Toshkent davlat sharqshunoslik instituti


  Yaponiya iqtisodiyoti tuzilmasi va tarkibi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/14
tarix15.06.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#130733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1.2. 
Yaponiya iqtisodiyoti tuzilmasi va tarkibi.
 
XX asrning 60-yillaridan boshlab Yaponiyaning «iqtisodiy mobjiza»si 
jahonni hayratga sola boshladi. Buning sababi II jahon urushida yengilib, atom 
bombasining dahshatlarini o‘z boshidan o‘tkazgan mamlakatning tezlik bilan 
qaddini rostlagani va misli ko‘rilmagan sur‘atlarda tez rivojlanishga erishgani edi. 
Ana shunday muammolarni yengib о‘tа olgan va yuksak rivojlanish marralarini 
egallagan Yaponiyaning iqtisodiy taraqqiyot yo‘li hozirgi vaqtda ko‘pgina 
rivojlanayotgan davlatlar, shu jumladan, O‘zbekiston uchun ham ibrat bo‘lishi 
mumkin. 
Yaponiya «iqtisodiy mo‘jiza» sining asosiy manbayi, mutaxassislar 
xulosasiga ko‘ra, yapon millatining yuqori darajadagi mehnatsevarlik va mehnat 
intizomi, uyushqoqlik va sabr-toqat, ishga mas‘uliyat hissi va tejamkorlik kabi 
ijtimoiy ko‘rsatkichlaridir. 
«Iqtisodiy mo‘jiza»ning sabablari qatoriga yana harbiy tayyorgarliklardan 
tiyilib borishi (konstitutsiyaga kobra Yaponiyada milliy daromadining atigi 1 
foizdan ortiq bo‘lmagan qismini harbiy xarajatlarga ajratish mumkin) ham kiradi. 
Yaponiya iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakat. YAMD ning 
umumiy hajmi (4390 mlrd. AQSh dollari)ga ko‘ra dunyoda AQShdan keyin 
ikkinchi o‘rinni egallaydi. Unda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari yaxshi 
rivojlangan. 
Yoqilg‟i-energetika sanoatida gidro, geotermal, quyosh, dengiz elektr 
stansiyalari ham o‘z hissasini qo‘shsalar-da, asosiy ishni import yoqilg‘ilar asosida 
ishlaydigan IES va AES lar bajaradi. Mamlakat har yili 200 mln. t. ga yaqin neftni 
import qiladi. Shu sababli Yaponiya elektr energetikasida tobora AES lar hissasi 


10 
ortib bormoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatda 30 dan ortiq atom elektr stansiyalari 
qurilgan. 2003 yilda 950 mlrd kVt/soat elektr energiya ishlab chiqarildi. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin