Toshkent davlat pedagogika universiteti "tasdiqlayman"


II.O‘quv fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 93,25 Kb.
səhifə3/13
tarix20.11.2023
ölçüsü93,25 Kb.
#165334
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
57253 Tarmoqlar iqtisodiyoti fan dasturi

II.O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o‘rganishdan asosiy maqsad - o‘quvchilarda bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat tarmoqlar iqtisodiyotining nazariy va amaliy masalalari to‘g‘risida talab qilinadigan bilimlarni shakllantirishdir.
Fanning vazifalari:
- ishlab chiqarisini boshqarish, va uni izchil, barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun zarur zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish;
- talabalarga davlatning iqtisodiy siyosatini jumladan sanoat siyosatini chuqur anglatish chuqur anglatish;
- Tarmoqlar iqtisodiyotiniboshqa iqtisodiy fanlar yutuqlari bilan o‘zaro hamkorlikda o‘rgatish;
- iqtisodiy qonunlar, iqtisodiyot soxasida fundamental qoidalar va xodisalargning amal qilish xususiyatlarini o‘rgatish va boshqalar kiradi.
“Tarmoqlar iqtisodiyoti”o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiradigan masalalar doirasida bakalavr:
-mamlakat iqtisodiyotining tarkibi; iqtisodiyoti tarkibiga kiruvchi tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha qonunlar va qonuniyatlarni bilishi hamda qo‘llay olish,korxonalarning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llarini asoslash; agrosanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlar korxona va tashkilotlarda ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning samarali usullarini joriy etish; mahsulot va xizmatlarga talab va taklifni o‘rganish va ularni qondirish yo‘llari; tarmoqlar o‘rtasidagi uzviy aloqalarning rivojlanish tendensiyalari; ilm fanga oid iqtisodiy kategoriyalarning mohiyati; mamlakatda Tarmoqlar iqtisodiyotidagi mavjud muammolar va ularni mo‘tadil yechimini topishning yo‘nalishlari, O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy siyosatining mohiyatihaqida bilimga;
- tarmoqlarda ijtimoiy-ekologik tizimlarni shakllanish jarayonlarini tahlil qilish bo‘yicha; Tarmoqlar iqtisodiyotiga oid iqtisodiy statistik va hisobot ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish bo‘yicha; milliy, tarmoqlar, hududiy va korxona iqtisodiyotini o‘zaro aloqadorligini tushunish bo‘yicha bozor muammolari bo‘yicha asosiy iqtisodiy talablarni shakllantira olish bo‘yicha ko’nikmaga;
- tarmoqlar integratsiyasi, uning rivojlanishi va iqtisodiyotning shakllanish qonuniyatlari; mamlakat iqtisodiyotining tarkibi, uning rivojlanib borishi; iqtisodiyot tarkibiga kiruvchi tarmoqlarning hozirgi holati va uni rivojlantirish yo‘llari to‘g‘risida ilmiy asoslangan hulosalari; ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun zarur bilimlar asosida uni boshqarish yuzasidan to‘g‘ri qarorlar qabul qilish tartiblari; iqtisodiyot infratuzilmasining rivojlanish qonuniyatlari to‘g‘risida; iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishining istiqbollarini to‘g‘ri belgilash tartiblari; rivojlangan davlatlarda iqtisodiyotni rivojlanishini umumiy xususiyatlarini anglash

Yüklə 93,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin