Chjou Ketsinyaning “Syuy Mao va uning qizlari” Vey Veyaning “sharq” Li Chjunning “Xuanxe sharqqa qarab oqadi”, Gu Xuaning “ Nilufar gullar vodiysida”romanlari paydo bo’ldi. Sao Chji (曹植) (192-232) ko‘hna xitoy shoiri. Shuningdek, u Chen Si-van nomi bilan ham tilga olingan. O‘z davrining eng taniqli shoiri hisoblangan. “Lo daryosining malagi” nomli mashhur qasida muallifi. Janub yoqdan shamol esganda kecha, Yurtim yog‘iylarin esladim bir on. Yuey tulporlarin quvib o‘tgancha, Etardimdim yog‘iylar sarhadi tomon. Musiqa dilimni olib ketadi, Musiqa g‘am cheksam artar yoshimni. Eng yaqin do‘st kabi anglab yetadi, Shamolga aylanib silar boshimni. Sao Chji (192-232) Xurshid Davron tarjimalari Li Bo (李白; 李太白) — Tan sulolasi davridagi mumtoz Xitoy shoiri. «O‘lmas shoir» nomi bilan mashhur bo‘lgan. Li Bo Xitoy she’riyatida eng o‘lmas va o‘qishli she’rlar muallifi sifatida iz qoldirgan. Odimlayman tog‘ sari ildam, Usti-boshim hilpirar xiyol. Qarag‘aylar iforidan mast, Uriladi bag‘rimga shamol. Siz tomonda maysalar bo‘rtib, Cho‘zmagandir boshini nurga. Bizda esa tolni barg bosib Og‘irlikdan bukkandir yerga. Li Bo (701-762) Rus tilidan Nodira Abdullayeva tarjimalari Day Vanshu (戴望舒) — xitoy shoiri. U 1905 yili Xanchjouda tug‘ilgan. Shanxaydagi Chjendan universitetini bitirgan. Fransiyada ta’lim olgan. 1936-37 yillarda «Sin-shi» (Yangi she’riyat) jurnaliga muharrirlik qilgan. 1937—1945 yillarda Gonkongda yashagan. Qiz yonimdan chinniguldek o‘tib ketdi, Yomg‘irda men uni zo‘rg‘a farqladim, Orzuday meni abadiy tark etdi, Quvonchimni sezmasdan, jimgina, Yomg‘irli xiyobon adog‘idagi Eski devor bag‘riga singib ketdi. Day Vanshu (1905-1950) Xitoy tilidan Gulnoza Azimova tarjimasi Du Fu (712-770) Du Fu (杜甫) — Tan sulolasi davridagi Xitoy mumtoz shoiri. Ikkinchi ismi Szimey. Xitoy adabiyotida unga «shishen» unvoni berilgan. Uning ijodida yaqqol ko‘zga tashlanib turgan hassoslik katta ta’sir kuchiga ega bo‘lib, shoirning fuqarolik pafosi uni Xitoy lirikasining yirik vakili sifatida elga tanitdi.