Ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyasi XX asrning boshida Angliyada shakllandi. Uning asoschisi ingliz psixologi Uilyam Makdugall bo'lib, u o'zining 1908 yilda yozgan "Ijtimoiy psixologiyaga kirish" kitobidagi inson xulq-atvorlarining motivi yoki uni harakatga keltiruvchi kuch instinktlardir, - deb yozgan. Keyinchalik u instinkt tushunchasi bilan birga layoqat, intilish iboralarini ham ishlata boshladi. Uning fikricha, xulq-atvorni ta'minlovchi narsa tug'ma, psixofiziologik tayyorlik holati bo'lib, u nasldan-naslga uzatiladi. Makdugall barcha harakatlarni refleksiv holda tushuntirishga intilib, refleksiv yoyga xos bo'lgan barcha qismlar — ya'ni efferent qabul qiluvchi, reseptiv bo'lim, efferent (harakat) va markaziy bo'limdan iborat tizim sifatida tasavvur qiladi. Barcha ijtimoiy harakatlar ham ana shunday refleksiv tabiatga egadir, deb uqtiradi u. Shunga o'xshash fikrlar E. Ross ("Ijtimoiy psixologiya ) va Dj. Bolduin ("Ijtimoiy psixologiya bo'yicha tadqiqotlar") qarashlarida ham rivojlantirilgan. Masalan, Bolduin ikki turli irsiyat xaqida — tabiiy va ijtimoiy irsiyat haqida yozib, ijtimoiy odamlardagi taqlid qilish qobiliyati bilan bog'liq, deb yozadi. Jamiyatda yashayotgan odamlar bir-birlariga ta'sirlarini o'tkazishga moyildirlarki, bu narsa ular o'rtasidagi munosabatlarni boshqarib turadi. Shunday qilib, bu yo'nalish tarafdorlarining fikricha, barcha ongli harakatlarning boshi — ongsizlikdir, ya'ni instinktlar bo'lib, ular asosan hissiyotlarda namoyon bo'ladi. Hissiyot bilan instinktlar bog'liqligini Makdugall juftliklarda ko'rsatishga harakat qilgan: masalan, kurash instinkti — qo'rquv, g'azab hissi; nasl qoldirish instinkti — rashk ayollardagi tobelik hissi; o'zlashtirish instinkti — xususiylikka intilish hissi va hokazo. Ijtimoiy hodisalarni tushuntirishda tug'ma instinktlar rolining yuqori qo'yganligi uchun bu nazariya ilmiy taraqqiyot bosqichida salbiy o'rin tutdi, deb aytishimiz mumkin. Lekin uning ayrim hodisalar sabablarini tushuntirishga harakat qilishi fan oldiga ulkan vazifalarni qo'ydi. Ijtimoiy psixologiya fan sifatida ana shu muammolarni tadqiq qilishi lozim edi. Demak, yuqorida to'xtab o'tilgan uchala nazariyaning ahamiyati shundan iborat ediki, ular yangi tug'ilishi lozim bo'lgan fan — ijtimoiy psixologiyaning tadqiqot mavzuini ochib berdi. Qolaversa, bu uchchala yo'nalish ham nazariy qarashlarni isbot qilishda ob'ektiv tekshiruv usuli hisoblangan eksperimentdan foydalanish zaruriyatini ko'rsatdi. Bu narsa yana bir bor maxsus fanning kelajak rejalarini aniqlashga yordam berdi. Ijtimoiy psixologiya fani predmeti
Hozirgi kunda uning predmetini quyidagicha ta'riflash mumkin: ijtimoiy psixologiya - odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyatlari jarayoni davomida ularda hosil bo'ladigan tasavvurlar, fikrlar, e'tiqodlar, g'oyalar, his-tuyg‘ular, kechinmalar, turli xulq-atvor shakllarini tushuntirib beruvchi fandir. Chunki ko‘p vaqt davomida ijtimoiy psixologiya fanining predmeti borasida tortishuvlar kechgandir. Sababi - ijtimoiy psixologiya fani ikki turdagi qonuniyatlar — ijtimoiy taraqqiyot hamda psixik taraqqiyot qonuniyatlari bilan ish olib boradi. Shuning uchun bo'lsa kerak ijtimoiy psixologiyaning mavzu bahsi va u o'rganadigan sohalar borasida turlicha qarashlar va tortishuvlar mavjudligini kuzatamiz. Masalan, taniqli nemis olimlari G. Gibsh va M; Forverglar bu fanning predmetiga quyidagicha ta'rif beradilar: "Odamlar uyushmasi kooperatsiyalar — ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning asosidir, uning ob'ekti esa ijtimoiy o'zaro ta'sirdir". Demak har qanday odamlar uyushmasida sodir bo'ladigan o'zaro ta'sir jarayonlari, ularni uyushishga majbur qiladigan shart- sharoitlar hamda motivlar ijtimoiy psixologiya o'rganishi kerak bo'lgan sohalardir. Rus sotsiologlari G.P. Predvechniy va Yu.A. Sherkovinlarning "Sotsial psixologiya" kitobida esa uning predmeti"... ob'ektiv borliqning va unda ro‘y beradigan hodisalarning psixika tomonidan o'ziga xos tarzda in'ikos etilishidir", — deb hisoblaniladi. Bu mualliflar ijtimoiy psixologiyaning barcha o'rganish ob'ektlarini sharhlar ekanlar, ko'prok sotsiologik yondashish bilan muammolarni yechishga harakat qilganlar. Ijtimoiy psixologiyaning mavzu bahsini ta'riflashga aynan psixologik yondashuv A.V.Petrovskiy va V.V. Shpalinskiylarning «Jamoaning ijtimoiy psixologyasi» kitoblarida bayon etilgan. Bu mualliflarning fikricha, «Ijtimoiy psixologiya — psixologiya fanining shunday tarmog'iki, u turli uyushgan va uyushmagan guruhlardagi odamlarning muloqati, o'zaro ta'sir va munosabatlaridan kelib chiqadigan psixik hodisalarni o'rganadi." Shuning uchun ham G.M.Andreyeva ijtimoiy psixologiyaning mavzu bahsi xaqidagi hozirgi zamon qarashlarini umumlashtirib, bu o'rinda uch xil yondashish borligini e'tirof etadi. Birinchisi, sotsiologik yondashish bo'lib, uning tarafdorlarining fikricha, ijtimoiy psixologiya asosan ommaviy psixologik jarayonlarni—xalqlar psixologiyasi, ommaviy marosimlar, udumlar, rasm-rusmlarning inson ongiga singishi, ijtimoiy xulq-atvorda namoyon bo‘lishini o‘rganishi kerak. Ikkinchi—psixologik yondashuv tarafdorlari asosan psixologlar bo‘lib, ular asosiy diqqatni shaxsning ijtimoiy psixologik xislatlariga, uning turli guruhlarda tutgan o‘rni, mavqei, ijtimoiy ustanovkalar va hokazolarga qaratmoq lozim, deb hisoblaydilar. Shu bilan birgalikda, hozirda ham sotsiologik ham psixologik qarashlarni birgalikda mujassamlashtirayotgan olimlar ham borki, ular ham ommaviy jarayonlarni, ham shaxsninig shu jarayonlardagi xulq-atvorlari motivlarini o‘rganishni yoqlab tadqiqotlar o‘tkazmoqdalar. Amerika ijtimoiy psixologiyasida ham ijtimoiy psixologiyaning mavzu bahsi borasida uzoq tortishuvlar mavjud bo‘lgan. Chunki, shu paytgacha shaxs va jamiyat muammolari sohasida ikki xil yondashuv bo‘lib kelgan edi: psixologiya inson tabiatini, uning psixikasini, sotsiologiya esa, jamiyat tabiati, psixikasini o‘rganib keldi. Ijtimoiy psixologiya paydo bo‘ldiki, u insonning jamiyatga munosabatining psixologik tomonini o‘rganmoqda. Demak, har bir shaxsning jamiyatda yashashi, uning ijtimoiy normalarga rioya qilgan holda o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan o‘rnatadigan murakkab o‘zaro munosabatlari va ularning ta’sirida hosil bo‘ladigan hodisalarning psixologik tabiatini va qonuniyatlarini tushuntirib berish - ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifasidir. Bundan kelib chiqadigan umumiy ta’riflarga binoan, ijtimoiy psixologiya ijtimoiy muloqotning murakkab shakl va mexanizmlarini o‘rganuvchi fandir. Ijtimoiy psixologiya fanining vazifalari
Ijtimoiy psixologiya va umuman ijtimoiy faoliyat 6ilan shug‘ullanuvchi fanlarning asosiy vazifasi - barkamol avlod tarbiyasini ta’minlovchi barcha ma’naviy, ruhiy va insoniy munosabatlar mohiyatini tahlil qilish, ularni boshqarishning eng samarali usullarini xayotga tadbiq etishdir. Bu o‘rinda, ayniqsa ijtimoiy tafakkurning, yangicha dunyoqarash va munosabatlarning shakllanishini, insonning o‘ziga va o‘zgalarga ta’sir etishining mexanizmlarini o‘rganish eng dolzarb masalalardandir. Taniqli fransuz olimi Serj Moskovisi: “Ijtimoiy psixologiyaning vazifalarini bevosita jamiyat belgilaydi”, deb yozgan edi. Demak, fan sifatida ijtimoiy psixologiyaning oldida turgan vazifalari, muammolari bevosita jamiyatdan kelib chiqadi. Xo‘sh, bugungi kunda ijgimoiy psixologiya fan sifatida o‘z bahs mavzusini o‘z predmetini qaysi ob’ektlarga qaratmoqda va bundan kelib chiqib bu fan oldida qanday vazifalar mavjud? Kichik guruhlar va jamoalar psixologiyasi