Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali matematika va tabiiy ilmiy fanlar



Yüklə 2,78 Mb.
səhifə12/33
tarix26.12.2023
ölçüsü2,78 Mb.
#197320
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
Laboratoriya met qo\'llanma (2)

m,
kg

m1,
kg

m2,
kg

r,
m

h,
m

t,
s

β,
rad/s2

M,
N/m

I, kg*m2

β1/ β2

M1/ M2

I1/ I2

1





































2




























3




























O’rt





























1-rasm. Oberbek mayatnigi.
Nazorat savollari:

  1. Jismning burchakli tezligi,burchakli tezlanishi, aylantiruvchi kuch momenti va inertsiya momentlarini ta’riflang. Ular qanday birliklarda ŏlchanadi?

  2. Qattiq jismning aylanma harakati uchun dinamikaning asosiy qonunini yozib tushuntiring.

  3. m yukning harakatini tekis tezlanuvchan harakat deyish mumkinmi?

  4. Agar jismning simmetriya ŏqiga nisbatan inertsiya momenti ma’lum bŏlsa, ixtiyoriy ŏqqa nisbatan inertsiya momenti qanday aniqlanadi?

  5. Pastga harakatlanayotgan yukning tebranishiga nima uchun yŏl qŏyib bŏlmaydi? Bu tebranish tajriba natijasiga qanday ta’sir kŏrsatadi?

  1. Ishni qanday bajarganingizni tushuntirib bering.


3 – laboratoriya ishi:
YUNG MODULINI EGILISHDAN ANIQLASH
Ishning maqsadi: maxsus qurilma yordamida turli moddalardan yasalgan tŏg’ri tŏrtburchak kesimli sterjenlarning yuk ta’sirida egilishini ŏlchab, egilishdan Yung (elastiklik) modulini aniqlash.
Kerakli asbob va jihozlar: 1. Elastiklik modulini aniqlash uchun qurilma. 2. Uzayish indikatori. 3. Elastiklik moduli aniqlanuvchi sterjenlar (material). 4. Shtangentsirkul. 5. 1 m uzunlikdagi masshtabli chizig’ich. 6. 2kg gacha bŏlgan har xil massali yuklar.
Nazariy ma’lumotlar:
Bu mashqda alyuminiy va yog’ochdan yasalgan sterjenlardan foydalanib, shu moddalarning elastiklik mo­dulini tajribada aniqlanadi.
Agar tŏg’ri elas­tik sterjenning bir uchini devorga kirgizib qattiq mahkamlab, uning ikkinchi uchiga R yuk qŏyilsa,u holda sterjenning yuk qŏyilgan uchi pasayadi, ya’ni sterjen’ egiladi.
Ravshanki, bu holda sterjenning ustki qatlamlari chŏziladi ostki qatlamlari siqiladi, neytral qatlam deb ataluvchi ŏrtadagi biror (OO1) qatlamning uzunligi esa ŏzgarmaydi u faqat salgina egiladi. Ster­jen erkin uchining siljishi λ - egilish strelasi deyiladi. Yuk qancha katta bŏlsa, egilish strelasi ham shuncha katta bŏladi, bundan tashqari egilish sterjen­ning shakli va ŏlchamlariga hamda uning elastiklik moduliga bog’liq bŏladi. Hisoblashlarning kŏrsatishicha, ikkala uchi qattiq tayanchlar ustiga erkin qŏyil­gan tŏg’ri tŏrtburchak kesimli sterjenning elastiklik moduli
ga (1)
teng ekan, bunda P = mg - sterjenning ŏrtasiga qŏyilgan yukning og’irligi,
L - sterjenning tayanchlarga qŏyilgan nuqtalari orasidagi masofa,
b - sterjen­ning qalinligi, a - sterjenning eni, λ materialning (sterjenning) egilishi (1) formulaga kirgan kattaliklarni bevosita tajribada ŏlchab, elastiklik modulini hisoblab topish mumkin. Bu maqsadda tuzilishi rasmda keltirilgan qurilmadan foydalanamiz. Qurilma ikki uchida vertikal ustuni bŏlgan SS' massiv taglikdan iborat bŏlib, ustunlarning ustiga qirralarini parallel qilib pŏlat prizmalar qŏyilgan. Tekshirilayotgan materialdan yasalgan sterjen’ ustunlar ustidagi prizmalarga shunday qŏyiladiki, uning ŏrtasi A va V nuqtalar orasi­dagi masofaning ŏrtasiga tŏg’ri kelsin. S nuqtada sterjenning λ egilish strelasi tik ustunlarni birlashtiruvchi N gorizontal sterjenga ŏrnatilgan M uzayish indikatori yordamida ŏlchanadi.
Indikatorni K vintni bŏshatib, tik yŏnalishda siljitish mumkin. Indikatorning strelkasi doiraviy shkala sirtida siljish imkoniga ega. Doiraviy shkaladagi bŏlimlarning soni 100 ta bŏlib har bir bŏlimning qiymati 0,01 mm ga teng. Binobarin, sterjen yuk ta’sirida egilganda indikator strelkasi shkala bŏyicha bir marta tŏla aylansa λ egilish strelkasi 1 mm ga teng bŏladi.

Yüklə 2,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin