2.4-jadval
O`zbekiston kimyo sanoatida amalga oshiriladigan ayrim investitsion
loyihalar (mln AQSH dollarda)
26
Manba: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 27 dekabrdagi
“
2012 yilga investitsiya dasturi
to`g`risida”gi 1668
-qarori.
.
Tomson-
Reyter” jahon biznes axborot agentligining bo‘linmasi –
“Projekt faynens interneshnl” jurnali
. 2012-yil
yakunlari bo‘yicha.
Karimov I.A. 2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko`taradigan yil bo`ladi // 2011-
yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2012-yilga mo`ljallangan iqtisodiy
dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan
Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruza
si. -
“Xalq so`zi”, 2012, 20
-yanvar.
Loyiha nomi
Loyiha quvvati
Amalga
oshirish
muddati
Loyihaning
umumiy
qiymati
Surgil koni bazasida gaz-kimyo
kompleksi qurish.
400 ming t. politilen,
100 ming t.
polipropilen.
2008-2014
yillar
3500
Shurtan gazni qayta ishlash zavodida
tozalangan metan bazasida sintitik
suyuq yoqilg`i ishlab chiqarish.
2,5 mltd kub m. tabiy
gaz.
2009-2039
yillar.
1527,1
54
O`zbekistonda kimyo sanoatini iqtisodiyotdagi o`rnini oshib borishida bi
qator istiqbol loyihalar rejalashtirilgan. Bular qatoriga: Dehqonobod kaliy o`g`itlari
zavodining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish 2-etap (yillik quvvatini
600ming tonnaga yetkazish, loyihaga 254,6 mln$ sarflanib,2011-2013 yillarda
bitkaziladi), Surgil koni bazasida gaz-kimyo kompleksi qurish (yillik quvvati 400
ming t. politilen, 100 ming t. polipropilen qo`shimcha qilish va 3500 mln$ sarflab,
2008-2014 yillarda qurib bitkaziladi),
“
Muborak
gazni qayta ishlash zavodi”
unitar shuba korxonasida gaz-
kimyo kompleksini qurish, ”Rezinotexnika” OAJ
bazasida konveyr lentalari, Q/x va avtomabil sinalarini ishlab chiqarish kabi yirik
loyiha uchun mos ravishda 2305,5 mln$, 230 mln$ sarflanadi. Joriy 2012-yilda
iqtisodiyotimizni diversifikatsiya qilishni davom ettirishda o`ta muhim ahamiyatga
ega bo`lgan loyihalarni amalga oshirish mo`ljallanmoqda. Jumladan, Surg`il koni
bazasida Ustyurt gaz-kimyo kompleksi, Dehqonobod kaliyli o`g`itlar va Qo`ng`irot
soda zavodlarining ikkinchi navbatini, sintetik suyuq yoqilg`i ishlab chiqarish
zavodini qurish ishlari boshlanadi.
2012 yilgi Investitsiya dasturida Dehqonobod kaliyli o`g`itlar zavodi
faoliyatiga doir yana bir loyihaning ro`yobga chiqarilishi belgilangan bo`lib, unga
ko`ra, shu yilning o`zidayoq mazkur korxonaning ishlab chiqarish quvvatini
loyihadagi yillik 200 ming tonnadan 220 ming tonnagacha oshirish ko`zda tutilgan.
Buning uchun korxona hisobidan 2,8 million dollarga teng mablag` o`zlashtirilib,
“
Muborak gazni qayta ishlash
zavodi” unitar shuba korxonasida
gaz-kimyo kompleksini qurish.
400 ming t. politilen
2011-2015
yillar.
2305,5
Qo`ng`irot soda zavodining ikkinchi
navbatini bunyod etish.
Qo`shimch 50 ming
tonna
2010-2014
yillar.
279,87
”Rezinotexnika” OAJ bazasida
konveyr lentalari, Q/x va avtomabil
sinalarini ishlab chiqarish.
100 ming p.m. koveyr
liniyalari, 200 ming
dona q/xlik shinalari,
1,5 mln dona
avtomabil shinalari.
2011-2014
yillar.
230
Dehqonobod kaliy o`g`itlari
zavodining ishlab chiqarish
quvvatini kengaytirish (II-etap).
Quvvatni 600 ming
tonnaga yetkazish.
2011-2013
yillar.
254,6
55
qo`shimcha texnologiyalar o`rnatish va yiliga yana 20 ming tonna kaliy xloridi
ishlab chiqarish yo`lga qo`yiladi
27
.
O`zbekiston Prezidenti I.A. Karimov 2012yil 19 yanvar kuni Vazirlar
Mahkamasida 2011 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga
va 2012 yilda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor
vazifalariga bag`ishlangan majlisida 2012 yilda Ustyurt gazkimyo majmuasi,
Dehqonobod kaliyli o`g`itlar zavodi, boshqa yirik loyihalar bilan birgalikda
Qo`ng`irot soda zavodining ikkinchi navbatini bunyod etishga kirilishini alohida
ta`kidlab o`tdi, - deydi
«
Qo`ng`irot soda zavodi
»
unitar korxonasi bosh direktori
Rashid Yakubov. Bu ikkinchi navbat korxonada qo`shimcha 50 ming tonna
kalsiyli soda ishlab chiqarish imkonini yaratadi. Mazkur korxona tufayli Ustyurtda
o`ziga xos industrial makon vujudga keldi. Zavod qoshida Toshkent Kimyo-
texnologiya institutining filiali faoliyat ko`rsatayapti. Mustaqil mamlakatimizning
eng kenja shahri hisoblangan Elobod kundan-kunga yashnab, chiroy ochib
bormoqda.
Bir so`z bilan aytganda, Ustyurt Navoiy, Chirchiq, Ohangaron, Olmaliq,
Sho`rtan, Qorovulbozor, Farg`ona, Muborak, Asaka kabi ozod yurtning ishonchli
iqtisodiy ustuniga aylanib bormoqda. Yana bir muhim jihati, shakllanayotgan
Ustyurt industrial hududi Orolbo`yining istiqboli porloq ekaniga haqiqiy
kafolatdir
28
.
Tepaqo`ton koni negizida barpo etilgan Dehqonobod kaliyli o`g`itlar zavodi
ikkinchi navbatining qurilishi natijasida ushbu korxonaning ishlab chiqarish
quvvati uch baravar ortib, eksport qilinadigan mahsulot hajmi sezilarli darajada
ko`payadi, hududning ijtimoiy infratuzilmasi rivojlanib, aholining bandlik darajasi
yanada
oshadi.
Prezidentimiz Islom Karimovning “2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi
27
O`zbekiston R
espublikasi Prezidentining 2011 yil 27dekabrdagi”2012yilga investitsiya dasturi to`g`risida”gi
1668-qarori
28
O`zbekiston Prezidenti I.A. Karimov 2012yil 19 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasida 2011 yilda respublikani
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2012 yilda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning eng muhim
ustuvor vazifalariga bag`ishlangan maruzasida.
56
bosqichga ko`taradigan yil bo`
ladi” ma’ruzasida joriy yilda mamlakatimizda
iqtisodiyotimizni diversifikatsiya qilishni davom ettirishda o`ta muhim ahamiyatga
ega loyihalarni amalga oshirish mo`ljallanayotgani, ko`plab bunyodkorlik ishlari
qatorida Dehqonobod kaliyli o`g`itlar zavodining ikkinchi navbati qurilishini
boshlash ko`
zda tutilayotgani alohida ta’kidlandi. Zero, 2011
-2015 yillarda
O`zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari
to`g`risidagi dasturga muvofiq, hayotga tatbiq etilayotgan
“Dehqonobod kaliyli
o`g`
itlar zavodining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish (II navbati)”
loyihasi nafaqat mamlakatimiz, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida kimyo
sanoati sohasida ro`yobga chiqarilayotgan eng istiqbolli va eng yirik loyihalardan
biridir. Umumiy qiymati 254,6 million AQSH dollariga teng bu loyihaning amalga
oshirilishi zavodning kaliyli o`g`itlar ishlab chiqarish quvvatini yiliga 600 ming
tonnaga yetkazish bilan birga bugungi kunda dunyoning ko`plab mamlakatlariga
sotilayotgan ushbu mahsulot eksportini yanada ko`paytirish uchun ham mustahkam
zamin yaratadi.
Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasidan olingan ma’lumotlarga
ko`ra, joriy yilning dastlabki oyida kaliyli o`g`itlar ishlab chiqarish hajmi 17,1
ming tonnani tashkil etgan. Mazkur zavodning yillik ishlab chiqarish quvvatini
loyihada nazarda tutilgan 200 ming tonnadan oshirish choralari ko`rilmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, zavod tog`-kon majmuasining noyobligi shundaki,
unda jahonda birinchi marta kaliy tuzlari qatlamiga yetib borish uchun vertikal
emas, balki 6-8 daraja qiyalikdagi gorizontal quduqlar qazilgan. Bu jarayonda eng
qudratli tog`-kon kombaynlari, o`ziyurar vagon va bunker hamda boshqa maxsus
texnikalardan foydalanilgan. Amalga oshirilgan ishlar natijasida qurilish
boshlanganidan ikki yil o`tgach, kondan ilk sanoat rudasi olindi. Vaholanki,
boshqa mamlakatlarda o`zlashtirilishi ancha oson kechadigan konlarda ham rudaga
yetib borish uchun besh-olti yil vaqt sarflanadi. Mazkur korxonaning ikkinchi
navbatini qurish chog`ida tog`-kon majmuasida uchinchi qiya quduq qazilishi,
buning uchun yanada ko`proq maxsus texnikalar jalb etilishi va oldingidan ham
57
qudratliroq
konveyer
transporti
ishlatilishi
ko`zda
tutilgan.
Bundan tashqari, tog`-kon majmuasidan qayta ishlash kompleksigacha
silvinit rudasini yetkazib berish va konga qayta ishlashdan keyin qolgan tuzlarni
olib borish uchun yuk tashishga mo`
ljallangan osma “arqon y
o`
li” barpo etiladi.
Uning quvvati yiliga 2,1 million tonna ruda tashish imkonini beradi. Dehqonobod
kaliyli o`g`itlar zavodining ikkinchi navbati foydalanishga topshirilgach, tog`-kon
majmuasida bir yilda qazib olinayotgan silvinit miqdori hozirgidan 1,4 million
tonnaga oshadi.
Ayni vaqtda “Dehqonobod kaliyli
o`g`itlar zavodining ishlab
chiqarish quvvatlarini kengaytirish (II navbati)” loyihasi doirasida Xitoyning
“CITIC International Cooperation Co. Ltd” kompaniyasi bosh pudratchiligida
yiliga yana 400 ming tonna kaliyli o`g`itlar ishlab chiqarish imkonini beradigan
qayta ishlash majmuasi quriladi. Loyihani moliyalashtirishga Xitoy Xalq
Respublikasi Eksimbankining 110,5 million AQSH dollari miqdoridagi krediti,
“
O`
zkimyosanoat” kompaniyasining
o`z
resurslari
hamda
O`zbekiston
Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasining 128,1 million dollarlik
mablag`lari yo`naltiriladi. O`zbekiston Respublikasining 2012 yilgi Investitsiya
dasturiga muvofiq, joriy yilda “Dehqonobod kaliyli
o`g`itlar zavodining ishlab
chiqarish quvvatlarini kengaytirish (II navbati)” loyihasini hayotga tatbi
q etish
doirasida 100 million dollarga teng miqdorda sarmoya o`zlashtirilishi
mo`ljallanmoqda
29
.
«Navoiyazot» OAJ
O`zbekiston Respublikasining yirik kimyo sanoati
korxonasi hisoblanadi. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar: ammiak, azot kislotasi,
xlorid kislotasi, ammiakli selitra, ammoniy xlorid, suyuq xlor, suyuq holdagi natriy
sianidi va boshqalar.
Amaldagi ishlab chiqarishlarning sanoat quvvatlarini oshirish bilan
birgalikda raqobatbardosh yangi kimyoviy mahsulot chiqarish bo`yicha yangi
sexlarni qurish rejalashtirilmoqda. Xorijiy sarmoyadorlarni jalb etishga oid ish olib
29
Prezidentimiz Islom Karimovnin
g “2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko`taradigan yil
bo`ladi” ma’ruzasida. 2011
.
58
borilyapti: shahar va respublika gazetalarida reklama joylashtirilib, bizning asosiy
hamkorlarimiz - Rossiya, Xitoy, Turkiya, Ukraina, Eron, Boltiq bo`yi mamlakatlari
va boshqa davlatlar firma va kompaniyalariga xatlar jo`natilgan. Hozirda
korxonamizning iqtisodiy va ishlab chiqarish ko`rsatkichlarini e`tibor bilan
o`
rganib, «Navoiyazot» OAJ ning faoliyatida ishtiroq etish istiqbollarini
baholayotgan bir qator potensial xorijiy sarmoyadorlar mavjud. Ma`lumki,
korxonaning normal faoliyatini boshqa korxona va tashkilotlar bilan o`zaro
aloqasiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Shu bois mahsulotni sotish bozorini nafaqat
MDH davlatlarida balki boshqa xorijiy davlatlarda ham kengaytirish va xaridorlar
sonini ko`paytirishga asosiy urg'u berilmoqda.
«Navoiyazot» OAJ da chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini yaxshilash,
tannarxini pasaytirish hisobiga korxona mahsulotlarining ichki va xorijiy
bozorlarda raqobatbardoshligini ta’minlash maqs
adida,
texnologiyalarni
modernizatsiyalash va ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlashga qaratilgan faol
investitsion siyosat amalga oshirilmoqda
30
. Buni davomi sifatida 2.5-jadvalda
korxonaning istiqbolga mo`ljallangan investitsion loyihalarni ko`rishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |