Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tadbiq etilmaydigan doirada qo‘llanilmaydigan O‘BM xujjatlari esa, korxona va tashkilotlarga o‘rnatilgan tarkibda metrologik ekspertizadan o‘tkaziladi. O‘BM xujjat metrologik ekspertiza o‘tkazishda metrologik sinovlarning tavsiyalaridan foydalaniladi.
Metrologik ekspertizaga tortiladi:
• Davlatlararo, Davlat, tarmoq va O‘zbekiston informatsion fondida registratsiyadan o‘tgan tashkilotlarning mahsulot va xizmatlariga bo‘lgan standartlarning loyihalari;
•Rahbariy hujjatlarning loyihalari;
•Texnik shartnomalarning loyihalari;
•Import bo‘yicha qabul qilingan mahsulotlarni sinash usullari va programmalarning loyihalari;
•O‘lchash vositalarini, shu jumladan standart namunalarini ishlab chiqish texnikaviy topshiriqlarining loyihalari;
•O‘V turini tasdiqlash bo‘yicha sinov usullari va programmalarning loyihalari;
•O‘V ni qiyoslash usulini loyihalari va boshqalar
Ekspertizaning quyidagi xillari o‘rganilgan:
Ekspertizaning quyidagi xillari o‘rganilgan:
–normallashtirish tekshiruvi;
–kelishishning to‘liqligi;
–majburiy talablarga muvofiqligi;
–patent sofligiga tekshirish;
–ochiq chop etilmaydigan ma’lumotlar;
–texnik ekspertiza;
–iqtisodiy ekspertiza;
–metrologik ekspertiza;
–ekologik ekspertiza;
–terminologik ekspertiza;
–huquqiy ekspertiza;
–nashriyot tahriri;
–ilmiy-texnikaviy darajani baholash
–Me’yoriy hujjatlar ekspertizasining natijalari ixtiyoriy shaklda tuzilgan dalolatnoma ko‘rinishidagi ekspert xulosa bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnomada o‘tkaziladigan barcha turdagi ekspertiza natijalari aks ettiriladi.
–Me’yoriy hujjatlar ekspertizasining natijalari ixtiyoriy shaklda tuzilgan dalolatnoma ko‘rinishidagi ekspert xulosa bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnomada o‘tkaziladigan barcha turdagi ekspertiza natijalari aks ettiriladi.
–Xulosada ekspertiza ob’ektining umumiy tafsiloti quyidagicha yoziladi: "Me’yoriy hujjat (me’yoriy hujjat loyihasi) standartlashtirish davlat tizimi, o‘lchashlar birligini ta’minlash davlat tizimi, O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi talablariga va boshqa standartlashtirish tarmoqlararo tizimlariga muvofiq keladi (muvofiq kelmaydi)".