Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi.
Maskur ish kirish, ikki bob, xulosa,
foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati va ilova qismlarni o`zichiga oladi.
Bitiruv malakaviy ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi,
o`rganilganlik darajasi, bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifasi,
ishining
obekti
va predmeti,
bitiruv malakaviy ishining metodlari va ilmiy yangiligi
yoritib berilgan.
Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobi “
O`zbekistonda kimyo sanoati
salohiyati va tarmoq tarkibi
” deb nomlanib, unda
O`zbekistonning resurs bazasi
8
geografik joylashivi, kimyo sanoati tarmoq tarkibi va undagi dinamik o`zgarishlar
yoritib berilgan.
Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobi “
O`zbekistonda kimyo sanoati
rivojlanish dinamika
si va istiqbollari” deb nomlanib, maskur bobda
O`zbekiston
iqtisodiyotida kimyo sanoatini o`rni va roli, rivojlarish xususiyatlari va istiqbollari
tahlil qilingan.
Bitiruv malakaviy ishining yakunlovchi qismida ilmiy xulosa,amaliy tavsiya
va takliflar mujassamlashtirilgan.
I BOB. O`ZBEKISTONDA KIMYO SANOATI SALOHIYATI VA
TARMOQ TARKIBI
9
1.1. O`zbekistonda kimyo mahsulotlari resurs bazasi
O`zbekiston ulkan sanoat va mineral xom ashyo, qishloq xo`jaligi
mahsulotlari, qayta ishlash jarayonida olinadigan katta miqdordagi yarim tayyor
mahsulotlar, tabiiy boylik zahiralari va rivojlangan infratuzilma imkoniyatlariga
ega.
Yer osti zahiralarini zamonaviy ravishda izlab topish ishlari qimmatbaho,
rangli va noyob metallar zahiralari, turli organik yoqilg`i mahsulotlari, neft, tabiiy
gaz va gaz kondensanti, qo`ng`ir va yarim koksga oid ko`mir, slanes yoqilg`isi,
uran va ko`pgina qurilish uchun zarur xom ashyo turlariga boy konlarni
o`zlashtirish bilan bog`liqdir.
O`zbekiston hududida taxminan 100 dan ortiq mineral xom ashyoni o`z
ichiga
olgan,
binobarin
bulardan
60
turi
iqtisodiyotda
allaqachon
foydalanilayotgan, ko`pgina foydali qazilmalar kompleksi aniqlangan.
O`zbekiston oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzi, fosforitlar,
kaolin kabi foydali qazilmalar zahirasi bo`yicha nafaqat MDH davlatlari o`rtasida,
balki butun dunyoda etakchi o`rin egallashi tasdiqlangan. Jumladan, oltin zahirasi
bo`yicha dunyoda to`rtinchi, uni qazib olish bo`iycha ettinchi, mis zahirasi
bo`iycha o`ninchi
–
o`n birinchi o`rinlarni, uran zahirasi bo`iycha ettinchi-
sakkizinchi, qazib olishda o`n birinchi
–
o`n ikkinchi o`rinlarni egallashi qayd
etilgan.
Mamlakatda 3000 ta foydali qazilma koni aniqlangan bo`lib, ularning 1100
tasi qazib olishga tayyor, hususan, 50 tasi asl, 41 tasi rangli, nodir, raddioaktiv va
qora metallar, 187 tasi yoqilg`i energetika, 19 tasi kon-kimyo kabi foydali qazilma
konlaridan iborat.
O`zbekiston hududida sanoat ahamiyatiga ega bo`lgan 86 ta neft koni
ochilgan.
10
Mineral xom ashyo resurslari, yoki yer osti resurslari hozirgi zamon
industriyasini va fan-texnika progressi qator yo`nalishlarini rivojlantirishning asosi
bo`lib xizmat qiladi. Mineral xom ashyo resurslari
–
energiya, xom ashyo va
materiallar ajratib olish uchun foydalaniladigan, kelib chiqishi jihatidan
minerallardan iborat tabiiy moddalardir.
Mineral resurslari mehnat predmeti sifatida tovarlar ishlab chiqarishda
foydalaniladi, ishlab chiqarishni rivojlantirishning moddiy asosi va faol unsuri
bo`lib xizmat qiladi. Fanning rivojlanishi, mehnat vositalarini takomillashtirish
bilan mineral resurslarning ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va
joylashtirish, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va yiriklashtirishning muhim omili
sifatida ahamiyati oshib boradi.
Mineral xom ashyo resurslari, yoki yer osti resurslari 2 ta katta qismga ajratish
mumkin. Bular:
–
Dostları ilə paylaş: |