Toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 71,17 Kb.
səhifə8/8
tarix24.12.2023
ölçüsü71,17 Kb.
#192075
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti-fayllar.org

Avvalgi nashr 

Yangi nashr 
Turi

Kapital hajmi


(million yen) 
Ishchilar soni
Ishlab chiqarish 
100 dan kam
300 or less 
Turi
Kapital hajmi

(million yen)


Number

of Employees


Ishlab chiqarish 
300 dan kam
300 dan kam 

Ulgurji savdo


30 dan kam 
100 dan kam
Chakana savdo 
10 dan kam
50 dan kam 
Ximzmat ko’rsatish
Ulgurji savdo 

100 dan kam


100 dan kam 
Chakana savdo
50 dan kam 
50 dan kam
Xizmat ko 
Rsatish
100dan kam 
3.YAPONIYADA DAVLATNING KICHIK VA O’RTA BIZNESNI QO’LLAB – QUVVATLASH 

YO’NALISHLARI 
Yaponiyada 1964 – yildan boshlab kichik va o’rta biznesning “Oq kitobi” chop etila boshlandi. Unda har 

yili korxonalar haqida ma’lumot, o’tga yil sarhisobi va kelasi yil rejalari qayd etiladi. 1970 – yildan boshlab esa,


kichik va o’ta biznesni rivojlantirishda subpudrat aloqalarini rolini oshirish asosiy yo’nalish sifatida belgilandi.
Ularga beriluchi moliyaviy yordamga to’xtaladigan bo’lsak, aslida davlat tashkiloti hisoblansada, Savdo va 

sanoat markaziy kooperativ banki o’zining 90% ssuda kapitalini hususiy sektor hisobiga amalga oshiradi. Kichik va


o’rta biznesga moliyaviy ko’mak beruvchi Davlat koorporatsiyasi faqatgina yetakchi 22 ta sohaga kredit va 
subsidiyalar ajratadi.
Undan tashqari juda mayda korxonalarga moliyaviy yordam ko’rsatuvchi milliy koorporatsiya ham mavjud 

bo’lib, bu kreditlarning muddtai juda uzoq, ammo summasi kichkinadir. Alohida Yaponiya hos bo’lgan usul ham


mavjud bo’lib, bu zayomlarni kafolatlashni kiritish mumkin.
Yaponiyada qaytmas moliyaviy yordam turi ham mavjud bo’lib, unga ilmiy tadqiqot ishlari uchun 

sarflanuvchi harajatlar kiritiladi. Budjetdan kichik va o’rta biznesni qo’llab – quvvatlashga bo’lgan harajatlar 80 –


yillarda 0,5%ni tashkil etgan bo’lsa, 1995 – yillarga kelib ular 0,26 % ga 2009 – yilga kelib esa 1,5 % ga 
kamaytirilgan.
Yaponiyada konsalting xizmat ko’rsatish keng yo’lga qo’yilgan. Bu bilan Savdo sanoat palatasi 

shug’ullanadi. Bu xizmat bepul bo’lib, 2013 yilga budjet harajatlarining 5,7 mln yennii tashkil etdi.


Moliyaviy yordam turi hisoblanuvchi soliq yuki yengillashtirish kichik va o’rta biznesga berilayotgan 

yordamning asosiy qismini tashkil etadi. Korporatsiya solig’ining qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanuvchi


korxonalarga 30%ga kamaytirilgani bunga yaqqol misoldir. Kichik korxonalarni uskuna bilan ta’minlash 
maqsadida, ular sotib olgan uskuna qiymatining 30% gacha bo’lgan miqdorini , korporatsiya solig’ining 20 % idan
chegirib qolinishi mumkin. 
7

Bilamizki, 2013 yil aprel ayidan boshlab, Yaponiya soliq tizimiga o’zgartirishlar kiritildi. Unga ko’ra, yirik


koroxonalarning soliq stavkasi 30% deb, kichik va o’rta korxonalar uchun 20% etib belgilandi. Undan tashqari 
quyidagi qoidalar ham mavjud:
Korxona turi 
Daromad miqdori
Soliq stavkasi 
Yirik korxonalar
30% 

Kichik va o’rta korxonalar


Yiliga 8 mln yendan ko’p 
15%
Ustav kapitali 100mln yendan 

ko’p korxonalar


Yiliga 8 mln yendan ko’p 
19%

7
“Business and taxation guide to Japan” Nagamine Mishima, 2013y. 3-bet. 




Kichik va o’rta biznesga ishchilarni jalb etish maqsadida 2013 – 2016 yillarda ish haqida darajasini oshirish 


ko’zda tutilgan bo’lib, yirik korxonalarda 10% ga, kichik va o’rta korxonalarda esa 20% ga oshishi rejalashtirilgan.
8

Kichik va o’rta biznesga nisbatan olib borilgan soliq siyosati 2006 yil 31 – martidan, 2012 yil 1- apreliga qadar 3


mln yenga kamaytirilgan.
Shunga qaramasdan, Yaponiya korxonalari yiliga 14 marta soliq to’lovlarini amalga oshiradilar, 330 soat
vaqt ushbu hujjatlarni to’ldirishga sarflanadi. Hamda yillik foydaning 49,7 % i soliqlar uchun ishlatiladi. 
Yaponiyada mulk solig’i ham mavjud bo’lib, u soliqqa tortiluvchi foydaning 6,585% ga 530 ming yen qo’shib
to’lash bilan amalaga oshiriladi. Undan tashqari yangi oshiluvchi korxonalar uchun ro’yxatdan o’tish va litsenziya 
boji ham mavjud bo’lib, u ustav kapitali 70 % ining 0,4%ga tengdir. Ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug’ullanuvchi
korxonalar solig’i 12% ni tashkil etadi. 
2012 yilga kichik va o’rta biznesni rivojlantirishda quyidagi ishlar amalga oshirildi: 

Mahalli iqtisodni qo’llash va kichik va o’rat biznesda mahalliy talabni paydo qilish uchun:


Ishlab chiqairishga subsidiyalar
100,7 mln yen
Hududda talab yuqori bo’lagan kichik va o’rta 
biznesni tashkil etishga subsidiyalar
20 mln yen 
Inson omillarini qo’llab – quvvatlashga bo’lgan
loyihalar
28,2 mln yen
Xorijda savdoni amalga oshirish uchun loyihalar
2 mln yen
Kichik va o’rta korxonalar biznesini jonlantirish maqsadida 
Boshqaruv hujjatlarini to’ldirishda maslahat
ishlarini olib borish 
40,5 mln yen
Yangi kichik va o’rta biznesni tashkil qilish 
289,3 mln yen
Kichik hajmli subpudratchilar loyihalari 
0,7 mln yen
Sanoat kichik va o’rta biznesida tadqiqot ishlari 
uchun
11,9 mln yen 

Korxonalarning xorij bozorida faoliyatini


kengaytirish uchun 
3,2 mln yen
Moliyaviy ko’mak 
26,5 mln yen

Xodimlar malakasini oshirish va kadrlar tayyorlash maqsadida tashkil etilgan “Kichik va o’rta biznes


Agentligi” qoshidagi 9 ta universitetda har yili 16000 hodimga ta’lim beriladi. Hozirgacha uning bitiruvchilari soni 
560000 tani tashkil etgan.
Bundan tashqari ilmiy tadqiqot va konstruktor ishlari uchun har yili budjet mablag’lari hisobidan 23 mln yen 

ajratiladi. Umumiy hisobda kichik va o’rta biznesni qo’llab – quvvatlash uchun budjet harajatlari 2012 yilda 180,2


mln yenni, 2013 yilda esa 181,1 mln yenni tashkil etgan. Bu 2012 yilga nisbatan 0,9 marta , yoki, 0,5 % ga ko’pdir.
Moliyaviy yordamdan tashqari kichik biznesga ishchilarni jalb etish maqsadida 292 ta ish ko’rgazmalari o’tkazildi.
Davlat tomonidan moliyaviy yordamdan tashqari, kichik biznesga subpudratchilar tomonidan kiritilgan 

mablag’ 2012- yilda 590 mln yenni tashkil etgan.


8
“ Japan Tax Update” Issue 83// January 2013 by Ministry of Finance. http//: www.pwc.com/jp/tax 



Xulosa 
Kichik va o’rta biznesmamlakat iqtisodiyotining ajralmas qismidir. Ayniqsa, eksport siyosatini amalga 
oshiruvchi Yaponiyani kichik biznessiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Kichik biznes turi uning olib borayotgan faoliyati,
ishchilar soni va kapital miqdoriga qarab baholanadi. Yaponiyaning 1963 - yilda qabul qilinga “Kichik va o’rta 
biznes haqida Asosiy qonun” ga ko’ra 300 mln yenda kam kapitalga ega, hamda, 300 kishidan kam ishchi kuchiga
ega korxonalar kichik va o’rta biznes sirasiga kiradi. Kichik biznesni rivojlantirish Yaponiyada avvaldan yo’lga 
qo’yilgan bo’lib , uzoq vaqt davomida uning institutsional va huquqiy asoslari tashkil qilib kelindi. Kichik va o’rta
biznes korxonalarini nazorat qilish bilan Iqtisodiyot, savdo va sanoat Vazirligi qoshida tashkil etilga “Kichik va 
o’rta biznes Agentligi”ni aytish mumkin. Asosiy davlat organi sifatida Iqtisodiyot, savdo va sanoat Vazirligi, Moliya
Vazirligi faoliyat yuritadi.
Kichik va o’rta biznesni qo’llab – quvvatlashning o’ziga xos yo’nlaishlari mavjud. Yaponiyda asosan 

quyidagi yo’nalishlarni ajratish mumkin:


1. Moliyaviy yordam berish, davlat hisobidan subsidiyalar , kreditlar ajratish, soliqlardan chegirmalar taqdim 
etish, unda tashqari Yaponiyaga xos bo’lgan zayomlarga kkafolatlar taqdim etish yo’lga qo’yilgan. Bunday
faoliyat bilan Kichik va o’rta biznes moliyaviy korporatsiyasi, Milliy moliyaviy korporatsiya kabilar 
shug’ullanib keladi.
2. Konsultativ yordam. Bunda davlat hujjatlarini amalga oshirishda, boshqaruv hujjatlarida va boshqaruv 
ishlarida maslahatlar taqdim etiladi. Yordamning bu turi bepul hisoblanib, barchasi budjet mablag’lari
hisobidan amalga oshiriladi. 
3. Inson resurslarini rivojlantirish bo’yicha yordam xodimlar malakasini oshirish va malakali kadrlarni
yetishtirish bilan amalaga oshiriladi. Bunda Agentlik qoshida mahsus o’quv yurtlari tashkil etilgan bo’lib, 
har yili 16000 ga yaqin hodim qayta tayyorlanadi. Undan tashqari Universitet va Ilmiy tadqiqot
markazlarining ishlab chiqaruvchilar bilan aloqalari yo’lga qo’yilgan bo’lib, milliy innovatsiya tizimiga 
muvofiq tarzda, malakali bitiruvchilar korxonalarga ishga yuboriladi.
4. Davlatning venchur kompaniyalarini rivojlantirishga bo’lgan e’tibori, innovatsiyalarni rivojlantirishga 
qaratilgandir. Raqobatning muhim omili sifatida, innovatsiyalarni ishlab chiqish nafaqat hususiy mablag’lar
hisobiga, balki davlat mablag’lari hisobiga ham amalga oshadi. Bu mablag’lar qaytmas mablag’lar deb 
atalib, ularning hajmi 2012 yilda 23 mln yenni tashkil etgan. Aynan, kerakli tarmoqlarni rivojlantirish
maqsadida ISSV tomonidan yetakchi tarmoqlar ro’yxati tuzib chiqilgan bo’lib, ular 22 tani tashkil etadi. 
Yaponiyada kichik biznesni qo’llab – quvvatlash siyosati juda murakkab tashkil etilgan. Har yili “Oq kitob”
nashr qilinib, unda bir yillik rejalar joy oladi. Bunda ko’makning asosiy shakli soliqlarni kamaytirish orqali olib 
boriladi. Yirik biznes korxonalariga yillik foyda solig’i 30% qilib belgilangan bo’lsa, kichik biznes korxonalari
uchun bu miqdor 15-19 % miqdorida belgilangan. Subsidiyalar berish, davlat tomonidan berilgan moliyaviy 
ko’mak shakli bo’lib, uning asosiy yo’nalishi yangi korxonalarni tashkil etish va yirik korxonalar bilan
subpudrat munosabatlarini tashkil etishdan iborat.
Yaponiyada kichik biznesga doir 40 dan ortiq qonunlar ishlab chiqilgan. Ulardan asosiysi bo’lgan “Kichik
va o’rta biznes haqida Asosiy qonun” ga 1999 – yilda o’zgartirish kiritilgan bo’lib, unda kichik va o’rta biznes 
korxonalariga davlat aralashuvini kamaytirish va ular mustaqilligini ta’minlash muhim o’rin kasb etadi.


Bugungi, kunda Yaponiyada korxonalarning 99,7 % i kichik biznes vakili hisoblanadi. Yaponiyaning kichik


biznesni qo’llab – quvvatlash siyosatini o’rganish shu yo’ldan borayotgan O’zbekiston uchun ham muhimdir.




http://fayllar.org
Yüklə 71,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin