O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI
“Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va Janubiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti va
mamlakatshunoslik” kafedrasi
REFERAT
Mavzu: “Yaponiyada tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash
mexanizmi”
Bajardi:
4
-kurs yapon-ingliz guruhi talabasi
Ishanova Nigora Rixsulla qizi
Toshkent 2014
Reja:
1. Kichik va o’rta biznes atamasi va davlat tomonidan kichik va o’rta biznesni
qo’llab – quvvatlash siyosatining nazariy asosi
2. Yaponiyada kichik va o’rta biznesni qollab quvvatlash bilan shug’ullanuvchi davlat
tashkilotlari
3. Kichik va o’rta biznesni rivojlantirish maqsadida qabul qilingan qonunlar
4.
YAPONIYADA DAVLATNING KICHIK VA O’RTA BIZNESNI QO’LLAB – QUVVATLASH
YO’NALISHLARI
5. Xulosa
1. Kichik va o’rta biznes atamasi va davlat tomonidan kichik va o’rta biznesni
qo’llab – quvvatlash siyosatining nazariy asosi
Kichik va o’rta biznes – u mustaqil xo’jalik subyekti bo’lib, foyda olish maqsadida mahsulot
ishlab chiqarish, ximat kor’satish ishlari bilan shug’ullanadi. Biznesni klassifikatsiya qilishda turli
omillar rol o’ynaydi.Lekin ulardan asosiysi korxona ko’lamini aniqlashdan ishchilar sonidan
foydalanishdir.Korxonalarni quyidagi turlarga bo’lish mumkin.
Ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi (nimani qanday ishlab chiqarish
jarayonini o’z ichiga oladi)
Tijorat faoliyati bilan shug’ullanucvchi (nimani va qancha sotib olish, sotish va
taqsimlash jarayonini o’z ichiga oladi)
Mahsulotni taqsimlovchi (mahsulotlarni iste’mol, ayirboshlash, yig’ish jarayonini o’z
ichiga oladi.
Ishchilar soniga ko’ra korxonalarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Kichik korxonalar, yoki kichik biznes (100 kishigacha);
O’rta korxonalar, yoki o’rta biznes ( 500 kishigacha);
Katta korxonalar, yoki katta biznes ( 500 kishidan ko’p);
Undan tashqari korxonalarni tavsiflashda quyidagilardan ham foydalaniladi:
Mulk turiga ko’ra (xususiy yoki davlat korxonasi);
Faoliyat turiga ko’ra;
Ishlab chiqaruvchi mahsulotning turiga ko’ra;
Raqobat kurashini yuritish usuli va metodiga ko’ra;
Turli xil uyushmalar va birlashmalarga a’zoligiga ko’ra;
Tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy tuzilishiga ko’ra;
Kichik va o’rta biznesning o’ziga xos hususiyati sifatida quyidagilarni aytib o’tish mumkin:
1. Mahalliy bozorda faoliyat olib borishi;
2. Bozor o’zgarishlariga tezda ko’nika olish;
3. Iste’molchi bilan to’gridan to’g’ri aloqa;
4. Tovar va xizmatlar bozorida tor sohaning egallanganligi;
5. Kam capital bilan biznes boshlash imkoniyatining mavjudligi;
6. Yangiliklarni tez o’zlashtira olish;
7. Keng ommani faol tadbirkorlik faoliyatiiga jalb eta olish, bo’sh ish o’rinlarining yaratilishi;
Davlat tomonidan kichik va o’rta biznesni qo’llab-quvvatlash quyidagi yo’nalishlarda amalga
oshiriladi:
1. Moliyaviy ko’mak – bunga misol qilib turli xil subsidiyalar, masalan, bank kreditlari
foizlarini kamaytirish, ijara haqidan ozod etish, davlat investitsiyalarini joriy qilish, alohida
kafolat qog’ozlari (masalan kredit olishga kerak bo’luvchi) joriy qilishdan iborat,ammo
lekin bunday turdagi ko’mak ma’lum bir sohaga qaratilgan bo’lib, masalan alkogol savdosi
bilan shug’ullanuvchi, yoki, foydali qazilmalar oldi – sotdisi bilan shug’ullanuvchi
korxonalar bundan mustasno;
2. Mulkiy ko’mak – bunda korxonalar davlat yoki hokimiyat mulkini ijaraga olish huquqiga
ega bo’ladilar,bunga misol qilib, yer maydonlari, inshootlar, turar joy bo’lmagan binolar,
uskunalar, jihozlarni chegirmalar asosida ijaraga olishni kiritish mumkin. Lekin bularni
sotish, garovga qo’yish va kapital sifatida kiritish ta’qiqlanadi.
3. Axborot ko’magi – davlat va davlat organlari tomonidan, kichik va o’rta biznesni qo’llab –
quvvatlash usullari haqida o’z saytlarida yoki OAV orqali axborot berib borish, kerakli
hujjatlar haqida ma’lumotlar va korxonalar uchun marketing, iqtisodiy va ishlab chiqarish
texnologiyasi haqida yangi ma’lumotlar berib borishdan iboratdir.
4. Maslahat ko’magi – davlat tomonidan korxonalarga huquqiy va buxgalteriya masalalarida
maslahat beruvchi tashkilotlarni tuzish bilan amalaga oshiriladi. Bu maslahatlar bepul
bo’lishi lozim.
5. Malakali kadrlarni tayyorlash, xodimlar malakasini oshirish bo’yicha ko’mak - bunda
davlat tomonidan xodimlar malakasi oshirish va yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida
alohida tashkilot tuzilishi, ilmiy va metodologik izlanishlar olib boorish uchun qulay sharoit
yaratish bilan baholanadi.
Bularga misol qilib korxonalarni kreditlash uchun fondlar tuzish, yarmarkalar o’tkazish,
texnoparklar tashkil etish, palatalar tuzish kabilarni aytish mumkin. Bunday siyosat davlat miqyosida
bo’lganidek,alohida hudud yoki viloyat miqyosida ham o’tkazilishi mumkin.