Toshkent davlat sharqshunoslik instituti markaziy osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi markaziy osiyo tarixiy geografiyasi


-mavzu. Farg‘ona viloyatining tarixiy geografiyasi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə11/40
tarix26.12.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#197337
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40
Исхоков Тарихий география

7-mavzu. Farg‘ona viloyatining tarixiy geografiyasi


Reja:
1) Mavzuning o’rganilganlik darajasi.
2) Tarixiy geografiya uchun ahamiyati
3) Hududning tarixiy chegaralari, manbalarda keltirilgan ma’lumotlar


Tayanch so‘z va iboralar: Tarixiy geografiya, qadimgi xaritalar, oronimlar, topo­nimlar, gidronimlar, Oks, Yaksart, Politiment, Girkan, Aria, Gabaza, “Surat al-ard”, “Hudu ul-olam”, Kotib Chalabiy, miqyos, saodat orollari, rel’f, qadimgi tarixiy viloyatlar.

7.1-rasm. Qadimgi Osiyo xaritasi

O‘rta Osiyoning Sharqida, Sirda­ryoning yuqori havzasida joy­lash­gan qadimgi Farg‘ona antik davr o‘zbek davlatchiligi tarixida muhim ahami­yat­ga ega bo‘lgan edi. Farg‘ona haqida yunon-rim mualliflari ma’lu­mot­lar bermaydilar. Bu davlat haqida­gi yozma ma’lumotlar asosan Xitoy manbalarida – Chjan Syan ma’lumot­larida, Sima Syanning «Tarixiy xotira­lar», Ban Gunning «Birinchi xan sulolasi tarixi» asarlarida beriladi. Bu manbalarda ushbu davlat «Dayuan»
yoki «Da-van» nomi ostida eslatiladi. Farg‘ona so‘zi Sug‘d manbalarida «Fragonik» shaklida yozilib «tog‘lar orasidagi vodiy, atrofi berk soylik» ma’nosini beradi. Xitoy manbalaridagi Dayyuan ham «tog‘lar orasidagi vodiy» ma’nosini beradi.
Davan davlati tarixi bo‘yicha uzoq yillardan buyon tadqiqot ishlari olib borilib, so‘nggi yillarda o‘zbek olimlaridan A.Asqarov, A.Xo‘jaev, B.Matboboyev, A.Anorboyev, S.Qudratov, B.Abulg‘oziyev, B.Abdullaev, Abduholiq Abdurasul o‘g‘li kabilar arxeologik ma’lumotlarni yozma manbalar bilan qiyosiy o‘rganish asosida samarali ishlar olib borayotgan bo‘lishlariga qaramay, bu yo‘nalishda hali ko‘pgina masalalar o‘z yechimini topmagan. Davan davlati shaharlarining aniq joylashuvi, davlat tizimi va boshqaruvi, davlatning chegaralari, qo‘shni davlatlar bilan munosabatlar, mahalliy madaniyatning qo‘shni madaniyatlar bilan munosabat­lari masalalari shular jumlasidandir.
Qadimgi Farg‘ona aholisi bronza davridayoq buloq suvlari birlashuvidan paydo bo‘lgan Qoradaryo tarmoqlari havzalarida o‘ziga xos sug‘orma dehqonchilik madaniyatini yaratadilar. Avvalo o‘troq dehqonchilik, keyinchalik ilk shaharsozlik va nihoyat ilk davlatchilikka asos bo‘lgan bu madaniyat fanda «Chust madaniyati» nomi bilan mashhur bo‘lib, qadimgi Farg‘onaning shimoli-sharqiy hududlaridan bu madaniyatga oid 80 dan ortiq yodgorliklar majmui aniqlanib o‘rganilgan. Ulardan ilk shahar madaniyati belgilari Dalvarzintepada (Andijon viloyati) va Buonamozorda (Namangan viloyati) aniqlangan. Undan tashqari Chust madaniyatini Sho‘rabashot va Eylaton madaniyatlari davom ettiradi.
Ilk temir va antik davrga kelib Farg‘onada mahalliy madaniyatlar an’analari asosida taraqqiy etayotgan qadimgi dehqonchilik madaniyatlari butun vodiyni qamrab oladi va aholining o‘troq hayot tarzi jamiyat iqtisodiy asosini tashkil etadi. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, mil.avv. III asrdan boshlab butun Farg‘ona vodiysida shaharsozlik madaniyati keng yoyiladi. Aynan mana shu davrda Farg‘ona vodiysi orqali o‘tgan Buyuk ipak yo‘li tarmoqlari bo‘ylab Axsikent, Marhamat, Kubo, Marg‘ilon, Bob (Pop) kabi ko‘hna shaharlar paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham mil.avv. II asrga oid Xitoy manbalari Farg‘onada 70 ta katta-kichik shaharlar borligi haqida ma’lumot beradi.
Sima Syanning «Tarixiy xotiralar» asarida Davanning ikkita poytaxti – Ershi va Yuchen bo‘lganligi haqida xabar beriladi. Bu shaharlarning joylashuvi masalasida olimlar orasida yagona fikr yo‘q. Ular O‘zgan, Mingtepa (Marhamat), Qo‘qon, Koson, Axsikent, O‘ratepa yoki Jizzax o‘rnida joylashtiriladi.
Eng qadimgi yozma manbalar O‘rta Osiyodagi ayrim ilk davlat uyushmalari haqida ma’lumotlar bersada, Farg‘ona haqida bunday ma’lumotlar uchramaydi. Shunga qaramasdan Yu.A.Zadneprovskiy Qadimgi Farg‘ona (Davan) podsholigining mavjud bo‘lganligining taxmin qiladi. A.Asqarovning fikricha, mil.avv. I ming yillikning o‘rtalaridan oldingi davrdagi Farg‘ona haqida so‘z yuritilganda odatda faqat «chifdom» (voha) shaklidagi qadimgi davlat asoslarining paydo bo‘lishi anglashiladi. Olimning fikricha, mana shu holatni hisobga olib Farg‘onada davlatchilik, aftidan, mil. avv V-IV asrlarda paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
B.Matboboyevning fikricha, A. Asqarovning bu xulosasi ikkita tarixiy dalilga asoslangan. Birinchisi, aynan mana shu davrga oid arxeologik topilmalar (Sho‘rabashot madaniyati) ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanganligi (mahsulot ishlab chiqarish va savdo sotiqning o‘sishi) haqidagi taxminlarni ilgari surish imkonini beradi. Ikkinchisi, mil.avv. II asrdayoq Farg‘onada ko‘p sonli shaharlar mavjudligi haqida ma’lumotlar bor.
Mil. avv II asrdan boshlab Qashg‘ardan Davanga shimoliy yo‘ldan karvon yo‘li harakati boshlanadi. Bu yo‘ldan ipak va boshqa mahsulotlarning xalqaro tranzit savdosi amalga osha boshlaydi. Bu paytga kelib Davan aholisi ko‘paya boshlaydi va ko‘plab mustahkamlangan aholi manzilgohlari paydo bo‘ladi. Savdo yo‘lida Davan muhim ahamiyatga ega bo‘lib boradi. Tadqiqotchilarning fikricha, Yassa va Qoradaryo vohalarida ko‘pgina qal’alar savdo yo‘lini qo‘riqlash maqsadida barpo etiladi. Mil.avv. 125 yilda Davanga kelgan Xitoy elchisi Chjan Syan bu yerda qishloq va shaharlari obod, sug‘orma dehqonchilik va hunarmandchilik xo‘jaliklari yuksak rivojlangan, kuchli harbiy kuchlarga ega davlatni ko‘radi. Chjan Syan Davanning qishloq xo‘jaligi haqida ma’lumot berib, shunday yozadi: «O‘troq aholi yer haydaydi, g‘alla va sholi ekadi, ularda musallas navli o‘zum, juda ko‘plab yaxshi otlar bor. Davanning barcha joylarida o‘zum vinosi tayyorlaydilar. Boy xonadonlar uni katta miqdorda tayyorlaydi, bu ichimlik xumlarda bir necha o‘n yillarda ham bo‘zilmay saqlanadi». Shuningdek bu elchi, bu davlat aholisi juda xushmuomala, mehmondo‘st, ko‘ngli ochiq odamlar ekanligi haqida ma’lumot beradi.
Fargʻona viloyati Oʻzbekistonning qadimgi madaniyat oʻchoqlaridan biri. Viloyat hududida topilgan tosh davri manzilgoxlari va qoyatoshlariga solingan suratlar vodiyda odamlar eng qadimgi davrlardan beri yashab kelganliklaridan darak beradi. Fargʻona viloyatining tosh davri yodgorliklarini 1954 yil A.P. Okladnikov rahbarligidagi arxeologiya otryadi oʻrgangan. Vodiyning sharqiy qismidagi Qayroqqum, Xoʻjagʻor va Uchqoʻrgʻon makonlaridan mustye davriga oid tosh qurollar topildi. Vodiyning gʻarbiy qismidagi qadimgi tosh davri madaniyatiga oid manzilgohlar mustye davridagi Qalʼacha, Jarqoʻton va Qapchigʻay tosh qurollar ishlash ustaxonalari topilib oʻrganildi. 1958 yil birinchi marta Markaziy Fargʻonadan mezolit davriga oid mikrolit tosh qurollari topildi. Shuningdek, Markaziy Fargʻonadagi Uzunkoʻl va Tayloqkoʻl atroflaridan mezolit va neolit davrlariga oid 24 ta manzilgoh borligi aniqlandi (1965). Soʻx vohasidagi 28 gʻor va ungurlar (Selungur, Eshma, Obishir, Sur, Bel, Zim, Ovikambar, Bogʻishim va boshqalar) roʻyxatga olindi. Obishir gʻorlaridagi madaniy qatlam yaxshi saklangan. Gʻorlarni qazish jarayonida mezolit davriga oid tosh qurollar, xayvon suyaklari topilgan. Bular oʻsha davr turmushini oʻrganish imkonini beradi.
1967 va 1969-70 yillarda Sankt-Peterburgdagi Ermitaj muzeyi xodimlari mezolit va neolit davrlariga oid 35 ta manzilgohtopdilar. Fargʻona viloyatining arxeologik yodgorliklarini oʻrganishda Katta Fargʻona kanalining qazilishi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Kanalni qazish jarayonida jez davri, quldorlik va zamindorlik jamiyatlariga oid yodgorliklar topildi va tekshirildi. Quva va Toshloq tumanlari oʻrtasidagi Akbarobod qishlogʻida jez davriga oid manzilgoh, Margʻilonsoyning chap sohilida Oqtom qabristoni boʻlganligi aniqlandi. Fargʻona viloyatining Quva tumanida quldorlik davriga oid Taxyontepa, Fargʻona shahrida Simtepa (Chimtepa) kabi yodgorliklar topib oʻrganilgan. Ayniqsa, Quva shahridagi miloddan avvalgi 5-asr va oʻrta asr boshlariga oid topilmalar yaxshi tekshirilgan. 10-11-asrlarga doir tarixiy manbalarda bu shahar obodligi va kattaligi jihatidan vodiyda Axsikatdan soʻng eng yirik shahar deb qayd qilingan. Arxeologik materiallar Margʻilon shahri 10-asrda katta qishloq boʻlib, 11-12-asrlarda shaharga aylanganligini, Rishton esa 10-asrda katta shahar boʻlsa ham, 11-12 asrlarga kelib qishloq qiyofasiga kirib qolganligini isbotlaydi. Oʻtroq dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullangan Chust madaniyatiga oid manzilgohlardan topilgan yodgorliklar Fargʻona vodiysini oʻrganishda muhimdir. U yerda ishlab chiqarish kuchlari va xoʻjalikning taraqqiyoti jez davrining oxirida dehqonchilik qabilalarining ijtimoiy tuzumida oʻzgarish yuz berishiga, natijada ibtidoiy tartiblar tugab jamiyatdagi tabaqalanishga olib kelgan. Roʻzgʻor anjomlarida xususiy mulkchilik kurtaklari koʻzga tashlanadi. Arxeologik tekshirishlar natijasi Fargʻona viloyatida qadimdan odamlar yashab, ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullanganligidan, kishilik jamiyatining keyingi bosqichlarida esa madaniyat rivojlana boshlaganligidan dalolat beradi. Fargʻona viloyatining shimoliy qismini Qoraqalpoq va Yozyovon dashtlari egallagan, janubdan Olay tizmasidan oqib tushadigan daryolarning yoyilmalari bilan oʻralgan. Janubda adirlar Olay tizmasining togʻ oldilari bilan almashinib turadi.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin