I BOB Tojikistonda quloq qilish siyosai va uning oqibatlari Tojikistonda quloq qilish siyosati tarixiy asosları
Islomchilar va demokratlarning raqiblari mahalliy urug‘lar va ularning qurollangan dastalari rahbarlarini birlashtirgan Xalq frontini tashkil qilishdi. Ular tashabbusni o ‘z qo‘llariga olib, mamlakat shimoli — Xo‘jand shahrida Oliy Kengash chaqirishga erishishdi. Oliy Kengash raisi etib mahalliy yetakchilardan biri — I. Rahmonov saylandi va yangi hukumat tuzildi. Bu yangi hukumat Afg‘onistondagi uning dushmanlariga yaqin bo‘lgan islomchilarning kuchayishidan tashvishga tushgan Rossiya Federatsiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Dushanbeda joylashtirilgan Rossiyaning 201-motoo‘qchi diviziyasi yordami bilan xalq fronti otryadlari 1992-yil dekabrida Dushanbeni qo‘lga oldi va 1993-yil bahorigacha mamlakatning katta qismini o ‘z nazorati ostiga o ‘tkazdi. Islom tiklanish partiyasi va demokratlar tom onidan tashkil qilingan Birlashgan muxolifat Afg‘oniston hamda Eronda tayanch topdi. Uning otryadlari Tojikistonda harakatda bo ‘ldi. Butun mamlakatni shafqatsiz fuqarolik urushi qamrab oldi. Muxolifatga yon bosgan afg‘on muhojirlari ham bu urushga aralashib turdi. Jinoiy guruhlar tartibsizliklardan foydalanib, giyohvand moddalarni yetishtirish va yetkazib berish bilan mashg‘ul bo‘ldi. Muxolifatning qarshiligiga qaramasdan, 1994-yilda hukumat o ‘tkazgan referendumda I. Rahm onov taklif qilgan konstitutsiya ma’qullandi. U Prezident etib saylandi. Parlament — Majlisi Oliy saylovlari ham o ‘shanda boshlanib, 1995-yil fevraligacha davom etdi. Saylovni hukumat nazorat qilib bordi va Prezidentga yetarlicha xayrixoh bo‘lgan hukumat tuzildi. I. Rahmonov muxolifatni tor-m or qilishga intilar va uning yetakchilari bilan muzokaralar olib borishga qarshilik qilardi. O‘z pozitsiyalarini kuchaytirib, 323 u ijro etuvchi hokimiyatga egalik qildi, davlat apparatini shakllantirdi, xalq armiyasi va o ‘z gvardiyasini tuzdi. Tarkibida jiddiy partiyalar bo‘lmagan, ammo kelishmovchiliklarga sabab bo‘lgan Xalq fronti tarqatib yuborildi. I. Rahmonov nafaqat davlat sektorini, balki xususiy ishlab chiqarish sektorini ham q o ‘llab-quvvatlash, agrar islohotlar o ‘tkazish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va boshqalarni ko‘zda tutgan iqtisodiyotni tiklash dasturini taqdim etdi. Buni amaliyotda qo‘llab-quvvatlash maqsadida Xalqdemokratik partiyasi tuzilgan edi. I. Rahm onov hukumati mamlakat oltin zaxirasining bir qismini garovga qo‘yib, Rossiya Federatsiyasining mamlakatdagi eng yirik GESlar, eng zamonaviy qudratli aluminiy zavodi va bir qator iqtisodiy obyektlarning bir qismiga egalik qilish huquqini e’tirof etdi. Dushanbedagi Rossiyaning 201- diviziyasi hokimiyat barqarorligini ta’minlab turdi. Rossiya chegarachilari mamlakatning janubiy chegaralarini qo‘riqlashmoqda edi. Rossiyalik mutaxassislar Tojikiston qurolli kuchlari va chegarachilarini o ‘qitishdi. Korrupsiya, o ‘ziga erk bergan harbiylarning bedodligi, eng asosiysi — xorijdagi harbiy bazalarga tayanib, to ‘xtamasdan qarshilik ko‘rsatayotgan muxolifat siyosiy barqarorlikka ham, iqtisodiy barqarorlikka ham erishishga yo‘l qo‘ymadi. Bu hol I. Rahmonovni BMT, YEXHT va Rossiya Federatsiyasi ishtirokida 1994-yilda muzokaralarni boshlash va Birlashgan muxolifat rahbari S. A. Nuri bilan urushni to ‘xtatish haqidagi bitimni imzolashga majbur etdi. Iqtisodiyotni tiklash dasturini amalga oshirishga imkoniyat paydo bo‘ldi. Bitim bir necha marta buzildi. Ammo muxolifatga Afg‘onistondan yetkazilib turgan yordam susaydi, u yerdagi ittifoqchilarga toliblar zarba berdi. Bu urush 1997-yilgacha davom etdi. Unda 300 ming kishi halok bo‘ldi va 100 ming kishi nom-nishonsiz yo‘qoldi. Millionga yaqin aholi qo‘shni mamlakatlarga ko‘chib o ‘tdi. K o‘pgina qishloqlar, aholi istiqomat qiladigan joylar va korxonalar xarobaga aylandi. Moddiy zarar 7 mlrd dollarni tashkil etdi. 1997-yilda Tojikistonda ishlab chiqarish hajmi urushdan oldingi ko‘rsatkichning 28 foizini tashkil etdi. Nihoyat, 1997-yilda muxolifat va uning qurolli kuchlarining qonuniyligi tan olinib, uning vakillari koalitsion hukumat tarkibiga kiritilgandan so‘ng siyosiy barqarorlikka erishildi. Siyosiy barqarorlik sari qo‘yilgan bu muhim qadam Tojikistonga xalqaro tashkilotlardan 100 mln dollardan ortiq kredit olishga va boy mamlakatlardan investitsiyalarni jalb qilishga imkon berdi. Bu tufayli iqtisodiyotning tiklanishi va yangilanishi, ish bilan ta’minlanishning (bandlikning) kuchayishi va aholi ahvolining qisman yaxshilanishi boshlandi. 1998-yildan boshlab hukumat Xalqaro Valuta Fondi va Jahon banki homiyligida qashshoqlikka qarshi kurash dasturini amalga oshirib kelmoqda. Mamlakat eng yaxshi jihozlarni olib kelish va investitsiyalarni jalb qilish maqsadida paxta, aluminiy va boshqa qimmatbaho materiallarni eksport qiladi. 2000-yil fevralida Tojikistonda barcha partiyalar ishtirokida parlament saylovlari bo‘lib o ‘tdi. I. Rahm onov saylangan parlament — Majlisi Oliyni 324 «Milliy totuvlik parlamenti» deb atagan bo‘lsa-da, YEXHT kuzatuvchilari saylovga hukumat aralashganligi haqida guvohlik berishdi. Mutlaq ko‘pchilik o ‘rin Xalq demokratik partiyasiga nasib etdi. Ikkinchi o ‘ringa SSSRni qayta tiklashga urinayotgan kompartiya chiqdi. Murosaga kelmaydigan islom muxolifati qurolli otryadlari mag‘lubiyatga uchramoqda. Shunga qaramasdan, Tojikiston va Rossiya Federatsiyasining ko‘p rahbarlari fikriga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlarining olib ketilishi kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin edi. Mamlakat hududida afg‘onlardan yordam olayotgan va O‘zbekiston hamda Qirg‘izistonga bostirib kirayotgan islom aqidaparastlarining, giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchilarning baza va aloqa kommunikatsiyalari mavjud1.