Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti


Kurs ishining amaliy ahamiyati



Yüklə 495,28 Kb.
səhifə4/18
tarix02.02.2023
ölçüsü495,28 Kb.
#82365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Fransiya - Prusiya urushi 1870-1871 davri diplomatiyasi

Kurs ishining amaliy ahamiyati. Kurs ishining amaliy ahamiyati shundaki, jahon tarixidagi bu qisqa davr tarixi, undagi ro‘y bergan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar, turli xil nazariyalarning vujudga kelishini, ularning sabab va mohiyatini chuqur va har tomonlama o‘rganish orqali tarix yangi-yangi ma’lumotlar olib keladi. Kurs ishining natijasiga ko‘ra, bayon etilgan faktik materiallar va ilmiy xulosalardan Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti “Tarix” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun o‘tiladigan “Jahon tarixi (Yangi tarix II va III tom)” fanidan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida, talabalarning mustaqil va kurs ishlarini tayyorlashlarida, to‘garak ishlarini olib borishda manbaa bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, beshta paragraf, dars ishlanma, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar va manbalardan iborat.
I BOB. XIX ASRNING OXIRGI CHORAGI XX ASR BOSHIDA FRANSIYA VA PRUSSIYADAGI IJTIMOIY- SIYOSAT VAZIYAT



    1. Fransiya va Prussiyadagi ijtimoiy - siyosiy vaziyat

XIX asrning 60-yillari ikkinchi yarmidan boshlab Fransiya imperatori Napoleon III mavqeyiga putur yetdi. Buning asosiy sababi—Fransiyaning o‘z qo`shnilari bo`lgan Angliya va Germaniyadan tobora orqada qolayotganligi bo‘ldi. Ayni paytda, Fransiya tashqi siyosatda ham muvaffaqiyatsizlikka uchray boshladi. “1869-1870 yillarda Fransiyada bonapartchilar rejimining krizisi juda ham kuchayib ketdi. Buni, ikkinchi imperiya dushmanlarigina emas, balki uning tarafdorlari ham imperatorning o‘zi va uning a’yonlari ham fahmlar edilar. Bonapartchilar to‘dasi, faqat g‘olibona urush qilish yo‘li bilangina hokimiyatni qo‘lda saqlab qolish, omonat turgan imperator taxtini mustahkamlash, ko‘tarilib kelayotgan inqilob to‘lqinini to‘xtatish mumkin, degan qarorga keldilar.”1 “Prussiyani tor-mor keltirish, shimoliy-german ittifoqini tugatish, Germaniyaning tarqoqligi va parokandalik davriga qaytarish va Fransiyaning mayda german davlatlarining taqdirini hal etuvchi kuchga aylantirish va bu bilan ikkinchi imperiyaning ilgarigi obro‘ va shuxratini tiklash Napoleon III hukumatining mo‘ljal va maqsadlari edi. Bu maqsadlar fransuz xalqiga yot edi. Urush bonapartchilar to‘dasining faqat shaxsiy g‘arazli manfaatlariga mos tushardi xolos.”2


Chunonchi, Prussiyaning 1866-yildagi Avstriya ustidan erishgan g‘alabasidan so‘ng german davlatlarning Prussiya atrofida birlashishiga Fransiya to‘sqinlik qilar edi. “Fransiya german davlatlaridagi ichki separatizmni qo‘llab- quvvatlar edi. Prussiya ministr-prezidenti va Shimoliy-german ittifoqining kansleri O.Bismark ushbu muammo «Qo‘shniga (Fransiyaga) qarshi birgalikda olib borilgan urush» evaziga hal etilishi mumkin deb hisoblardi. Shuning uchun ham Prussiya Fransiyaga qarshi urushga tayyorgarlik ishlarini urushdan ancha ilgari boshlangan edi. Bismarg tomonidan ishlab chiqilgan dasturda ya’ni «Germaniyani yuqoridan», «qilich va qalqon» siyosati bilan Prussiya boshchiligida birlashtirish dasturida Fransiyaga qarshi urush muqarrar deb topilgan edi. 1868 yildayoq Prussiya shtabi Fransiyaga qarshi urush operatsiyalari rejasini ishlab chiqib, harbiy tayyorgarlik bilan bir qatorda siyosiy va diplomatik tayyorgarliklar ham ko‘rilgan edi. Prussiya janubiy german davlatlarini o‘z tomoniga og‘darib olishga, Avstriya- Vengriya va Chor Rossiyasini betaraf qilib qo‘yishga muvofiq bo‘lgan edi. Prussiya yunkerlari, harbiylari burjuaziyaning siyosatini qo‘llab-quvvatlagan, ko‘pchilik qismi mag‘lubiyatga uchragan Fransiya yerlarini egallashga orzumand edilar.”1
Tarixiy taraqqiyot taqozosi bilan Germaniya oldiga qo‘yilgan asosiy, eng muhim va eng zarur vazifa Germaniyani milliy jihatdan birlashtirish, yagona umumgerman davlatini tuzishdan iborat edi. Ikkinchi imperiya yagona german davlati tuzilishiga yo‘l quyishni istamas edi va qurol kuchi bilan bunga qarshilik ko‘rsatardi. Shu sababli Prussiya yunkerlari, harbiylari va burjuaziyasi reaksion va agressiv maqsadlarni ko‘zlagan bo‘lishiga qaramay, Germaniyaning Fransiyaga qarshi urushi, uning boshlang‘ich davrida, o‘zining mazmuniga ko‘ra ob’ektiv jihatdan nemislar uchun milliy manfaatni ko‘zlagan adolatli urush edi.
Bu urush Germaniyaning milliy jihatdan birlashishi uchun, bu ishda unga qarshilik ko‘rsatayotgan tashqi reaksion kuch ya’ni bonapartchilar imperiyasiga qarshi qaratilgan urush edi. Shimoliy german ittifoqining hukumati urushga barcha sohalarni diplomatiyani, armiyani, sanoatni tayyorlardi.




    1. Yüklə 495,28 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin