha tovarlar ishlab chiqarish sohasida ixtisoslashadi.
Ixtisoslashuvning ikki afzal tomoni bor:
-birinchidan mehnat unumdorligini oshiradi, harajatlarni pasaytirib foydani oshirish imkonini beradi;
-ikkinchidan sifatli tovar chiqarishni binobarin tovarni bozorda yaxshi sotilishini ta’minlaydi.
Resurslar sarfi texnika-texnologiya darajasiga bog’liq bo’ladi. Bu daraja qanchalik yuqori bo’lsa ehtiyojlarni qondirish shu qadar kam resurslar talab qiladi yoki aksincha. Masalan, eski texnologiya sharoitida un sumdik mahsulot olish
uchun 1 kvt elektor energiya sarf qilinsa ilg’or texnologiya sharoitida 0.5 kvt sarflanadi. Demak energoresurs birligi evaziga ikki barobar ko’p mahsulot olinadi. Sanoatdagi ilg’or tajriba hamda ilmiy ma’lumotlarning kengayishi, chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish uchun ko’rashning navbatdagi butunlay yangi bosqich uchun shart-sharoitlar mavjudligini ko’rsatadi.

Yüklə 400,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin