VI. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash. (“Industrial sivilizatsiya”) “Bilim – takrorlash mevasidir” Abu Rayhon Beruniy. O‘quvchilarga o‘tgan darsda o‘rganilgan (“Industrial sivilizatsiya”) mavzusi bo‘yicha olgan bilimlari quyidagi savol, topshiriqlar orqali mustahkamlanadi:
2.1. “Rasmlarda tarix mujassam” usuli oqali takrorlanadi.Bunda guruhlarga Fransiya – Prussiya urushi haqida rasmlari tarqatiladi o‘quvchilar rasmlarni nomini aniqlab,unga ta’rif beradilar.
Fransiya imperatori Napalyon IIIning mavqeiga qachon putur yetdi?
Fransiya imperatori Napalyon IIIning mavqeiga putur yetishining asosiy sababi nima edi?
Germaniyaning birlashishi Fransiyaga qanday salbiy jihatlarni keltirardi?
Nima uchun Fransuz hukmron tabaqalari 1860-yilgi Britaniya – Fransiya savdo shartnomasidan norozi edi?
Prussiyaning Fransiya bilan urushishdan ko‘zlagan maqsadi nima edi?
Fransiyaning Prussiya bilan urushishdan ko‘zlagan maqsadi nima edi
Fransiya-Prussiya urushiga bahona nima edi?
Ispaniyada inqilob qachon yuz berdi?
Inqilob natijasida Izabella II qayerga qochdi?
Izabellaga taxtni qaytarib olishga kim yordam berishga qaror qildi?
Fransiya imperatori Ispaniya qirolichasini taxtga qaytarishiga nima to‘sqinlik qildi?
Dars yakunlarini chiqarish.
1.“O‘quv sikli” texnologiyasi asosida o‘tilgan mashg‘ulot xulosalanadi.
2.Mavzuni o‘qib test tuzib kelish
3.Mavzu yuzasidan darslikda berilgan savollarga javob yozib kelish.
4.Yangi mavzu bilan tanishib kelish.
Tekshirildi: Sana:______________ DO’TIBO’________________ XULOSA Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini e’lon qilgach jamiyat ijtimoiy siyosiy hayotining barcha jabhalarida keng o‘zgarishlar davrini boshlab berdi. Bu jarayon intelektual qilinishi lozim bo‘lgan dolzarb muammolarni ko‘ndalang qilib qo‘ydi. Chunki sobiq ittifoq tarixshunosligi tomonidan ilmiy tadqiqot obyekti sifatida o‘rganilgan mavzular ma’naviy jihatdan yaroqsiz holda ekanligi ikkinchidan esa tarixni o‘rganishdagi ko‘pgina masalalarni tarixni “qora dog‘”lari sifatida talqin qilinishi mustaqillikning ilk kunlaridanoq qilinishi lozim bo‘lgan dolzarb masalaga aylandi.
O‘zbekiston istiqlolga erishgandan so‘ng jamiyat ijtimoiy siyosiy hayotining barcha jabhalarida keng o‘zgarishlar davri boshlandi. Bu jarayon intelektual sohada ham o‘z aksini topdi. Eng asosiy ijtimoiy gumanitar fan hisoblangan tarix fani oldiga hal etilishi lozim bo‘lgan dolzarb muammolarni ko‘ndalang qilib qo‘ydi. Oqibatda sovet tarixshunosligi nuqtai nazaridan o‘rganilgan mavzular qaytadan ilmiy tadqiqot sifatida o‘rganila boshlandi. Buning isboti sifatida yurtboshimizning, “Tarixiy xotira tug’usi to’laqonli ravishda tiklangan xalq bosib o’tgan yo’l o’zining barcha muvaffaqiyat, yo’qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o‘rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo‘ladi”1, deb aytgan fikrlari nihoyatda o‘rinlidir. Bundan tashqari tarixning “oq dog‘lari” sifatida o‘rganilmagan mavzularni tadqiq qilish imkoniyati qo‘lga kiritildi. “Dunyo haritasida yangi mustaqil davlatlar paydo bo‘ldi, ular hozirgi til bilan aytganda sotsialistik o‘tmishga ega bo‘lgan o‘z siyosiy mustaqilligini tinch yo‘l bilan qo‘lga kiritgan davlatlardir. Bu davlatlar mustaqil rivojlanish va ijtimoiy munosabatlarni yaxshilash yo‘liga qadam qo‘ydi. Ular dunyodagi boshqa mamalakatlar orasida o‘z mavqeini mustahkamlashga intilmoqda”
Mustamlakachilik siyosati natijasida, XIX asrning oxiriga kelib “egallanmagan yerlarni bosib olish yakunlandi. Iqtisodiy jihatdan qudratli davlatlarning Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi kam taraqqiy etgan mamlakatlarga ta'siri tobora kuchaydi. Kun tartibida mustamlakalarni va ta'sir doiralarni qayta bo'lish masalasi paydo bo'ldi. Ko'plab davlatlar muammoni hal qilishning vositasi sifatida kuchga tayanishni lozim topdilar. Oqibatda, hayotni harbiylashtirish borgan sari avj oldi.
Yevropa davlatlari o'rtasidagi hududiy nizolar ham bor edi. Yevropa davlatlari o'rtasida munosabatlarni keskinlashtirgan yana boshqa bir sabab, ularning bir-biridan iqtisodiy va harbiy-strategik ustunlikka erishish uchun kurashi bo'ldi.
Ayni paytda, XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, barcha sohalar: savdo- iqtisodiy, harbiy, mustamlakalar, tashqi siyosat Yevropada gegemonlik, ya’ni birinchi darajali davlat o‘rni uchun Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiyaning qizg‘in kurashi ostida kechdi. Lekin Fransiya iqtisodiy taraqqiyot bo'yicha o'z qo'shnilari bo'lgan Buyuk Britaniya va Germaniyadan tobora orqada qolayotgan edi. Ayni paytda, Fransiya tashqi siyosatda Prussiyaning Germaniyani birlashtirishiga to'sqinlik qila olmay qoldi natijada muvaffaqiyatsizlikka uchray boshladi. Germaniya yagona davlatga birlashadigan bo'lsa, Fransiyaning xalqaro maydondagi obro'siga jiddiy zarar yetar va Yevropadagi ikkinchi davlatdek mavqeyi barham topar edi. Tabiiyki, Fransiya hukmron doiralari buni aslo xohlamas edi. Shuningdek, mamlakatda ishsizlik, qimmatchilik mehnatkashlarning doimiy yo'ldoshi bo'lib qolgandi. Bu hodisa ishchilarning keskin noroziligini vujudga keltirdi. Bunday sharoitda, Napoleon III uchun Prussiyaga qarshi g'olibona urush-barcha muammolaring to‘g‘ri yechimidek tuyuldi. Bu urash Fransiyaning, shuningdek, Napoleon III ning ham mavqeyini tiklagan bo'lardi.
Buning uchun esa urushda g'alaba qozonish, Germaniyaning birlashishiga yo'l qo'ymaslik va Germaniyaning ba'zi hududlarini bosib olish zarar edi.
„Ems depeshasi"ni Fransiya o'z sha’ni uchun haqorat deb hisobladi. Natijada minglab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan , qirg‘inbarot fojia-1870-yil 17- iyulda Fransiyaning Prussiyaga urush e'lon qilishi bilan boshlandi. Biroq, tez orada, Fransiya harbiy kuchlarining urushga tayyor emasligi, Fransiyaning Prussiya qudratini yetarli baholamaganligi ma'lum bo'lib qoldi. Mamlakat hayotining barcha sohalarini qamrab olgan tanglik armiyaga ham katta ta’sir ko‘rsatgan edi. Armiya idorasida tartibsizlik va sarosimalik hukm surardi; harbiy qo‘shilmalarni yaxlitlash chalkashib ketgan; ularning yo‘nalishlar va ma’lum yo‘lni bosib o‘tish muddatlari buzilib ketgan; ularning ta’minoti yo‘lga qo‘yilmagan edi; qo‘mondonlik qancha jangchi borligini, qancha to‘p va o‘q dori borligini bilmasdi. 1-sentabr kuni Napoleon III Sedan qamali tufayli Napoleon III 2-sentabr kuni oq bayroq ko'tardi. Natijada Napoleon III Sedanda o'z Vaterloosini topdi. Oqibatda Fransiya Germaniyaga tahdid sola olish qudratidan mahrum bo’ldi. Bu mag'lubiyat ayni paytda ikkinchi imperiya hokimiyatining halokati ham bo'ldi. 3-sentabr kuni qo'zg'olon, 4-sentabrda imperator hokimyati ag'darilishi- Fransiya Respublika deb e'lon qilindi. (Bu mamlakat tarixidagi Uchinchi Respublika edi.)
Prussiya hukmron doiralari Fransiyani iloji boricha ko'proq holdan toydirishi, katta tovon undirishga hamda uning foydali qazilmalarga boy viloyatlari bo'lmish Elzas va Lotaringiyani tortib olishga intilishi urushni Prussiya uchun bosqinchilik urushiga aylanganini ko‘rsatardi. Urushdagi g'alaba Prussiyaga o'z qo'l ostida butun Germaniyani yagona davlatga birlashtirish imkonini berdi. 1871- yil 18-yanvar kuni Fransiyaning Versal saroyida Germaniya imperiya, Prussiya qiroli Vilgelm I esa Germaniya imperatori deb e'lon qilindi. 26-fevralda Fransiya- Germaniya tinchlik shartnomasi imzolandi.
1871-yil 18-mart Prussiyaga qarshi urushdagi mag‘lubiyat va voqealari ayanchli shartlar asosida vaqtincha imzolangan tinchlik shartnomasi parijliklarning hukumatga qarshi qahr-g‘azabini kuchaytirib yubordi. Buning ustiga, Parijda muhtojlik, ishsizlik, oziq-ovqat mahsulotlari narxining keskin oshib ketishi yuz berdi. Parijliklarda hukumatga nisbatan ishonchsizlik paydo bo'ldi. Bu hodisalar Parij aholisini oyoqqa turg‘azdi. Ular Milliy gvardiya bilan birgalikda harakat qilib, shaharning muhim ahamiyatga ega bo'lgan joylarini qo‘lga kiritdilar.