Toshkent davlat sharqshunoslik instituti markaziy osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi markaziy osiyo tarixiy geografiyasi


-mavzu. Toxoriston viloyatining tarixiy geografiyasi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə13/40
tarix26.12.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#197337
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40
Исхоков Тарихий география

9-mavzu. Toxoriston viloyatining tarixiy geografiyasi


Reja:
1) Mavzuning o’rganilganlik darajasi.
2) Tarixiy geografiya uchun ahamiyati
3) Hududning tarixiy chegaralari, manbalarda keltirilgan ma’lumotlar


Tayanch so‘z va iboralar: Tarixiy geografiya, qadimgi xaritalar, oronimlar, topo­nimlar, gidronimlar, Oks, Yaksart, Politiment, Girkan, Aria, Gabaza, “Surat al-ard”, “Hudu ul-olam”, Kotib Chalabiy, miqyos, saodat orollari, rel’f, qadimgi tarixiy viloyatlar.

9.1-rasm. O’rta asrlar Markaziy Osiyo xaritasi
Toʻxoriston - hozirgi Oʻzbekiston, Tojikiston, Afgʻonistonni oʻz ichiga olgan tarixiy viloyat. Nisbatan mustaqil hokimliklarning bir nechtasi Toxaristonda joylashgan edi. U 27tog' va tog'oldi viloyatlaridan iborat edi. Balx shahri Toxariston-poytax­ti bo'lgan.Toxariston avval eftallar, so'ngra Turk xoqonligi tomonidan bo'ysundiriladi. Manbalarda ta'rif etilishicha, Toxariston aholisi budda diniga e'tiqod qilgan. Toxariston 25 harfli yozuviga ega bo'lgan.
Toxariston aholisining asosiy qismi o'troq dehqonchilik bilan shug'ullangan.Toxaristonda ayniqsa qurolsozlik yuksalgan. Hozirgi Janubiy O'zbekiston va Tojikiston, Shimoliy Afg'onistonni o'z ichiga olgan bu tarixiy viloyatshimolda Hisor tog'lari, janubda Hindikush, g'arbda Murg'ob va Xerirud vodiysi, sharqda Pomir bilan chegaralangan. Toxariston nomi mil.avv.II asrda YunonBaqtriya davlatini qulatgan chorvador qabila toxarlarnomidan olingan. Toxariston Hindiston, Yaqin va Uzoq Sharq mamlakatlari bilan savdomadaniy aloqalar o'rnatgan, o'z chaqatangalari ichki savdo muomalasida yurgan. Tohariston Markaziy Osiyoda budda va moniylikdinlarini tarqalishi va rivojida muhim rol o'yna­gan.
Qadim Baqtriya bag'rida paydo bo'lgan Toxariston zaminiga IV asrga kelib xioniy (xionit) nomi bilan yuritiladigan qabilalar kirib keldi va bu zaminni Sosoniylardan tortib oldi. Chunki Toxariston tuprog'i kushonlar saltanati inqirozidan so'ng Eron Sosoniylari tasarrufida edi, endilikda bu tuproqqa xionit va eftaliy (eftalit) qabilalari harakati boshlanadi. Avvalgi Toxariston yerlariga Sosoniy (III-V asr)lar, so'ngroq Xioniylar va Eftaliy (eftalit, V asr)lar kirib keldi, shu tariqa Toxariston yerlari V-VII asrlar mobaynida Sosoniylar, Xioniylar, Kidariy (ikkinchi bir nomi taxor)lar hamda Eftaliylar o'rtasida talash maydoniga aylandi. Bu voqealar ushbu yurtlarda topilgan Sosoniylar va Eftaliylarning tangalari bilan o'z isbotini topgan. VII asr oxirlari va VIII asr boshlarida bu zaminda Chochdagi turkiy hukmronlar tangalariga taqlidan tangalar zarb etiladi, demak, VIII asrdan e'tiboran bu yurtga Turkiy xoqonlik hukmronligi kirib kela boshlagan ekan. 
Ko'hna Surxon vohasi qadim Baqtriya davlati tarkibidagi viloyatlar sirasiga kirgan, bu eramizdan avvalgi IX-VIII asrlarga to'g'ri keladi. Keyingi asrlarda qadim Baqtriya sarhadlarida yangi davlatlar barpo bo'lib, Baqtriya shu yangi davlatlarning tarkibiy qismlariga aylana boshlaydi. Bular: Ahamoniy (miloddan avvalgi VII-IVasr)lar, Iskandar Zulqarnayn yurish (mil. av. IV asr)lari, Salavkiy (Mil. av. IV-III asr)lar hukumati, Yunon-Baqtriya (mil.av. III-II asrlar) davlati, Saklar (mil. av. II) xuruji, Parfiya davlati (mil. av. I asr), Yuyechje qabila (mil.av. I va milodning I asri)larining kirib kelishi, Kushon saltanati (milodiy I-III asrlar), Eron Sosoniy (III-IV asr)lari shahonshohligi bilan bog'liqlar kasb etadi. Surxondaryo viloyati hududlari ilk o'rta V-VIII asrlarda Taxoriston atamasi bilan yirik tarixiy-madaniy mintaqa tarkibiga tobe edi, ushbu atama dastlab eramizning 383 yilidagi matnlarda paydo bo'la boshlagan. Taxoriston hududlari VI asrga kelib kengaydi va u qator viloyatlarga ega bo'ldi, shunday viloyatlardan Da-mi (Termiz) hamda Chi-o-yan-na (Chag'a­niyon)lar hozirgi Surxondaryo zaminida joylashgan edi. 
Qadim Baqtriya bag'rida paydo bo'lgan Toxariston zaminiga IV asrga kelib xioniy (xionit) nomi bilan yuritiladigan qabilalar kirib keldi va bu zaminni Sosoniylardan tortib oldi. Chunki Toxariston tuprog'i kushonlar saltanati inqirozidan so'ng Eron Sosoniylari tasarrufida edi, endilikda bu tuproqqa xionit va eftaliy (eftalit) qabilalari harakati boshlanadi. Avvalgi Toxariston yerlariga Sosoniy (III-V asr)lar, so'ngroq Xioniylar va Eftaliy (eftalit, V asr)lar kirib keldi, shu tariqa Toxariston yerlari V-VII asrlar mobaynida Sosoniylar, Xioniylar, Kidariy (ikkinchi bir nomi taxor)lar hamda Eftaliylar o'rtasida talash maydoniga aylandi. Bu voqealar ushbu yurtlarda topilgan Sosoniylar va Eftaliylarning tangalari bilan o'z isbotini topgan. VII asr oxirlari va VIII asr boshlarida bu zaminda Chochdagi turkiy hukmronlar tangalariga taqlidan tangalar zarb etiladi, demak, VIII asrdan e'tiboran bu yurtga Turkiy xoqonlik hukmronligi kirib kela boshlagan ekan. 
Endi Chag'oniyon atamasiga kelsak, bu nom yozma manbalarda VI asrdan boshlab uchraydi va solnomavis ad-Dinovariy (vafoti 952)ning «Kitob al axbor»da bitishicha, sosoniy Xusrav I Anushervon (hukmronligi 531-579) qo'shinlari Eftalit (tarixiy manbalarda eftal, xaftal, xaytal, goho eftalon shaklida ham bitiladi) davlatining Toxariston, Kobuliston va Chag'oniyon viloyatlarini bosib oladi. Tarixiy voqealarga murojaat qilsak, 563-567 yillarda Eftaliylar bilan Turkiy xoqonliklar o'rtasida Buxoro o'rtasida to'qnashuv ro'y beradi va ularning birinchisi qattiq shikast topadi. Shikast topgan Eftaliylarning qolgan-qutgan qismi Chag'oniyonga chekinadi va asli Eftaliylardan bo'lgan Chag'oniyon hokimi Fag'onishni o'zlariga yo'lboshchi qilib ko'taradilar. 571 yili Chag'oniyon Xusrav I Anushervon ixtiyoriga o'tadi, bu hodisa ikki xil izohlanadi: Fag'onish go'yo turkiy xoqonlarga qarshi kurashda Anushervonga tayanmoqchi bo'lgan yoki turk xoqoni Istamiy bilan Anushervon shartnomasiga binoan Chag'oniyon Sosoniylarga tegadi. Chag'oniyon Eftaliylar davlati tarkibida yetmish yil turdi, hatto, Chag'oniyon hokimi Eftaliylar uyushmasining rahnamosiga aylandi, ko'rinadiki, Chag'oniyon Sosoniylar va Eftaliylar davlati tarkibida ko'p jihatdan mustaqil bo'lgan. Chag'oniyonda VII asrga kelib sulola almashuvi ro'y beradi, Eftaliylar o'rniga turk xoqonligi sulolasi ustuvorligi kuchaydi. Chag'oniyonni idora qilgan eski Chag'onxudotlar sulolasi o'z mavqeini saqlab qolgan holda Turk xoqonlariga suyandilar, turkiy qabilalarning Chag'oniyonga kirib kelishi 589 yildan boshlanadi.
Turk xoqoni (qoon, qog'on, xoqon, xon) Tun Yabg'u (Yabu-jabu, hukmdor, bak, bek, biy 618-680 yillar) davrida Toxaristonni boshqarish uning o'g'li Tardu Shodi zimmasiga yuklatiladi. Chag'oniyonda turkiy qabilalar sulolasi mustah­kamlanib bordi, Chag'oniyon hukmroni Tish Uzoq Sharq mansha (718-719) larida Toxariston yabg'usi, ya'ni bosh hukmroni tarzida tilga olinishining o'zi jiddiy voqeadir. Ana shu Tish-Chag'oniyonning chag'onxudoti o'z qo'shnilari Shuman va Axarun hukmron (Qoratog' daryosi va Hisor vohasi o'lka)larini bo'ysundirish uchun Qutayba lashkarlarini madadga chaqiradi. Movarounnahr yerlariga onda-sonda hujum qilib, talon-tarojlik yurishlarini amalga oshirib turgan arablar uchun bu qulay hodisa edi. Shu munosabat bilan arab qo'shinlari Surxon vohasiga kirib keldi va Chag'oniyonni egallab oldi. Arablarning Chag'oniyonga ilk hujumi 667 yilda ro'y bergan edi, 651 yili arab qo'shin boshlig'i bilan Chag'oniyon shohi yakkama-yakka jang qilganini yaxshi bilamiz. Bu hodisa va voqealardan shu narsa aniqki, Chag'o­niyon shohi, demak, butun boshli arab bosqiniga qarshi harakatning rahnamosi bo'lgan. Qolaversa, 650 yillarda Chag'oniyon o'lkasining hokimi Turontosh edi, uning ismi turkiy tilli aholi vakili ekanini ochiq ko'rsatib turibdi. Binobarin, ilk o'rta asrlarda Toxaristonda turkiy xalqlarning alohida siyosiy va ijtimoiy mavqeini ilmiy tadqiqotlar aniq isbotlab turibdi.
Qutaybaning Chag'oniyonga kirib kelishi bilan umum Chag'oniyon yangi islom dini ta'siriga berilib ketdi deb bo'lmaydi, balki asl boshqaruv hali-hanuz chag'onxudotlar ixtiyorida edi va ular hukumati oz emas, ko'p emas yuz yilga yaqin turgan. G'alati tomoni shundaki, Markaziy Osiyoning boshqa mintaqalariga yurish qilgan arab qo'shinlariga birinchi galda Chag'oniyon xudotlari (Movaraunnahr viloyatlarini arab istilosigacha bo'lgan davrda turli nomlarda ataluvchi mahalliy hukmronlar boshqarganlar, ya'ni Termizni shoh, Buxoro va Chag'oniyonni xudot, So'g'dni ishxid, Farg'onani afshin, Xo'jandni dehqon, Xorazmni podshoh) harbiy ko'mak berar edi. Chunonchi 706 yilgi Qutayba binni Muslimning Buxoro va Paykandga hamda 737 yilgi Asad binni Abdullohning Xuttal (Xaptal-Eftal) hamda turk qog'onligiga qarshi yurishlarida Chag'onxudot shaxsan hamroq bo'lgan edi. Xuttalning Xutlon (hozirda Xatlon) shaklini shoir Munjik Termiziy bir baytida tilga olib o'tadi: 
Chag'oniyon mulki Toxariston (bu nom hozirgi Afg'oniston islom davlatidagi Taxor viloyati nomida saqlanib qolgan) tarkibidagi eng yirik va eng kuchli o'lka edi, boisi bu o'lkaning o'ziga xos an'analari hamda ajoyib sulolaviy tarixi mavjuddir. Bu hududda katta-katta qishloqlar va ulkan shaharlar qad ko'tara boshladi, bu yurt o'zida zarb qilingan xususiy tangalariga ega edi. Chag'oniyon hukmronlari boshqa uzoq va yaqin hukumatlar bilan diniy, iqtisodiy hamda sulolaviy aloqalarni yaxshi yo'lga qo'ydi, oqibatda, savdo-sotiq ishlari ancha rivoj topdi. Ayniqsa, Afrosiyob saroyi xarobalari topilib ochilgandan keyin Samarqand shohi Varxuman saroyi devorlarida bitilgan bitiklar o'qilgach, shu narsa aniqlandiki, VII asrning 2-yarmida Samarqandga (650-670 yillar) Chag'oniyon davlati elchilariga devonxona boshlig'i, ya'ni dapirat (dabir-yozuvchi-kotib) rahbarlik qilgan ekan va Samarqand shohi Varxumanga sovg'a-salomlar bilan birgalikda kelin ham olib kelgan ekan. Yana ham qizig'i shundaki, Chag'onxudotlarning hukmronligi kezlarida 719 yilda Chag'onxudot Tish (Tishtriya-Sirius, avestacha, eng ravshan yulduz) tarafidan Chin (Xitoy)ga moniylik dini peshvosi Mo-Jo boshchiligidagi elchilar jo'natilganini ham bilamiz. Qarang, Surxon vohasi Zardushtiylik va Buddaviylik dinlarining maskani bo'lishi barobarida bu yerda demak, Moniylik dini ham rivoj topgan va rasm bo'lgan ekan.
Endi umumiy xulosalarga kelsak, Chag'oniyonda VI-VII asrlar chog'i shohlar saltanati (bu hodisa sosoniylar bilan bog'liq) hukm surgan, so'ngra VII asrning 2-choragidagi turkiy xoqonlikka tobin Yabg'u hamda Shodilar ustuvorligi ro'y bergan. VIII asrdan boshlab Chag'onxudotlar hukmronligi o'z faoliyatini boshlaydi va bu qancha davom etganligi ma'lum emas. Har holda Chag'onxudotlarning hukmronligi arab istilosidan so'ng barham topgan ko'rinadi. Ana shu zaylda arab istilosining yemirilishi bilan, bizningcha, Termiz va Chag'oniyon asta-sekin Tohariylar hamda Somoniylar davlati tasarrufiga o'ta boshlaydi. IX asrning 2-yarmidan boshlab Chaoniyonda bizga noma'lum bo'lgan amirlar sulolasi hukmronlik qilgan, ammo X asrdan e'tiboran bu zaminda Muhtojiylar sulolasi ustuvorligi sezilarli darajada oshib boradi. Bu yurt X-XII asrlar mobaynida Qoraxoniylar, G'aznaviylar va Saljuqiylar qaramog'iga kirganligi tarixdan ma'lum.
Chag'oniyon amirligi sarhadlari keng bo'lib, uning hududlariga Boysunu Darband, shimoldan Hisoru Dushanbe, janubdan Jarqo'rg'ondan yuqori tumanlar, sharqdan Bobotog' etaklarigacha cho'zilgan zaminlar kirgan. Umumvoha Chag'oniyon nomi bilan yuritilgan, qadimda Surxon daryosi esa Chag'onrud deyilgan, Chag'oniyon va Chag'onrud ko'hna Sak elati nomi ila hamohangliklar kasb etadi, ya'ni daryo atamasi Sakonrud-Shakonrudning talaffuzdagi o'zgarishlari natijasidir. Bu esa Chag'oniyon (Sakoniyon-Shakoniyon yoxud Chag'on-Sakon-Shakon-Chakon)ga ham to'kis taalluqlidir. Zero, bu nom ayrimlar aytganidek Chag'ona so'zi (qizil yoki musiqa asbobi)ga mutlaqo aloqador emas. Saklarning Baqtriya bilan aloqasi qadimdan mavjud ekanligi ma'lum, chunonchi Ahamoniylar davridayoq, balkim undan ham ilgari Sak va Boxtarlarning qo'shinlari yagona lashkarga biriktirilib Eron-Yunon urushlarida qatnashganini yaxshi bilamiz. Chag'oniyonning qadimgi markazi hozirgi Qizilsuv (Sangardak)ning Surxonga quyiladigan chap sohilida xarobaga aylangan Budrachtepa o'rnida bo'lgan, keyinroq bu markaz hozirgi Denovga ko'chgan. Voha ham va uning markazi ham Chag'oniyon deyilgan, arab manbalarida Chag'oniyon Sag'oniyon tarzida bitilgan. Bu esa arab tilida «ch» tovushning yo'qligi tufayli ro'y bergan hodisadir.
Chag'oniyon shahri haqida ilk bor xitoy tarixchi sayyohi Syuan Szyan xabar beradi, bu 630 yillar atrofiga to'g'ri keladi. Syuan o'z kundaligida ushbularni bitib qoldirgan: «Chag'oniyon shahri 10li (bu 3 km.ga to'g'ri keladi) masofada o'rab olingan va Termiz shahridan ikki marta kichik, lekin Qabodiyon markaziy shahri bilan teng». X asrga kelib muarrix al-Istaxriy (849-934) ma'lumotlari shuni ko'rsatadiki, endilikda, Chag'oniyon shahri o'z maydoni jihatidan Termizdan katta, biroq Termiz o'z aholisi va boyligiga ko'ra Chag'oniyondan ustunroq ekan. Qisqasi, Chag'oniyon shahri oxirgi uch yuz yil ichida shimoliy Toxaristonning madaniyati eng yuksak rivojlangan, ilm-fan ravnaq topgan markaziy shaharlaridan biri sifatida barcha sarchashmalarda ulug'lanadi. 
Tarixchilardan al-Istaxriy («Kitob al masolik val mamolik»-«Mamlakatlar masalasi kitobi», 933 yil) va al-Muqaddasiy (946-1000. «Ahsan at taqosim fi ma'rifat al iqlim»-«Iqlimlarning to'g'ri va ilmiy taqsimoti» 985 yil)larning yozishicha: «Chag'oniyon shahrida qo'rg'on bo'lib, unda chiroyli va katta bozor bor, bozor o'rtasida xushbichim masjid qad ko'tarib turadi, masjidda maxsus pishiq g'ishtli xonalar mavjud. Shahardagi har bir xonadon suv bilan ta'minlangan, sug'orish ishlari yaxshi yo'lga qo'yilganidan shahar atrofi qalin ko'kalamzor bilan qoplangan, turli anvoyi o'simliklar bilan o'ralgan, o'tning balandligidan otlar ko'rinmaydi, qishda bu yerda qush ovlanadi. Shahar ahli asli musulmon bo'lib, ular o'ta mehmondo'st xalqdir...». Manbalarda goho daryo nomini Chag'oniyon ham deyishgan, chunonchi ?qut Hamaviy (1179-1229) «Mo''jam al-buldon» («Shaharlar lug'ati»)da Termiz haqida gapirar ekan: «Termiz-Amudaryoning sharqiy tomoniga joylashgan katta shahar. Uning hokimi turadigan joy as-Sag'oniyonga yopishgan». Matnda keltirilgan as Sag'oniyon aslida Chag'oniyon bo'lib, demak qadimda Surxon (Chag'onrud-Sag'onrud) ba'zan voha nomi kabi Chag'oniyon deb yuritilgan ekan. Buni Hofizi Abru (1362-1431) ham tasdiqlaydi: «Termiz-Jayhun kanori bo'yida shahar... Ekinzorlari Chag'oniyon (Surxon) suvidan ichadi». Ammo daryo aksar holda Chag'onrud nomi ila atalishini «Hudud al olam» kitobi isbotlaydi: «Chag'onrud Chag'oniyondan oqadi va Termiz yonida Jayhunga quyiladi».
Chag'oniyon ko'hna zamin, u turli zamonlarda turfa nomlarda ataladi, chunonchi, Baqtriya, Yunon-Baqtriya, Kushon, Toxariston, Chag'oniyon va nihoyat hozirgi atamasi Surxondaryo nomini olgan. Baqtriya degan yurtda Bubaken, Gaboz, Pareytaken nomli viloyatlar borligi tarixda raqam etilgan va Rustam hamda Alpomish turkum dostonlarning yaratilishi, tarqalishi holatlari ham Surxon zamini bilan bog'liq ekanligi ancha muhimdir.

FAN DASTURIGA MUVOFIQ AMALIY MASHG‘ULOTLAR MAVZULARI





Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin