8-mavzu. Tarmoqlarda zamonaviy boshqaruv tizimi Boshqaruv ob’ektiv zaruriyat va maqsadga yo‘naltirilgan jarayon sifatida. Umumiy iqtisodiyotni ilmiy asosda boshqarishni uyushtirish. Iqtisodiyotni ilmiy boshqarishning muhim muammolari. Boshqaruvning mohiyati, ahamiyati va vazifalari. Iqtisodiyot tarmoqlarida boshqaruvning asosiy tamoyillari va usullari. Bozor talablariga moslashtirilgan prognozlarni ishlab chiqish. Iqtisodiyotda barqarorlik tamoyili. Korxonalarda ishlab chiqarish va mehnatni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish. Boshqarishning ilmiylilik, tejamkorlik, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish tamoyillari. Iqtisodiyot boshqaruvining iqtisodiy, ijtimoiy, ruhiy va huquqiy usullari. Boshqaruvning zamonaviy tuzilishi. Boshqarishni takomillashtirishning zamonaviy asosiy yo‘nalishlari.
9-mavzu. Ishlab chiqarishni prognozlash va rejalashtirish Prognozlash: mohiyati, ahamiyati, mazmuni. Tarmoqlarda rejalashtirishning mohiyati va ahamiyati, vazifalari va tamoyillari. Tarmoq va korxona darajasida sanoat ishlab chiqarishini rejalashtirishning xususiyatlari va uslubiy asoslari. Sanoat tarmoqlarining joriy va istiqbolli faoliyatini rejalashtirishda shartnoma munosabatlarining ahamiyati va o‘rni. Rejalashtirishning tamoyillari va usullari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalar tizimi. Reja - birinchi hujjat va rejalashtirishning natijasi sifatida. Rejalarning turlari: indikativ, strategik, biznes-reja. Ishlab chiqarish rejasini tuzib chiqish va tasdiqlashni tashkil etish. Rejalashtirishni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari.
10-mavzu. Ishlab chiqarishning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligi Samaradorlik sanoat ishlab chiqarishining “ko‘zgusi” sifatida. Ishlab chiqarish samaradorligining mohiyati, mezoni va ko‘rsatkichlari. Ishlab chiqarishning umumiy samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi (umumlashtiruvchi va resurslar turi bo‘yicha differensiallashtirilgan) va ularni hisoblash usuli. Qiyosiy (nisbiy) iqtisodiy samaradorlik tushunchasi va ko‘rsatkichlari. Keltirilgan xarajatlar va ularni hisoblash usuli. Yillik iqtisodiy samara va uni hisoblash usuli. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish omillari va yo‘llari. Texnikvatexnologikomillar, ijtimoiy-iqtisodiyomillar, tashkiliyvaxorijiyomillar. Sanoat korxonalarida modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jixozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish. Korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish mezonlari. Sanoat korxonalariningkapital tarkibi ko‘rsatkichlari. Korxonalarningto‘lov qobiliyati (likvidlik) ko‘rsatkichlari.