Toshkent davlat sharqshunoslik instituti xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik fakulteti



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/29
tarix20.11.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#163191
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Ozbekistonda kimyo sanoati rivojlanishi

(
IFA
)
bosh direktori (Fransiya): Mazkur yirik konferensiya Markaziy Osiyo 
mamlakatlari orasida O`zbekistonda o`tkazilayotgani katta ahamiyatga ega. 
Mamlakatingiz Markaziy Osiyoda muhim o`ringa ega va dunyoning jadal 
rivojlanayotgan davlatlari qatoridan mustahkam joy olgan. O`zbekistonda 
sanoatning barcha sohalarini taraqqiy ettirish, atrof-muhitni muhofaza qilish 
borasida olib borilayotgan izchil ishlar berayotgan yuksak samaralar tahsinga 
loyiq. O`zbekiston har tomonlama istiqboli porloq davlat. Mamlakatingiz tabiiy 
resurslarga boy. Ulardan oqilona foydalanish borasida amalga oshirilayotgan keng 
ko`lamli ishlar, qator loyihalar diqqatga sazovordir. 
1927 yilda tashkil etilgan uyushmamizga 86 mamlakatning besh yuzdan 
ziyod tashkiloti a’zodir. Uyushma mineral 
o`
g‘itlarning barcha turlarini, xomashyo 


37 
ishlab chiqarish va yetkazib berish, agrokimyoviy tadqiqotlar olib borish, ushbu 
yo`
nalishda mutaxassislar tayyorlash bilan shug‘ullanadi. Mazkur mintaqavi

anjuman ishtirokchilarga jahon kimyo sanoati sohasidagi so`nggi tendensiyalar, 
yangiliklar, amalga oshirilayotgan qo`shma loyihalar bilan tanishish, o`zaro fikr va 
tajriba almashish imkonini beradi. 
Ki Minh Tran, “Petrovietnam Fertilizer & Chemicals” kor
poratsiyasi bosh 
direktorining o`rinbosari (Vyetnam):
 
O`zbekistonda kimyo sanoati yuksak 
sur’atlarda rivojlanmoqda. Mamlakatingizda tabiiy resurslardan oqilona 
foydalanish, bu boradagi ilmiy tadqiqotlar ko`lamini kengaytirish
ga alohida e’tibor 
qaratilmoqda. Buning natijasida foydali qazilma maydonlari soni va turi tobora 
ko`payib bormoqda. 
O`zbekistonda sanoat ahamiyatiga ega mineral xomashyo bazasini 
rivojlantirish, rudali hududlarni tadqiq qilish, zaxiralarni aniqlash va geologiya-
qidiruv ishlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish ustuvor vazifalardan etib 
belgilangan. Bu, o`z navbatida, soha ilm-
fani va olimlari zimmasidagi mas’uliyatni 
yanada oshiradi. Shu bois mazkur mintaqaviy konferensiya dunyoning ko`plab 
mamlakatlaridan kelgan olim va mutaxassislar, ekspertlarning bu boradagi 
izlanishlari, kashfiyotlari va xulosalarini o`rganishda muhim ahamiyatga ega. 
Ahmad Monem Al Bestaviy, “Qatar Fertilizer” kompaniya
si departamenti 
rahbari (Qatar):

Qirq uch yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan kompaniyamiz 


ammiak va karbamid ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Mineral 
o`
g‘itlar orasida 
asosiy mahsulot bo`lgan ammiak ishlab chiqarishni ko`paytirish dunyo kimyo 
tarmog‘ining yangi marralarni zabt etishida muhim omil b
o`lib xizmat qiladi. 
Tashrifimiz do
irasida “
O`
zkimyosanoat” faoliyati bilan yaqindan tanishish 
imkoniga ega bo`lganimdan mamnunman. Mazkur kompaniyaning sarmoyalarni 
jalb qilish bo`yicha olib borayotgan faoliyati diqqatga sazovor.
Abdulrahmon Javohiriy, “Gulf Petrochemical Industries” kompaniyasi 
prezidenti (Bahrayn): 
 
O`zbekistondek go`zal va betakror mamlakatda bunday yirik 
anjumanning o`tkazilayotgani juda katta ahamiyatga ega. Yuksak saviyada tashkil 


38 
etilgan ushbu konferensiyada o`nlab mamlakatlardan ekspertlar, olim va 
mutaxassislar ishtirok etayotgani mineral o`
g‘itlar ishlab chiqarish b
o`yicha jahon 
tajribasini o`rganish, yangiliklar va o`zgarishlardan xabardor bo`lish, bu borada 
O`zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar va qo`lga kiritilayotgan 
yutuqlarni o`rganish imkonini bermoqda. 
O`zbekiston Markaziy Osiyodagi eng muhim va yetakchi, tabiiy resurslarga 
boy mamlakat. Bu yerda yuzlab turdagi mineral o`
g‘itlar ishlab chiqariladi. 
Mamlakatingiz bu borada juda katta salohiyatga ega. Bu yerga katta miqdorda 
sarmoya kiritishga qiziqish bildirayotganlar soni ham tobora ko`payib boramoqda. 
Lina Ristimaki xonim, “Yara Suomi Oy” kompaniyasi bosh agronomi 
(Finlyandiya): O`zbekiston
da kimyo sanoati yuksak sur’at bilan rivojlanmoqda, 
sohada ko`plab loyihalar amalga oshirilmoqda, turli mineral o`
g‘itlar, sun’iy tolalar 
va boshqa ko`plab turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilib, eksport qilinmoqda. 
Mazkur sohaga katta miqdorda sarmoya kiritilayotgani mamlakatingiz kimyo 
sanoatining yanada taraqqiy etishiga xizmat qiladi
21

O`zbekistonda kimyo sanoatini barqaror rivojlantirish, ishlab chiqarish 
quvvatlaridan samarali foydalanish, energiyani tejaydigan hamda ekologik toza 
texnologiyalarni joriy etish, eksportga mo`ljallangan va import o`rnini bosadigan 
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko`
paytirishga alohida e’tibor 
qaratilayotgani o`zining yuksak samaralarini bermoqda. 
Bu fikrimizni davomi sifatida O`zbekistonda kimyo sanoati mahsulotlari 
hajmini va jami sanoat mahsulotdagi ulushini va 2005-2011 yillar davomida 
o`zgarishini 2.1-jadvalda ko`rishimiz mumkin.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin