Toshkent davlat sharqshunoslik intituti “Xorijiy mamlakatlar iqtisodi va mamlakatshunoslik” fakulteti


Klassik iqtisodchilar ta’kidlashlaricha



Yüklə 495,49 Kb.
səhifə4/4
tarix30.09.2023
ölçüsü495,49 Kb.
#150735
1   2   3   4
19 variant 1 savolll

Klassik iqtisodchilar ta’kidlashlaricha, kapitalizmning o‘ziga xos pul bozori mavjud va bu bozor jamg‘arma va investasiyalarning tengligini ta’minlaydi. Shuning uchun ham to‘liq bandlik mavjud bo‘ladi.
Bilamizki, iqtisodiyotda to‘liq bandlik sharoitiga har doim ham erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham boshqa bir iqtisodchilar klassik nazariyaning asosiy jihatlarini tankid qila boshladilar.
Keyns nazariyasining eng qimmatli jihati shuki, u bozor iqtisodiyotida ish bilan to‘la bandlikni ta’minlaydigan xech qanday mexanizm yo‘qligini isbotladi. Makroko‘lamda iqtisodiyot muvozanatga erishish mumkinligi, lekin shunda ham ma’lum miqdorda ishsizlik va inflyasiya saqlanib qolinishini, to‘la ish bilan bandlik qonuniy holat emasligini, balki tasodif ekanligini, kapitalizm o‘z-o‘zidan tartibga tushib, rivojlanib ketavermasligini isbotlab berdi. Shuningdek, bu nazariyada iqtisodiyotdagi tebranishlar faqat urush, tabiiy ofat va shu kabi vaziyatlargagina bog‘liq emasligini, balki u tinchlik yillarida ham ichki omillarning salbiy oqibatlaridan kelib chiqishi mumkinligi asoslagan. Ishsizlik va inflyasiyaning kelib chiqishi investitsiya va jamg‘armalarga bevosita bog‘liq. Narxlarning oshishi va ish haqining pasayishi boshqa salbiy omillar bilan birga iqtisodiyotning bekarorligiga olib keladi.
Jamg‘arish-investitsiya grafigi
Bunday nomutonosiblikning asosiy sabablaridan biri rejalashtirilgan investitsiyalar va jamg‘armalarning bir-biriga mos kelmasligidir.
Bunga sabablardan biri shundaki, jamg‘arish va investitsiyalash to‘g‘risidagi qonunlarni har xil guruhlardagi odamlar turli maqsadlarda qabul qilishadi. Ikkinchidan, jamg‘aruvchilar va investorlarni jamg‘arish va investitsiyalashga turlicha sabablar undaydi.
Keynschilar fikricha, jamg‘arma va investitsiyalar bitta omilga bog‘liq bo‘lmagan holda turli sabablar asosida amalga oshiriladi. Masalan, kishilar qiymati o‘zining ish haqi miqdoridan ortiq bo‘lgan mahsulotlarni sotib olish uchun, masalan avtomobil yoki televizor xarid qilish uchun jamg‘arishadi. Jamg‘armalar biror shaxs yoki oilaning kelajakdagi iste’molini qondirish maqsadida, ya’ni, uy xo‘jaliklari oila boshlig‘ining nafaqaga chiqqandan keyingi hayotini yoki bolalari kelajagini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Bundan tashqari jamg‘armalar tasodifiy vaziyatlarda foydalanish maqsadida ham amalga oshiriladi.
Investorlarni investitsiya qilishga undovchi sabablar esa foiz stavkasi bilan birga kutilayotgan sof foyda normasi hamdir.
Klassiklar nazariyasi bo‘yicha jamg‘arma va investitsiya¬lar miqdorini aniqlaydigan asosiy omil foiz stavkasi hisoblanadi. Agarda, u oshsa, uy xo‘jaliklari kamroq iste’mol qilib, ko‘proq jamg‘arishga harakat kilishadi. Uy xo‘jaliklarida jamg‘armalarning ko‘payishi kredit narxlarining kamayishiga olib keladi. Bu esa o‘z vaqtida investitsiyaning o‘sishini ta’minlaydi.
Keynschilar fikricha esa, foiz stavkasi emas, balki aholining ixtiyoridagi daromadi iste’mol va jamg‘arish dinamikasini belgilab beradi.
Keyns modelida jamg'arish va investitsiya
Yüklə 495,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin