Topshiriqlar variantlari: Mavzuni o‘rganishda turli adabiyotlarda mavjud ma’lumotlarni jamlash, tahlil etish birinchi savolning asosiy mazmunini ochib berishga e’tibor qaratish.
Ikkinchi va uchinchi asosiy savol mohiyati haqida ma’lumotlar, faktlar berish, voqea-hodisaning sabablarini ochib berish lozim.
Tarixiy voqeani qiyoslash va solishtirish, tahlil etish orqali mustaqil fikr va xulosalar tayyorlash.
“Case study” Insoniyat tarixining temir davri sivilizatsion jarayonlarning boshlanishi deb hisoblanadi. Unga qadar ibtidoiy davrlarga nisbatan madaniyat tushunchasi shartli ravishda qo‘llanadi. Jahon miqyosida sivilizatsiyaning ilk o‘choqlari haqida ilmiy va ko‘plab ilmiy ommabop adabiyot yaratilgan. Shu jumladan O‘rta Osiyo va kengroq ma’noda Markaziy Osiyo ilk sivilizatsiyasi haqida ham adabiyot yetarli. Shular asosida jahon sivilizatsiyasi o‘choqlari va Markaziy Osiyo sivilizatsiyasining qiyosiy tafsilotini yarating.
Nazorat savollari: 1) Mavzuning mohiyatini sharhlang!
2) Mavzu bo‘yicha manbalarda keltirilgan ma’lumotlarni bilasizmi?
3) Mavzuda keltirilgan tarixiy hudud bugungi qaysi viloyat, shahar hududiga to’ri keladi?
Xorijiy va mahalliy adabiyotlar ro‘yxati: 1. Бўриев О. Марказий Осиё тарихий географияси, ЎзМУ, Т., 2014
2. Камалиддинов Ш.С. Историческая география Южного Согда и Тохаристана по арабоязичним источникам IХ – начала ХIII вв. Т., 1996.
3. Merrills A.H. History and geography in Late Antiquity, Cambridge University Press, 2005, P. 406
4. Бўриев О. Ал-Фарғоний ва унинг илмий мероси. Т., 1998.
5. Малявкин А.Г. Историческая география Центральной Азии (Материали и исследования). Новосибирск СО, 1981
6. Муҳаммад ибн Мусо ал-Хоразмий. Танланган асарлар (Кириш сўз, таржима ва изоҳлар А.Аҳмедовники). Т., 1983.