Toshkent davlat sharqshunoslik instituti xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik fakulteti



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/29
tarix20.11.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#163191
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
Ozbekistonda kimyo sanoati rivojlanishi

 
 
2.2-jadval
O`zbekistonda kimyo sanoatini eksport va importdagi ulushi 
dinamikasi. 
yillar 
Eksportdagi ulushi
Importdagi ulushi
Hajmda mln $ 
%da 
Hajmda mln $ 
%da 
2005 
286,6 
5,3 
556,4 
13,6 
2006 
357,8 
5,6 
659,3 
15,0 
2007 
611,4 
6,8 
685,8 
13,1 
2008 
648.0 
5,6 
975,5 
13,0 
2009 
588,5 
5,0 
1047,6 
11,1 
2010 
665,2 
5,1 
1258,3 
14,3 
2011 
841,5 
5,6 
1397,8 
13,3 
2011 yilda 2005 
yilga nisbatan 
%da 
293,6 
105,6 
251,2 
97,7 
Manba: O`zbekiston Statistika malumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan

22
 http://uza.uz/uz/business/15179/  
O‘zA. muhbiri Viktor Nikolayev. 15.12.2010


42 
O`zbekistonda kimyo sanoati mahsulotlari eksport hajmi yil sayin oshib 
bormoqda. Jami eksportda kimyo sanoati ulushi 2005-2011 yillar mobaynida 
deyarli o`zgarmagan (o`rtacha 5% ulush). Bunga sabab jami eksport bilan kimyo 
sanoati mahsulotlar eksporti mos ravishda oshib borgan. Bundan tashqari 
eksportda yuqori ulushga ega mahsulotlar bor. Masalan 2010 yilda eksport 665,2 
mln$ bo`lib, unda yoqilg`i energitika 24,8%, paxta tolasi 11,3%, oziq-avqat 9,7%, 
xizmatlar 9,1%, mashina va uskunalar 5,5% qorq va rangli metallurgiya sanoati 
6,8% ulushga ega. 
Kimyo mahsulotlar eksport hajmi 5 yil mobaynida deyarli 3 barobar oshib 
(293,6%), 286,6 mln$ dan 841,5 mln$ ga oshgan. Kimyo sanoati mahsulotlari 
importi 2005-2011 yillar davomida jami importdagi ulushi o`rtacha 13%ni tashkil 
etgan. Kimyo mahsulotlari importi hajmi shu 5 yil davomida 2,5 barobarga 
oshib(251,2%), 556,4 mln$ dan 1397,8 mln$ ga yetgan. 
Dehqonobod kaliyli o`g`itlar zavodida o`tgan 2011 yili 180 ming tonna 
kaliyli o`g`itlar ishlab chiqarishga erishildi. Bugungi kunda zavodimizda yiliga 700 
ming tonna silvinit qayta ishlanib, 200 ming tonna kayil o`g`iti tayyorlanmoqda. 
O`g`itlarning asosiy qismi Shri-Lanka, Xitoy, Malayziya, Singapur va boshqa 
mamlakatlarga eksport qilinmoqda.
Kimyo sanoati korxonalarini modernizatsiyalash texnik va texnologik qayta 
jihozlash dasturi o`ttizga yaqin investitsiyaviy loyihani qamrab olgan. Ushbu 
loyihalarni amalga oshirishga 380 milliard so`mdan ortiq mablag` ajratilgan bo`lib, 
buning natijasida soha korxonalarida ishlab chiqarish hajmi 1,4 marotaba oshadi. 
Bunda korxonalarning energiya sig`imi qisqaradi, mahsulot eksporti ortib boradi. 
Prezidentimizning 2010-yil 15 dekabrda qabul qilingan va mamlakatimiz 
sanoatini barqaror, jadal hamda muvozanatli rivojlantirishga yo`naltirilgan 
“2011
-
2015 yillarda O`zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor 
yo`nalishlari to`g`risida

gi qarori. ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, 
texnik va texnologik yangilash bo`yicha amalga oshirilayotgan jarayonning 
mantiqiy davomi bo`ldi. 


43 
Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda ularning tashqi bozorlarda 
raqobatbardoshligini ta

minlaydigan xalqaro sifat standartlari va texnik 
reglamentlarni tizimli joriy etish ham muhim yo`nalish hisoblanadi. 
Shunisi e

tiborliki, loyihalarni amalga oshirish doirasida respublikamizda 
ishlab chiqarilmaydigan va chetdan olib kelinadigan uskunalar, materiallar va 
butlovchi buyumlar 2016-yilning 1 yanvariga qadar bojxona to`lovlari to`lashdan 
(bojxona rasmiylashtiruvi yig`imlaridan tashqari) ozod etildi. 
Mazkur qarorda sanoatda umumiy qiymati qariyb 50 milliard dollarlik 500 
dan ziyod yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish ko`zda tutilgan. 
Yaqin to`rt yilda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi kamida 60 
foizga ko`payishi lozim va bu yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushining 2010-
yildagi 24 foizdan 2015-
yilda 28 foizga oshishini ta’m
inlaydi. Mashinasozlik, 
kimyo, oziq-ovqat, farmatsevtika, qurilish materiallari sanoati va boshqa tarmoqlar 
jadal sur’atda rivojlanib, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlar ikki baravardan 
oshadi. 
Yuqori texnologiyalar sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga alohida 
e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, sintetik suyuq yoqil
g`i ishlab chiqarishni tashkil 
qilish, polietilen va polipropilen mahsulotlar, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gaz 
ishlab chiqarish bo`yicha yangi, zamonaviy gaz-kimyo komplekslarini barpo etish, 
zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalar asosida mineral o`g`itlar hamda yangi 
turdagi kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish, eskirgan uskunalarni zamonaviy 
bug`-gaz uskunalari bilan almashtirish hisobidan energetika jadal rivojlantiriladi
23

Joriy yil 2012 yilning yanvar-sentabr oylarida asosiy kapitalda 
o`zlashtirilgan investitsiyalar umumiy hajmi 15,3 milliard so`mni tashkil qildi va 
qiyosiy narxlarda 9,8 foizga oshdi. Jalb etilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar 
23
http://uza.uz/uz/society/21530/  13
.04.2011. O‘zA muhbiri Viktor Nikolayev. Prezidentimizning 2010
-yil 15 
dekabrda qabul qilingan va mamlakatimiz sanoatini barqaror, jadal hamda muvozanatli rivojlantirishga 
yo`naltirilgan “2011
-2015 yillarda O`zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari 
to`g`risida”gi qarori


44 
hajmi 2 milliard dollarni tashkil qildi, jumladan, o`zlashtirilgan 1,6 milliard 
dollarning (o`sish 2011-yilning shu davriga nisbatan 9,6 foiz) 1,3 milliard dollari 
to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalardir. 
Xo`
jalik sub’ektlari va aholining investitsion faolligini oshirishga doir 
chora-tadbirlar investitsiyalar hajmini korxonalarning o`z mablag`lari hisobidan 
10,3 foiz, aholi mablag`lari evaziga 23,6 foizga oshirish imkonini berdi. 
O`zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi kreditlari hisobidan moliyalash 
hajmining 1,5 barobarga oshirilishi yirik strategik ishlab chiqarish va infratuzilma 
loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirishga ko`maklashdi. 
Buning natijasida 2012-yilning o`tgan davrida 106 ta investitsiyaviy 
loyihalarni amalga oshirish yakunlandi. “Sh
o`
rtanneftgaz” unit
ar sho`ba 
korxonasida propanbutan aralashmasi qurilmasini barpo etish (5-navbat), Navoiy 
issiqlik elektr stansiyasida gaz siqish kompressor stansiyasini qurish, Navoiy 
viloyatida texnik kremniy ishlab chiqarishni tashkil etish (I bosqich), Qalmaqir 
konini kengaytirish, rekonstruksiya qilish va jihozlash hamda boshqa qator 
loyihalar shular jumlasidandir. O`zbekistonda investitsiyalar hajmi yildan yilga 
ortib bormoqda. Shunisi takidlash lozimki kiritilgan investitsiyaning deyarli 33%i 
sanoat soxasiga yo`naltirilmoqda. Kiyo sanoatiga kiritilayotgan investitsiyalar 
hajmi sezilarli darajada kam. Buni biz keying 2.3-jadvalda ko`rishimiz mumkin. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin